Mavzu Korxonada mexnat unumdorligi ishlab chiqarishning iqtisod-fayllar.org
Mavzu: Korxonada mexnat unumdorligi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorlik mezoni
Mavzu: Korxonada mexnat unumdorligi – ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorlik mezoni.
Kirish.
Korxonada mehnat unumdorligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmuni.
Korxonada mehnat unumdorligini oshirish to`g`risidagi nazariyalar.
Mehnat unumdorligi ko`rsatkichlarini tahlil qilish yo`nalishlari.
O`zbekiston Respublikasida mehnat unumdorligi holati tahlili.
O`zbekistonda mehnat unumdorligini oshirish istiqbolari.
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorlik mezoni.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati.
Kirish. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va iqtisodiyot tarmoqlaridagi tarkibiy o‘zgarishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, erishilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarning asosida iqtisodiyot va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash jarayonlarining o‘rni beqiyos hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlarning mohiyati va tamoyillarini tahlil qilish va modernizatsiya va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish jarayonining nazariy va metodologik asoslarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida bu beshta ustuvor yo’nalishning birinchisi quyidagicha bayon etilgan: “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo’naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy - huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya hamda Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar tuzilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shu yil 14 fevraldagi Farmoyishi bilan Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan tadbirlarning ekspertlik va jamoatchilik muhokamasini samarali tashkil etish borasidagi say-harakatlarni birlashtirish, ularni mukammal amalga oshirish, fuqarolik jamiyati institutlarini, ekspertlar va olimlarni mamlakatimizni demokratlashtirish hamda modernizatssiya qilish jarayonlariga faol jalb etish maqsadida poytaxtimizda Taraqqiyot strategiyasi markazi tashkil etildi. Mustaqil davlatchiligimiz tarixida ilgari hech qachon huquqiy bazani mustahkamlashda bunday jadallik yuz bermagan edi. Bu mamlakatimizda islohotlarni misli ko’rilmagan darajada chuqurlashtirish jarayoni boshlanganidan dalolat beradi.Farmoyishda besh ustuvor yo’nalish bo‘yicha qilingan ishlar qisqacha sanab o‘tildi. Jumladan, birinchi ustuvor yo’nalish bo’yicha o‘zgarishlar ham qayd etildi: “Xususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida zamonaviy talablar hamda ustuvor yo‘nalishlarni inobatga olgan holda 16 ta vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning tuzilmasi, vazifa va funksiyalari qayta ko‘rib chiqildi, 20 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar qayta tashkil etildi”.1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek “2017- yilda iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob beradigan, yangicha ma’no-mazmundagi va samarali islohotlarni amalga oshirish yo‘lida birinchi qadamlarni qo‘ydik. Iqtisodiyotimizni mutlaqo yangi asosda tashkil etish va yanada erkinlashtirish, uning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo‘yicha qator qonunlar, farmon va qarorlar, puxta o‘ylangan dasturlar qabul qilindi va ular izchil amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda qisqa muddatda 161 ta yirik sanoat obekti ishga tushirildi. Bu biz uchun kelgusi yilda qo‘shimcha 1,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Masalan, Toshkent issiqlik elektr stansiyasida bug‘-gaz qurilmasi barpo etildi. Bu esa qo‘shimcha ravishda 2,5 milliard kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Shuningdek, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi, Qizilqum bag‘ridagi Avminzo-Amantoy oltin konlari negizida gidrometallurgiya zavodi qurish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.2