Mavzu: kuch sifatini tarbiyalash


Kuch va uni tarbiyalashning uslub hamda vositalari



Yüklə 118,99 Kb.
səhifə3/8
tarix27.02.2023
ölçüsü118,99 Kb.
#85807
1   2   3   4   5   6   7   8
KUCH SIFATINI TARBIYALASH

1.2. Kuch va uni tarbiyalashning uslub hamda vositalari
Har qaysi individ tashqi ta`sir yoki qarshilikni engish uchun o`z jismidagi ma`lum sifatni namoyon qiladi. Tashqi ta`sirga qarshi muskul zo`riqishi orqali harakat faoliyati - shaxsning kuchi, uning kuch qobiliyati deb atash qabul qilingan. Shug’ullanuvchi mashg’ulot paytida o`z tanasi tinch turgan holdan sport snaryadiga (uloqtirishda), o`z tanasini harakatlantirish maqsadida (gimnastika mashqlari va boshqalar), aylantirish, siljitish, ko`tarishga intilsa, ayrim hollarda uning teskarisi, tananing o`zi, yoki uni bilagiga tashqi kuch ta`sir etishi bilan uning statitik holatini buzib o`z gavdasini oldingi (dastlabki) holatini ushlab turishga urinadi. Bokschining raqibi mushtining zarbi, kurashchini raqibi tomonidan kuch ishlatib uni tanasini ayrim bo`laklarini egishga dosh berishi tana holatini o`zgartirmaslik orqali ro`y beradi. Bunda shug’ullanuvchi va uning raqibi ma`lum darajada qarshiliklarni, og’irliklarni engish va ko`tarishda ma`lum darajada kuch sifatini namoyon qiladi.
Ilmiy tushuncha tarzida kuch imkoniyati boricha o`zining aniq ta`rifiga ega bo`lishi va farqlanishi lozim:
1)harakatning mexanik xarakteristikasi sifatidagi kuch (“tanaga «m» massasidagi «F» kuchining ta`siri...”);
2) inson jismidagi jismoniy sifat tarzidagi kuch (masalan, “yoshning ulg’ayishi bilan kuchning rivojlanishi; sportChi kuchini sport bilan shug’ullanmaydiganlarga nisbatan ko`p bo`lishi...” va h.k.).
Bu sifatning psixofizik mexanizmi muskul zo`riqishining boshqarilishi (regulyatsiyasi) va ularning ish tartibi (rejimi) bilan aloqador. Muskulning taranglashishi insonning kuchini namoyon bo`lishiga olib keladi.
Ruhiy ozuqa olishi va harakatni ma`lum tizimda bajarish markaziy hamda pereferik nerv sistemasi, xususan, nerv markazlaridan muskullarga kelayotgan signallarga va muskullarning o`z xizmati holatiga bog’liq. Umuman, muskul tarangligi – zo`riqishi (kuch namoyon qila olishi) quyidagilarga qarab aniqlanadi;
1) markazdan muskullarga kelayotgan qo`zg’alishlarning chastotasiga (chastota qancha katta bo`lsa, muskul shunchalik zo`r darajada o`zining tarangligini oshiradi) ko`ra;
2) zo`riqishga qo`shilganharakat birligining soni bilan;
3) muskulning qo`zg’aluvchanligi va undagi quvvatning manbai miqdoriga qarab.
Muskul kuch namoyon qilishi uch xil rejimda zo`riqadi:
a) o`zining uzunligini o`zgartirmay (statik, izometrik rejimda). Tananing turliChaholatlarda (pozalar)da ushlash vah.k.lar bilan;
b) muskul uzunligini kamayishigahisobiga, bardosh berish bilan (miometrik). Zo`riqish birday – o`zgarmay turadi, bunday rejim tsiklik va balastikharakatlardagi muskul qisqarishi fazalari evaziga sodir bo`ladi;
v) muskulni cho`zish vaqtida uning uzayishihisobiga (yon berish, bo`sh kelish-pliometrik) kuch yuzaga keladi. O`tirib turish, uloqtirish, depsinishda muskul qisqarishi orqali shu kuch namoyon bo`ladi.
