Aholi punkti ro‘yxatda yo‘q. Nima qilish kerak? Agar tashkilot joylashgan aholi punkti tizimda bo‘lmasa, u holda ariza to‘ldirishda eng yaqin aholi punktini tanlang va izohlarda tashkilot joylashgan manzlini to‘liq ko‘rsating.
Ikkinchi bolani qanday qo‘shish mumkin? Tizimda ikkinchi va undan keyingi bolalar bilan profillarni bo-lash uchun, ota-ona ta’lim tashkilotining ma’muri yoki sinf rahbari bilan bog’lanib, mas’ul xodimga ism familiyasini va tizimdagi loginini berishi lozim bo‘ladi.
Ma’mur tomonidan o‘quvchilar bilan qarindoshlik aloqasini qo‘shish so‘rovi yaratilgandan so‘ng, ota-onaning shaxsiy sahifasida tashkilotga kirish taklifnomasi va shaxsiy profil sozlamalariga o‘tish uchun havola borligi hakida ko‘rsatilgan oyna paydo bo‘ladi. Ota-onalar ma’lumotlar to‘g’riligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng «Tasdiqlash» tugmasini bosishadi.
Baholar, UV va dars jadvalini qanday ko‘rish mumkin? O‘quv jarayonini kuzatib borish uchun ekranning yuqori qismidagi ko‘k navigasiya panelidagi
O‘qivlar uchun – «Ta’lim» bo‘limini tanlash kerak.
Ota-onalar uchun «Bolalar» bo‘limini tanlash kerak bo‘ladi.
Uy vazifasini ko‘rish uchun quyidagilarni tanlashingiz kerak:
o‘quv yili;
fan;
bajarish muddati.
O‘qituvchi interfeys sozlamalarida tanlagan tilda jurnalga belgilar kiritiladi. Interfeys tilini o‘zgartirganda belgilar avtomatik ravishda tarjima qilinadi. O‘quvchilar kundaligida belgilar ularning interfeysida tanlangan tilda ko‘rsatiladi.