Mavzu: Korxonalarni rivojlanishida xarajatlarni tejash va mahsulot tannarxini kamaytirish



Yüklə 5,16 Kb.
tarix16.06.2023
ölçüsü5,16 Kb.
#131601
Mavzu Korxonalarni rivojlanishida xarajatlarni tejash va mahsul-fayllar.org


Mavzu: Korxonalarni rivojlanishida xarajatlarni tejash va mahsulot tannarxini kamaytirish

Mavzu: Korxonalarni rivojlanishida xarajatlarni tejash va mahsulot tannarxini kamaytirish.
1. Xarajatlarining mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi ahamiyati.
2.Korxona xarajatlarining tavsifi va tasnifi.
3.Korxona xarajatlari tahlilining vazifalari.
4. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari
5.Korxona xarajatlarini tejash va samaradorligini oshirish yo‘llari.
Reja:
Korxonaning iste’mol bozoriga mahsulot etkazib berishdagi qobiliyati va intilishini belgilovchi eng muhim omillardan biri bu ishlab chiqarish xarajatlaridir. Har qanday tovarni ishlab chiqarish o‘zining nisbatan kamyobligi tufayli ma’lum bahosiga ega bo‘lgan iqtisodiy resurslar xarajatini talab etadi.

Iqtisodchilar xarajatlarga barcha to‘lovlarni – tashqi va ichki to‘lovlarni qo‘shib hisoblaydilar. Ular resurslarni mo‘ljallangan faoliyat doirasida to‘plash va saqlash uchun zarur bo‘ladilar. Agar buxgalterni korxonaning moliyaviy balansi qiziqtirsa hamda u aktiv va passivni nazorat qilib borsa, korxonaning o‘tgan davrlardagi faoliyati foydaliligini baholasa, korxona rahbarlari va iqtisodchilar esa aksincha, korxonaning kelajagi bilan qiziqadilar.


Iqtisodiy xarajatlar – bu korxona to‘lashi shart bo‘lgan to‘lovlardir. Bunday to‘lovlar tashqi yoki ichki to‘lovlar bo‘lishi mumkin. Korxonaning o‘z hisobidan mehnat resurslari, xom ashyo, yoqilg’i, transport xizmatlari, energiya va boshqalar bilan ta’minlovchilar foydasiga beradigan pul to‘lovlari, ya’ni pul xarajatlar – tashqi xarajatlar deb ataladi.
Doimiy xarajatlar deb, hajmi ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining o‘zgarishiga qarab o‘zgarmaydigan xarajatlarga aytiladi. Doimiy xarajatlar korxona ishlab chiqarish dastgohlarining borligi, amal qilishi bilan bog’liq xarajatlar bo‘lib, ular korxona hech narsa ishlab chiqarmasa ham amalga oshiriladi (korxona tomonidan to‘lanadi).
Pirovard xarajatlar (MS) deb qo‘shimcha mahsulot birligini ishlab chiqarish bilan bog’liq bo‘lgan ortiqcha (qo‘shimcha) xarajatlarga aytiladi. Pirovard xarajatlar umumiy xarajatlar yig’indisi (summasi) o‘zgarishining (TS) ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining (miqdori) o‘zgarishiga Q nisbati bilan topiladi:
Mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarga ishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi.
Ularga quyidagilar kiradi:
-
material xarajatlari;

- mehnat haqi xarajatlari;


- ishlab chiqarish bilan bog’liq ma’muriy xarajatlar.
Korxonalarning moliyaviy faoliyati bilan bog’liq xarajatlarga quyidagilar kiradi:
- Respublika Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari doirasida va ulardan yuqori doirada qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha, shu jumladan to‘lov muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha to‘lovlar;
- mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari;
- chet el valyutasi bilan operatsiyalar bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari va zararlar;
- sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, sho‘’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar;
- o‘z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar;
- moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont
Mahsulot ishlab chiqarish uchun ma’lum miqdorda xarajatlar talab qilinadi. Xarajatlarning pulda ifodalanishi mahsulotning tannarxini tashkil etadi. Mahsulot tannarxi sanoat korxonalarida ish samaradorligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Mahsulot tannarxining o‘zgarishda xarajatlardan foydalanishning samaradorlik darajasini, mehnat unumdorligini, ishchilarga to‘lanadigan mehnat haqini, asosiy fondlardan foydalanishni va xom ashyo-materiallaridan foydalanishni ko‘zda tutamiz. Chunki sanoat korxonalarining xo‘jalik hisobida ishlash jarayonida mahsulot tannarxining pasayishi muhim ahamiyatga ega.
Mahsulotning to‘liq tannarxi esa ishlab chiqarish tannarxi va mahsulotni sotish bilan bog’liq bo‘lgan xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Xalq turmush darajasining yuksalishi mahsulot tannarxning pasayishiga ko‘p jihatdan bog’liq. Bunga esa, asosan, mehnat samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yo‘li bilan erishish mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish faoliyatida xarajatlarning boshqaruv hisobi tizimini tashkil qiladigan va o‘zaro bog’langan uchta element mavjud:
■ ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish;
■ tayyor mahsulotlarning hisobini yuritish;

■ ushbu tayyor mahsulotlarning tannarxini kalkulyatsiya qilish.



Эътиборингиз учун раҳмат !!!
http://fayllar.org
Yüklə 5,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin