til faktlarini tahlil qilishda integrativ metodlarni qo‘llash, madaniy matnlar bilan ishlash jarayonida sabr-toqatli bo‘lish, madaniy ma’nolar shakllanishining milliy o‘ziga xos mexanizmlari va ularni tilda faollashuv vositalarini aniqlash, nutqda madaniy ahamiyatga molik birliklarni topa olish, lingvokulturologik sharhlarga chegaradosh fanlardan ma’lumotlar kiritish, o‘zga til lingvomadaniy jamoasidagi qadriyatga molik o‘rinlarni belgilash, tillararo va madaniyatlararo yuz berishi mumkin bo‘lgan ssenariylar modelini ishlab chiqish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak
“Lingvokulturologiya” fanining nazariy masalalarini amaliyotda qo‘llay olish, xususan, lingvokulturologik modellarni ishlab chiqish, ularni til materiallarining tahliliga tatbiq qilish, lingvokulturologik birliklarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan til faktlarini tahlil qilishda integrativ metodlarni qo‘llash, til va madaniyatning o‘zaro aloqasini o‘rganishda foydalanadigan tahliliy amallar va tadbirlar, tilda mavjud muqobilsiz leksika va lakunalar o‘rnini to‘ldirish mazkur fanning ishlab chiqarishdagi o‘rnini belgilaydi.
“Lingvokulturologiya” fanini o‘rganish quyidagi an’anaviy, ilg‘or va zamonaviy usullarni, jumladan, dasturiy ta’lim “davra suhbatlari”, “klaster”, “matbuot konferensiyasi”, “baliq skeleti”ni qo‘llash, pedagogik texnologiyalardan “keys-stadi”, “bumerang” va h.k. qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
Lingvomadaniy birliklar “assotsiativ eksperiment” asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy majmua, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, texnik vositalar, slaydlar, multimedia namoyishlaridan foydalaniladi.
Lingvomadaniy atamalarning yangi lugʻati yaratilgan. Uning vazifasi madaniy tilshunoslikning asosiy tushunchalarini oʻrganishdir. Har birida oldindan tez-tez uchraydigan tushunchalarning tizimlashtirilgan tavsifi keltirilgan, nafaqat olimlar tomonidan lingvistikani aniq tahlil qilishda foydalaniladi, balki materiallar qoida tariqasida, bularning bir yoki boshqa talqinini olish madaniy tilshunoslik aspektidagi kontsepsiya hisoblanadi. Yaʼni atamalarga aylanib: madaniy munosabat, madaniy maʼno, madaniy lingvistik oʻziga xoslik, madaniyatning konseptual sohasi, lingvokonsept soha va boshqalar: