1. Belgilangan muddatda qaytarilib berilishi. Bu faqat kreditning tamoyiligina emas, balki uning xususiyati, mohiyatini ifodalaydi. Uni pul berishning boshqa shakllari subsidiya, dotatsiya kabilardan farqi ham shunda, qaytarish bo`lmasa kredit munosabatlari ham bo`lmaydi.
2. Muddatliligi. Kredit berishning bu tamoyili avvalgi tamoyil bilan chambarchas bog`langan. Kredit shartnomasi tuzilayotgan paytda qaytarish sharti bilan birga muddati ham ko`rsatiladi. qarz mablag`laridan foydalanganligi uchun to`lanadigan haq ham uning muddatiga bog`liq.
3. Kreditdan foydalanganlik uchun haq to`lash tamoyili.qarz olib, birovning mablag`ini ishlatib turgani uchun ma’lum miqdorda foiz to`lanadi. Ssuda kapitali bozorida foiz darajasi muhim rol o`ynaydi, bozordagi vaziyatni belgilaydi. Protsent stavkasi shakllanishiga bozor omillari, eng avvalo, talab va taklif, undan tashqari Markaziy bank hisob stavkasi, banklararo kredit bozoridagi protsent stavkasi, depozitlar stavkasi ta’sir etadi. Depozitlar bo`yicha stavka qancha yuqori bo`lsa, kredit uchun ham shuncha yuqori bo`ladi.
4. Moddiy jixatdan ta’minlanganligi.qarz oluvchi ham, qarz beruvchi ham qarzga olingan mablag`ni qaytarilishiga ishonch, ya’ni real imkoniyati borligini ifodalaydi. Agar kredit berish uchun real tovar moddiy boyliklar zahirasi hisobga olinsa, shuning o`zi kreditning ta’minlangani bo`ladi. Agar kredit sezonli xarajatlarni qoplash uchun berilsa, bu xarajatlar real moddiy boyliklar qiymatiga kirishi ko`zda tutiladi. Kredit savdo bitimlari uchun berilsa, shartnoma tuzilib, qarz egasiga qaytarilishi hisobga olinadi.
Kredit berishda garov olish alohida o`rin tutadi. Kafolatli shartnoma asosida kredit jismoniy shaxslar, dexqon xo`jaliklari, fermerlar, ijarachilarga berilishi mumkin. Bunday shartnomaga ko`ra kafolatchi qarzni qaytarilishiga kafil bo`ladi, moboda qarz olgan qaytara olmasa, kafil bo`lgan shaxs to`lashi kerak bo`ladi. qarz shartnomasi sug`urta kompaniyalari javobgarligi asosida ham tuzilishi mumkin.