Bardosh berish bilan, yon berish, bo`shashtirish bilan kuch namoyon qilishni dinamik rejimdagi kuch deb atash qabul qilingan. SHunday qilib bunday sharoitlarda maksimal kuchni ko`lami turlicha qayd qilingan kuch namoyon qilishning asosiy xillari kuch qobiliyatining klassifikatsiyasi sifatida qabul qilingan.
Kuch qobiliyatlarining turlari muskul zo`riqishi tartibining kombinatsiyalashtira olish xarakteriga qarab farqlanadi. Statik rejimda va sekinlashtirilganharakatlarda namoyon bo`ladigan shaxsiy-kuchqobiliyatlari va tezlik-kuchihisobiga sodir bo`ladigan kuch (dinamik kuch), tez bajariladiganharakatlarda qo`llaniladi. Boshqachasiga buni shiddat (portlash) kuchi debham ataladi. Bunga qisqa vaqt ichida eng ko`p darajada kuch namoyon qila olish qobiliyati deb qaraladi. Portlash kuchi sakrashlarda depsinish orqali sakrovchanlik tarzida namoyon bo`ladi.
Muskulning o`ta zo`riqishini optimal yo`nalishi. Muskul kuchi belgilangan faoliyatning yo`nalishiga iloji boricha yaqinlashtirilishi, moslashtirilishi lozim. Masalan, nayza uloqtirishda zo`r berib tanaga tezlik berishimiz mumkin, lekin bu tezlik nayzani uloqtirishdagi zarbga moslanmasa, sarflangan kuch samarasiz bo`ladi, nayza mo`ljallangan traektoriyada uchmasligi mumkin. Past start olishda tananing og’ishi 54 va 72 gradusli burchakhosil qilgandan so`ng startdan chiqishning samarasi turlicha bo`ladi. Hisoblashlar ko`rsatmoqdaki, ikkala oyoqdan 180 kg kuch bilan depsinish 72 gradusdan start olganda, kuchning gorizontal yo`nalishi samaradorligi 55,62 dan oshmas ekan. Agar start 54 gradusda bajarilsa, depsinish kuchi samaradorli 105,80 kg bo`lishi mumkin. Harakat tezligini oshirish, gavdaga tezlanish berish uchun unga anchagina kuch ta`sir etilishi lozim. U qanchalik kuchli bo`lsa, tanani fazoda tezlanishi shunchalik qisqa vaqt ichida tez vujudga keladi. Lekin tezlik birdaniga oshmaydi. Buning uchun kuch anchagina vaqt ichida ta`sir etib turishi zarur. Maksimal tezlik olish uchun esa uzoqroq masofa lozim va katta kuch bilan ta`sir etish foydalidir. Oyoqning to`pga tegadigan ustki qismini qanchalik orqaga cho`zib to`p oralig’idagi masofa uzaytirilib oyoq kaftining to`pga tegish tezligi oshirilsa, to`pning zarbi kuchayadi. Yo`lning chegaralanishi tezlikni kuchayishini susaytiradi.
Kuchning ta`sir etish vaqti qanchalik oz bo`lsa, harakat tezligi shunCha yuqori bo`ladi. Gavda qiya chiziq bo`ylab tezlik oladigan bo`lsa shunCha ko`p ta`sir kuchi kerak bo`ladi.
To`g’ri chiziq bo`ylab harakat tezligi uchun qiya chiziq bo`ylab harakat tezligiga nisbatan ta`sir kuchi oz talab qilinadi.
Kuch oshirilishining uzluksizligi va birin ketinligi. Bu qoida N`yutonning ikkita (inertsiya va tezlanish) qonunidan kelib chiqadi. eng katta kuchharakatni boshlash uchun, tihch (turg’un) inertsiyani engish uchun kerak bo`ladi.
Masalan, shtangani ko`krakka olishgaharakat boshlash uchun oyoqning va elkaning orqa muskullaridan, ularning kuchidan foydalaniladi. Chunki uni to`xtatish yoki tihch turgan jism enertsiyasini ozgina bo`lsada, o`zgartirish uchun yana qo`shimcha zo`riqish talab qilinadi. Aslida bu zo`riqishdan mashq tezligini yanada oshirishda samarali foydalansa bo`lar ekan.
