1. Ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarning sezgi xususiyatlari
2. Ko'rishda nuqsoni bo'lgan Ьоlаlаrning idrok xususiyatlari
Har qanday bilish dastlab oddiy sezgilardan boshlanar ekan. Oddiy tilda gapiradigan bo'lsak, sezgilar bizni borlik bilan bog'lab turuvchi vosita, ko‘prikdir. Ko'rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri sezgilar va boshqalar bizning sezgi bilimlarimizga asos bo`la oladi. Sezgi bilimlarimizning tarkibi, tuzilishi insonning sensor tizimini tashkil etadi. Insonning sensor tuzilishi uning tarixiy ijtimoiy taraqqiyoti davomida shakllanib, uning hayot va faoliyat mazmunini belgilaydi. Shu bois, ko'rish tizimi boshqa analizatorlardan ustun turadi

Ko'rish analizatorining to'la yoki qisman buzilishi zaif ko'rishga, ko'zi ojizlikka olib keladi. Buning natijasida analizatorlar orasidagi bog'liqlik buziladi. Mutanosiblik yo'qoladi. Buning oqibatida insonning sensor tuzilishida, birinchi navbatda mantiqiy bilish va tajribada meyordan chetga chiqqanligi kuzatila boshlaydi. Agar inson ruhiyati o'z dinamiklikka va egiluvchanlikka ega bo'lmaganda edi, bularning barchasi qaytarilmas, takrorlanmas oqibatlarga olib kelishi mumkin edi.