Sanoati rivojlangan mamlakatlarda ko‘pgina firmalar, o‘z ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari bazasiga ega bo‘lib, nafaqat yangilik (oziq-ovqat, texnologik va b.) yaratish bo‘yicha amaliy tadqiqot va loyihaviy-konstruktorlik ishlanmalarni, balki fundamental tadqiqotlarni ham amalga oshiradi.
. Zavod ilm-fan sektorining umumilmiy tizim tarkibiy qismi sifatida tan olinishi innovatsion jarayonni boshqarishda tashkiliy-boshqaruv va iqtisodiy mazmundagi bir qator murakkab masalalarni qo‘yadi. Ularga quyidagilar kiradi:
zavod ilm-fanining korxona va birlashmalar strukturasidagi o‘rnini aniqlash;
uning shakllanish prinsiplarini hududiy, sohaviy xususiyatlari va boshqarish usullarini hisobga olgan holda belgilash;
o‘z istiqbolli ishlanmalari, chetdagi ITI va KB larining yangiliklarini qo‘llash va joriy ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish o‘rtasidagi eng ratsional nisbatni (vaqt, moliyaviy xarajatlar va kadrlar bandligi nuqtai nazaridan) tanlash;
; zavod ilm-fani va uning ayrim tizimostilarining faoliyat ko‘rsatishi samaradorligini baholash;
korxonalarda innovatsion faoliyat rivojlanishi sarfxarajatlarining asoslangan hisobi-kitobi.
. Zavod ilm-fanining innovatsiyalarni boshqarish mexanizmining muhim bo‘g‘ini sifatidagi rivojlanishi nafaqat ilmiy-ishlab chiqarish tizimlarga xos xususiyatlarni hisobga olishga, balki uning shakllanishining ob’ektiv shart-sharoitlariga ham bog‘liq. Bunday shart-sharoitlarga quyidagilar kirishi mumkin:
ilm-fanning ishlab chiqarish va ijtimoiy funksiyalarini kuchaytirish;
innovatsion ishlanmalarining ishlab chiqarish-iqtisodiy tizimlar (korxonalar, birlashmalar, aksioner jamiyatlari, moliyasanoat guruhlari) ning umumiy strategiyasi bilan yaqindan bog‘lanish zarurati;
ishlanmalar hajmi va ularning amaliy qo‘llanilishi, tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish sur’atlarining orqada qolishi o‘rtasida mos kelmaslik;
ITI va KB larda bajarilgan ishlanmalarning real ishlab chiqarish sharoitlarini hisobga olishdan nisbatan uzib ketishi, bu esa ko‘pincha ularni o‘zlashtirish jarayonini murakkablashtirib, ommaviy keng tarqalishi muddatlarini cho‘zadi;
korxona (birlashma)larning uskuna, qurilma va asboblaridan eksperimental va tajribaviy-ishlab chiqarish ishlari uchun foydalanish imkoniyati;
ish bosqichlari o‘rtasida bog‘lanish va moslashish davrining qisqarishi, yuridik xarakterdagi qiyinchiliklarining bartaraf etilishi;
ishlanmalar natijalarini tatbiq etishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hisob-kitoblari (mahsulot sermehnatligini kamaytirish, foyda o‘sishi, mehnat sharoitlarini yaxshilash, moddiy rag‘batlantirish, ma’naviy-psixologik muhitning o‘zgarishi shaklida);
ilmiy tashkilotlar bilan aloqalar, korxonalarning akademik institutlar, soha ilmiy-texnik tashkilotlar va OTM ilm-fani bilan hamkorlikni kengaytirish;
ilmiy-texnik xodimlari fe’l-atvorining o‘z ishlanmalarini tatbiq etishdagi ko‘proq manfaatdorligida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy-psixologik motivlari rolining ortishi;
turli ijtimoiy guruhlarning zavod ilm-fani faoliyat ko‘rsatishi sharoitida yaqinlashish imkoniyati, bu esa butun jamiyat yanada birxillashuviga yordam beradi