Insonning kuch namoyon qila olishdagi asosiy faktor – muskul zo`riqishi, lekin uning tanasining massasi (vazni)ham ma`lum darajada rol’ o`ynaydi. SHunga ko`ra, absolyut va nisbiy kuchdebham farqlanadi. Birinchisida insonning tanasi vazninihisobiga olmay, qandaydir birharakatda kuch namoyon qila olishi tushunilsa, ikkinchisida, uning tana vaznininghar bir kilogrammiga to`g’ri keladigan qilib namoyon qilinadigan kuchning me`yori tushuniladi.
Kuchni o`lchash. Absolyut kuch inson dinamometriyasi ko`rsatkichlari va boshqalarga asoslanib, ko`tara oladigan yuk kuchini namoyon qila oladigan chegara tushuniladi. Nisbiysi esa absolyut kuchning shaxsiy vazniga (tana og’irligiga) nisbati bilan o`lchanadi. Vazni turli xil, lekin bir xil darajada shug’ullanganlikka ega bo`lganlarda absolyut kuch tana vaznining oshishi orqali ortadi, nisbiy kuch kamayadi. Buni shunday tushunish lozimki, tana vaznini qo`shilishi bilan uning og’irligi muskul kuchiga nisbatan ortib ketadi.
Qator sport turlarida (masalan, uloqtirishda) yutuq absolyut kuchhisobigagina qo`lga kiritiladi. Qaysiki tana vazni chegaralanadigan, vaznhisobiga olinadigan turlarda yoki tananing ko`p marotalab o`rni almashtirilib turiladigan sport turlarida (masalan, gimnastikada) yutuq nisbiy kuch bilan qo`lga kiritiladi. Kuchning namoyon bo`lishiharakatning biomexanik sharoitiga to`g’ridan-to`g’ri bog’langan: elka suyagining va boshqa gavda richagining uzunligi, muskullarning fiziologik-yo`g’on yoki ingichgaligi, cho`ziluvchanligi, chayir yoki mo`rtligi vah.k. larida e`tiborga olinadi.
Kuchni rivojlantirish metodlari.Muskul kuchining ortishi, asosan uni rivojlantirish metodlariga bog’liqdir.
Maksimal zo`riqish metodi, ya`ni me`yordagi yoki me`yorga yaqin og’irliklarni ko`tarish (o`z vaznining 90-95%), nerv muskul apparatining maksimal safarbarligi va muskul kuchining ko`p bo`lmasada ortishini ta`minlaydi. Ammo bu yuqori darajadagi nervpsixik zo`riqishi bilan bog’liq, ayniqsa, o`quvchilar kuchini rivojlantirishda noqulaylik tug’diradi. Oz mikdordagi qaytarishlar modda almashinuvi va boshqa plastik jarayonlarni yo`lga qo`yolmaydi, natijada muskul massasi ortmaydi. Bu metod mashq texnikasi ustida ishlash uchun qiyinchilik tug’diradi, chunki me`yoridan ortiq nerv-muskul tarangiligi nerv markazidagi qo`zg’alishni generalizatsiyalashishiga va ishga ortiqcha muskul guruhlarining qo`shilib ketishiga olib keladi.Va nihoyat, shunihisobga olish kerakki, xatto etarli darajadagi tayyorgarlikka ega bo`lgan sportchilarning nerv sistemasi yaxshi rivojlanmagan bo`lsa, me`yoriga yaqin bo`lgan nagruzkalardan foydalanish metodi muskul kuchining ortishida me`yor bo`lmagan nagruzkalar bilan mashq qilish metodi bergan foydaniham bermaydi.
