Mavzu: “Kundalik” avtomatlashtirilgan ta’lim axborot tizimi Kundalik tizimida qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin?
Ro‘yxatdan o‘tish uchun, eng avvalo, ota-onalar va o‘quvchilar ta’lim tashkilotidagi ma’lumotlarni to‘ldirish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan xodimdan foydalanuvchi login va vaqtinchalik parolni olishlari zarur. So‘ngra tizimga https://kundalik.com havolasi orqali kiriladi. Maktab ma’muriyati tomonidan berilgan foydalanuvchi nomi va parol orqali tizimga kirish mumkin bo‘ladi. Keyingi qadam ro‘yxatdan o‘tish sahifasidagi «Shaxsiy ma’lumotlar» yorlig‘iga kiritilgan ma’lumotlarni tekshirib bo‘lgach, «Keyingi» tugmasi bosishdir. Yakuniy qadamda talablarga javob beradigan yangi parol tanlash kerak bo‘ladi.
Parolni qanday o‘zgartirish mumkin? Parolni o‘zgartirish uchun quyidagi harakatlarni bajaring:
profil «Sozlamalar»iga o‘ting (avatarning o‘ng tomonida ism familiyani bosing va «Sozlamalar» bandini tanlang);
profil «Sozlamalar»ida «Login va parol» yorlig’ini bosing;
mavjud parolning to‘g’risida «O‘zgartirish» so‘zini tanlang;
yangi parolni kiriting va joriy parolni kiritish orqali uning o‘zgarishini tasdiqlang;
«Saqlash» tugmasini bosing.
Ta’lim tashkilotini qanday ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?
Saytning asosiy sahifasidagi «Ulanish» tugmasini bosgandan so‘ng ochilgan shaklda loyihadagi «Uqituvchi, xodim» rolini ko‘rsating va «Keyingi» tugmasini bosing.
«Ta’lim tashkilotlarini qidirish» bo‘limida sizning tashkilotingiz joylashgan tuman yoki shaxarning nomini kiritishingiz kerak bo‘ladi.
Aholi punktini tanlaganingizdan so‘ng, ushbu tuman bo‘yicha Tizimda ro‘yxatdan o‘tgan ta’lim tashkilotlari orasidan o‘zingizning ta’lim muassasangizni belgilang.
Arizani yuborganingizdan so‘ng, yordam ko‘rsatish xizmatidan xat kutushingiz lozim. Ilova maqullangandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tish uchun sizga login va parol yuboriladi.
Olingan ma’lumotlar yordamida faollashtirish va sozlash ustasining barcha bosqichlaridan o‘ting.