Kimyoviy tarkibi ; suvli kalsiy sulfat tuzi CaSO4•2H2O; tarkibida sof holda CaO (32,56%). SO3 (46,51%), H2O (20,93%) boʻladi. suvda eruvchanligi 2,05g/l. 170° atrofida qizdirilganda yarimgidrat CaSO4 0,5 H2O (alebastr) ga, undan yuqori temperaturada esa CaSO4 ga aylanadi. Gips suvi quriy boshlagan koʻl va dengiz havzalarida sulfat tuzlarining choʻkishidan paydo boʻla Ikki tomonlama kristal (+). 2V = 58. Ng = 1,530, Nm = 1,523, Np = 1,521. Harorat oshishi bilan 2V pasayadi va 2V taxminan 90 ° C da nolga aylanadi. Isitish paytida kristalli suvni chiqarishning 3 bosqichi mavjud: 105 ~ 180 ℃. Birinchidan, 1 ta suv molekulasi zaryadsizlanadi.
RangiRangi oq, ayrim kristallari shaffof va rangsiz.
Singoniyasi Monoklin sistemada kristallanadi. Kristallari plastinkasimon, ustunsimon, ninasimon va tolasimon koʻrinishda boʻladi. Koʻpincha, tutash donador, tolasimon massalar, turli kristallik guruhlar tarzida uchraydi.
Qattiqligi1,5 (tirnoq bilan chiziladi).
Solishtirma og‘irligi 2,3 g/sm3.
Paydo bo‘lishi va konlari. . Gips suv havzalarida hosil bo‘lgan bo‘lib, cho‘kindi tog‘ jinslarini tashkil qiladi. Gipsning ahamiyati ayniqsa qurilish ishlarida juda katta. Gips qatlamlari Oʻzbekistonning Fargʻona (Quvasoy), Buxoro (Kogon) va Surxondaryo viloyatlarida topilgan; 2) Qurilish gipsi— CaSO4•5H2O — havoda tez birikadigan va tez qotadigan bogʻlovchi modda; tabiiy gipsni 140—190° temperaturada pishirib olinadi. Qovushoq materiallar tayyorlashda, gips-beton, gips-beton buyumlar, koshinkor toshlar, boʻyoqlar ishlab chiqarishda, tibbiyotda (bogʻlov materiallari tayyorlashda), haykaltaroshlikda, suvoqchilik ishlarida ishlatiladi.