Kuchli zo`riqishsiz yuklama bilan bajariladigan mashqlarharakat texnikasini aniq nazorat qilish imkonini beradi, ayniqsa, bu yangi o`rganuvchi shug’ullanuvchilar uchun qulay. O`rtacha nagruzka trenirovka jarayonining boshlang’ich etaplarida katta bo`lmagan yuqori tiklanishni va quvvat manbalarini qo`zgatadi, qaysiki, ularhisobiga sifatning bir oz o`sganligi ko`zga tashlanadi. Ayniqsa, yangi o`rganuvchilarning shikastlanishlari oldi olinadi. Shuning uchun me`yorga yaqin va o`rtacha nagruzka bilan kuch talab qiladigan mashqlarni bajarish kuchni rivojlantirishning asosiy metodihisoblanadi.
Jismoniy tayyorgarlikning ortishi bilan ko`proq, me`yordagi va me`yorga yaqin og’irliklardan foydalaniladi.
Sportchilarning yoshiga xos xususiyatlar o`zgarishi bilan bog’liq kuch mashqlaridan mashg’ulotlarda, ayniqsa, darslarda foydalanish imkoniyati Chegarillangan. Kichik va o`rta maktab yoshida shaxsiy kuchini rivojlantirishni o`ta oshirib yubormaslik lozim. Mashqlar tezlik kuchini rivojlantirishga yo`naltirilsa mashqdagi statik komponentlar chegaralanishini ahamiyati muhimdir. Lekin uni butunlay chiqarib tashlab bo`lmaydi, chunki statikholatlarni qo`llash, ayniqsa, qomatning tarbiyalashning etakchi vositalarihisoblanadi va uni qo`llash samaralidir. Yosh o`tishi bilan bu mashqlar kengrok qo`llaniladi. Lekin albatta nafas olishning nazorati kuchaytirilishi kerak. Chunki nafasni zo`riqish paytida uzoqroq ushlash, ayniqsa, qizlarda salbiy ta`sirga olib kelishi,hatto ularning xushdan ketib qolishlaridekholatlar sodir qilishi mumkin.
Maktabda kuch tayyorgarligini olib borishdagi asosiy vazifa tananing orqa va qorin tomonini yirik muskulalari guruhini rivojlantirishga yo`naltirilishi, chunki qomatning shakllanishi shu muskullarga bog’liq. Rivojlanmaydigan muskul guruhlari – tananing qiyshiq muskullari,harakat tayanch apparati muskullari, sonning orqa tomoni muskullari vahokazolarni rivojlantirish. «Alpomish» va «Barchinoy» testi talab normalari tarkibiga kiritilganligi bejiz emas.
Kuchni rivojlantirishning tipik vositalari: 7-9 yoshda jismlar bilan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, qiyshiq o`rnatilgan gimnastika skameykalariga tirmashib chiqish, gimnastika devoridagi mashqlar, sakrashlar, uloqtirishlardir; 10-11 yoshdagilar uchun – katta muskul tarangligi talab qilinadigan jismlarni ko`tarish bilan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar (to`ldirma to`plar, gimnastika tayoqlari vah.k.)da, uch usul bilan vertikal kanatga tirmashib, engil jismlarni uloqtirish va boshqalar; 14-15 yoshda - to`ldirma to`plar, katta og’irlikka ega bo`lmagan gantellar, kanat (arg’amchi) tortishdek kuch talab qiladigan mashqlar, tortilishlar, qo`lda tik turish va boshqalar. To`g’ri o`smirlarda og’irlashtirish maksimal vaznga nisbatan 60-70%ni tashkillashi lozim, bundan tashqari, mashqlarni muskul to`la bajara olmay qolgungacha bajarish bu yoshdagilarda qat`iyan ta`qiqlanadi.
Qizlardan 13-14 yoshdan boshlab talab qilinadigan yuklama bolalar uchun talab qilinadigan yuklamaga nisbatan o`z tanasinig maksimal vazni atrofida bo`lishi, ko`proq lokalholda muskul guruhlariga kuch mashqlari, tashqi og’irlashtiruvchi sifatida gimnastika predmetlari yoki og’ir bo`lmagan jihozlardan foydalanish tavsiya etiladi.


II.BOB. Kuch qobiliyatini tarbiyalash asoslarining
ilmiy tadqiqot uslubiyotlari



Yüklə 118,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin