1.4 Ko‘p atomli spirtlarning ayrim vakillari va ahamiyati.
Ishlatilishi. Etilenglikoldan “antifrizlar” ya’ni past haroratda ham muzlamaydigan suyuqlik sifatida foydalaniladi. Antifrizlardan motorlarni sovitishda, etilenglikolning dinitratidan esa portlovchi modda sifatida, TGF, dioksanlardan erituvchi sifatida foydalaniladi.Etilenglikol bundan tashqari polimer moddalar olishda, lak-bo‘yoq tayyorlashda va sintetik tola “lavsan” olishda ishlatiladi.
Glitserin gidroskopik bo‘lgani uchun kosmetikada, ko‘n va to‘qimachilik sanoatida materiallarni yumshoq va elastik bo‘lishi uchun ishlatiladi.Farmatsevtikada undan har xil surkov moylari va dori-darmonlar
tayyorlanadi. Glitserindan olingan smolalar lok-bo‘yoq sanoatida
ishlatiladi. Avtomobil sanoatida glitserin «antifriz» tarkibiga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: |