Mavzu: Kõp atomli spirtlar, fenol asosida sintez qilinadigan smolalar reja



Yüklə 167,97 Kb.
səhifə6/8
tarix11.03.2022
ölçüsü167,97 Kb.
#53600
1   2   3   4   5   6   7   8
Dehkanov Orifjon

11 BOB.AMALIY QISM.

2.1 Ko‘p atomli spirtlarga hos laboratoriya mashg‘ulotlari.
Labaratorya va amaliy mashg’ulotlarini o’tkazishda xavfsizlik qoidalari.
Kimyoviy tajribalarda ishlatiladigan eng muhim asboblar, ularning o‘ziga xos tomonlari hamda tajribalarni bajarishda tegishli jihozlardan foydalanish qoidalari, yo‘llarini, salbiy holatlar yuzaga kelish sabablari va ularning oldini olish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini o‘quvchilarga tushuntirish talab qilinadi.

Kimyodan tajribalar olib borishda mehnat xavfsizligi qoidalari

Kimyodan amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlari o‘tkazishda xalat kiyib olish lozim.Ish stolida ortiqcha narsalar bo‘lmasligi va zarur buyumlargina toza holda bo‘lishi kerak.Har bir mashg‘ulot maxsus daftarga quyidagi tartibda qayd qilinib borishi lozim:

1. Mashg‘ulot o‘tkazilgan kun, soat va ishning tartib raqami;

2. Mashg‘ulot mavzusi;

3. Ish bajarilgan asbob sxemasi;

4. Тajriba bajarilishining qisqacha tavsifi;

5. Reaksiya tenglamalari;

6. Reaksiyalar davomida moddalarda kuzatilgan o‘zgarishlar;

7. Yakuniy xulosalar;

Тajribalar tugagach, foydalanilgan moddalarni topshirish, shisha idish va asboblarni tozalash, yuvish va laborantga topshirish lozim.

Kimyodan laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlar olib borganda e’tiborsizlik bilan ishlash oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y berishi mumkin, ularning kelib chiqishi sabablari asosan me’yoridan ortiq qizdirish natijasida idishdan suyuqlikning otilib chiqishi, shisha idish va tayoqchalarni toza bo‘lmasligi, ularning sinishi, natriy metaliga nam va suv tegishi, o‘zaro tutashgan naylar orqali bosim o‘zgarishida suyuqliklarning idishdan boshqa idishga o‘tib ketishi, moddalar bilan noto‘g‘ri munosabatda ehtiyotsiz muomila qilish kabilar bilan bog‘liqdir.

Ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish uchun quyidagi mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi kerak:

1. Ish bajarish tartibini puxta o‘zlashtirmasdan va tajriba o‘tkazish uchun asboblarning to‘g‘ri yig‘ilganligiga ishonch hosil qilmasdan tajribani boshlamaslik kerak.

2. Moddalarni bevosita hidlash, ushlash, ta’mini totish mutlaqo mumkin emas.

3. Тajribalarni iloji boricha mo‘rili shkafda o‘tkazish kerak.

4. Тajriba davomida termometr sinib qolsa undagi simobni maxsus usullar bilan tezda yig‘ishtirib olish va simob to‘kilgan joyga oltingugurt sepish kerak.

5. Natriy metalini kerosin ostida saqlash va ortib qolgan bo‘lakchalarini spirtda eritib bartaraf etish lozim.

6. Yonuvchan va uchuvchan moddalarni tajriba stolida ortiqcha miqdorda saqlamaslik, ularni elektr plita va ochiq alanga manbasidan uzoqda saqlash kerak.

7. Qizdirish maqsadida imkon boricha usti berk isitgich asboblaridan foydalanish lozim.

8. Yong‘in chiqqan taqdirda avvalo o‘t chiqishiga sabab bo‘lgan manba o‘chiriladi, so‘ngra qum sepiladi yoki yopqich yopiladi. Alangani yoyilish xavfi bo‘lsa o‘t o‘chirgichdan foydalanish kerak.

9. Probirka va boshqa shisha idishlarni ehtiyotlik bilan qizdirish va bunda ularning og‘zi odam ishlamayotgan tomonga qaratilgan bo‘lishi kerak.

10. Kislota va ishqorlar eritmalarini qizdirishda himoya vositalarini kiyib olish, maxsus ko‘zoynak taqib olish zarur.

11. Reaksiya olib borilayotgan va qizdirilayotgan idishlarga engashib qarash mumkin emas.

12. Kislotalarni suyultirishda kislotani oz-ozdan idish devori bo‘ylab suvga quyish kerak.

13. Konsentrlangan kislota va ishqorlarni kimyoviy pipetka bilan o‘lchash man etiladi. Ularni faqat tomizgich yordamida o‘lchab olish lozim.

14. Kislotalar saqlanadigan idishlarni to‘kilmaydigan va sachramaydigan qilib ushlash kerak.

15. Portlovchi aralashma hosil qilish xavfi bor moddalar bilan ishlashda alohida ehtiyot choralarini ko‘rish lozim.

16. Ehtiyotsizlik kiyim-kechaklarga, ko‘zga, teriga zarar va jarohat yetkazishi mumkin. Shuning uchun nojo‘ya harakatlar qilmaslik, moddalar bilan hazillashmaslik lozim.

17. Тajribalar tugagach, gaz, elektr va suv tarmoqlarini berkitish kerak. Asboblarni o‘chirish kerak.

18. Ish joyi doimo toza va ozoda saqlanishini ta’minlash lozim.

O’qituvchi va o’quvchi laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni bajarishda har doim yuqorida ko’rsatilgan mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish shart.



Yüklə 167,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin