Fan o‘qituvchisi: G‘afforov A 9-ma’ruza mashg‘uloti Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti tilshunoslik kafedrasi MA’RUZA MASHG‘ULOT MAVZUSI: Grammatik shakllangan gap. Ega.
Reja:
1. Gap bo`laklari haqida
2. Gap bo`laklarining tasnifi.
3. Bosh bo`laklar.
4. Ikkinchi darajali bo`laklar haqida umumiy tushuncha.
Grammatik shakllangan gapning minimal va maksimal lisoniy sintaktik qolipi. Avvalgi fasllarda gapning eng kichik lisoniy qolipi [WPm] ramzi bilan berilib, gapning umumiy lisoniy mohiyati sifatida tavsiflandi. Bunda o‘zbek nutqida qo‘llanadigan aksariyat gapning eng umumiy belgilari mujassamlashgan. Nutqdagi barcha gaplarning kesimdan boshqa bo‘laklari olib tashlansa ham, u gap bo‘la oladi. Biroq nutqiy gaplarning lisoniy sathda bu umumiylik (WPm) dan quyiroqda joylashgan boshqa umumiyliklari ham bor. Modomiki, gap kengaytiruvchilari gap mohiyatini belgilovchi asosiy vosita bo‘lgan kesimlik qo‘shimchalari (Pm) ga tegishli ekan, demak, yig‘iq gapdan boshqa barcha kengaygan gapda, kesim bilan birga, yana ikkita gap bo‘lagini ajratish mumkin. Ular ega va hol.
. To‘ldiruvchi va aniqlovchi esa barcha bo‘laklarga, bo‘lakning bo‘laklariga bog‘langanligi hamda so‘z kengaytiruvchilari bo‘lganligi bois lisoniy qolipdan o‘rin ola olmaydi. Ular qaysi so‘zga bog‘lanayotgan bo‘lsa, lisoniy sathda uning valentliklari sifatida yashaydi. Yig‘iq gap esa umumiy qolip – [WPm]ning aynan voqelanishi. Masalan: Bahor. O‘tlar yam-yashil kabi. Demak, gapning minimal qolipi [WPm] ega va hol bilan kengaytiriladi.