Mavzu: Kron kasalligi, ichak disbakteriozi



Yüklə 430,25 Kb.
səhifə4/6
tarix25.12.2023
ölçüsü430,25 Kb.
#194741
1   2   3   4   5   6
Allayorova Sarvinoz

Misol uchun, odamlar tez-tez shifokorning retseptisiz ichadigan taniqli antibiotiklargina emas, balki boshqa dorilar ham: laksatiflar, sorbentlar, antidepressantlar, og’iz kontratseptivlarini iste’mol qilib, disbakteriozga o’zlari sabab bo’lishlari mumkin. Albatta, gap shifokor tayinlagan davo haqida emas, balki ushbu dori-darmonlarni uzoq vaqt va nazoratsiz ravishda o’zboshimchalik bilan ishlatilishi haqida ketmoqda. Dorilarni suiste’mol qilish natijasida kelib chiqqan disbakteriozni davolash qiyin va sog’liq uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Ichak disbakteriozi omillari

  • Ichak disbakteriozni keltirib chiqaradigan boshqa bir qator omillar mavjud. Bunga quyidagilar kiradi:
  • bakterial va virusli tabiatga ega ichak infeksiyalari;
  • tanada parazitlar mavjudligi;
  • fermentatsiya buzish;
  • ovqat hazm qilish tizimining surunkali kasalliklari;
  • oshqozon-ichak trakti tuzilishining tug’ma anomaliyalari;
  • ovqat hazm qilish tizimi organlaridagi operatsiyalar;
  • yo’g’on ichak gidroterapiyasini ko’p marotaba qilish (klizmalar).

Ichak disbakteriozi alomatlari

Disbakteriozning sabablari har xil bo’lishi mumkin, ammo alomatlar odatda barcha holatlar uchun bir xildir.

  • Najas muammolari: ich ketishi yoki ich qotishi (ich ketishi ich qotishi bilan ketma-ket kelishi ham mumkin).
  • Meteorizm, shish, qornidagi gumburlash.
  • Qorin bo’shlig’idagi og’riq, og’riq qorinning turli qismlarida bo’lishi mumkin.
  • Allergik reaksiyalar (qichishish, toshma, Kvinke shishi).
  • Ba’zi oziq-ovqat mahsulotlariga toqat qilmaslik.
  • Zaharlanish.
  • Bolalarda o’sish va rivojlanish kechikishi.

ICHAK DISBAKTERIOZIDA PREBIOTIK VA PROBIOTIKLAR

Disbakteriozni davolashda shuningdek prebiotik va probiotik preparatlar qo’llaniladi, va aytishlariga qaraganda, ular ichak mikroflorasi buzilgan hollarda samarali yordam bermoqda. Nomlanishi o’xshashligiga qaramasdan, prebiotiklar va probiotiklar tubdan farq qiluvchi preparatlar bo’lib, ularning ta’rifini batafsilroq tushunish maqsadga muvofiqdir.

  • Prebiotiklar — bu mavjud bo’lgan foydali mikrofloraning o’sishi va faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan moddalardir. Prebiotiklar oshqozon-ichak tizimida hazm qilinmaydi, oddiy qilib aytadigan bo’lsak, prebiotiklar bu foydali mikroflora uchun oziq-ovqat hisoblanadi. Prebiotiklarning farmakologik shakllari orasida ko’pincha Laktuloza, Laktitol, Hilak Forte buyuriladi. Bu dorilarning asosiy nomlari bo’lib, ularning o’nlab savdo nomlari mavjud. Bundan tashqari, prebiotik bo’lgan tabiiy mahsulotlar ham mavjud. Ular orasida sut mahsulotlari, piyoz va sarimsoq, donlar mavjud.
  • Endi probiotiklar haqida. Ushbu preparatlar organizmga kerak bo’lgan mikroorganizmlar majmui bo’lib, ichakka yetarli miqdorda tushganda mikrofloraga ijobiy ta’sir qiladi. Shu bilan birga, ularni qo’llash juda bahsli masala. Holbuki, probiotiklar shaklida mikroorganizmlarning bevosita kiritilishi ko’plab shartlarga ega. Ba’zi mikroorganizmlar shunchalik miqdorda kerakki, ularni tashqaridan olish oson emas, boshqalarini esa jonli shaklda kiritish juda murakkabdir. Va probiotiklarni qo’llashning haqiqiy foydalari haqida laboratoriya dalillari juda ko’p emas. Foydali ta’siri tasdiqlangan probiotiklardan dorixonada Laktobakteriyalar va Bifidobakteriyalar (Lineks, Bifiform, Bifidumbakterin, Laktobakterin), saxaromitset Bulardi, enterokokklarni topish mumkin.

Yüklə 430,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin