Mavzu Logistikada asosiy oqimlar Moddiy oqimlar Reja-fayllar.org
1.-rasm. Mikrologistik tizim sxemasi. Ko‘rib turganimizdek, logistik tizim unsurlari turlicha va bir vaqtning o‘zida bir-biriga mos. Ularning mosligi maqsad yagonaligi bilan ta’minlanadi, va ushbu maqsadga logistik tizimni har bir unsuri xizmat qiladi.
Ikkinchi xususiyat (aloqalar): Logistik tizim unsurlari orasida muhim aloqa-lar mavjud. Ular biror-bir qonuniy zaruriyat bilan integrativ jihatlarini ham belgilaydilar. Makrologistik tizimlarda, unsurlar orasidagi aloqa asosini shart-noma tashkil etadi. Mikrologistik tizimlarda esa unsurlar ichki ishlab-chiqarish munosabatlari bilan bog‘langan bo‘ladilar.
Uchinchi xususiyat (tashkil etish): logistik tizim unsurlari orasidagi aloqalar ma’lum tarzda tartiblashtirilgan bo‘ladi, bu esa logistik tizim tashkil etilgani-dan dalolat beradi.
To‘rtinchi xususiyat (integrativ jihatlar): logistik tizim, uning biror-bir unsuri ham alohida ravishda ega bo‘lmagan jihatlarga (xususiyatlarga) ega. Bu zarur bo‘lgan tovarni, zarur vaqtda, zarur joyga, lozim bo‘lgan sifatda va minimal xara-jatlar bilan yetkazish qobiliyati, hamda tashqi muhitning o‘zgaruvchan sharoitlariga (talabning o‘zgarishi, texnik vositalarning ishdan chiqishi va h.) moslashish qobi-liyatidir.
Logistik tizimning integrativ jihatlari, unga materiallarni xarid qilish, uni o‘z ishlab-chiqarish quvvatlaridan o‘tkazish hamda tashqi muhitga chiqarish imko-nini beradi, va shu bilan birga oldindan belgilangan maqsadlarga ham erishiladi.
Paydo bo‘lgan talabga, mahsulotni tezda yetkazib berish bilan javob beradigan logistik tizim, ishlab-chiqarish korxonasi hududidan to mamlakat hududigacha va un-dan ham katta bo‘lishi mumkin. U tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashib, ko‘nikib, ularga tezda javob qaytarishi mumkin.
Logistik tizimga berilgan umumiy ta’rif quyidagicha: logistik tizim – u yoki bu logistik funksiyalarni bajaruvchi, teskari aloqaga ega bo‘lgan, tashqi muhit sha-roitlariga yaxshi moslashuvchan tizimdir. U odatda bir necha tizimchalardan tashkil topgan, va tashqi muhit bilan mustahkam aloqalarga ega bo‘ladi. Logistik tizim si-fatida sanoat korxonasi, qishloq xo‘jalik korxonasi, hududiy ishlab-chiqarish maj-muasi, savdo korxonasi va boshqalar ko‘rilishi mumkin. Logistik tizimning maqsadi – bu xarajatlarning berilgan chegarasida, tovar va buyumlarni belgilangan joyga, zarur bo‘lgan miqdorda va assortimentda, hamda mumkin bo‘lgan maksimal da-rajada ishlab-chiqarish va shaxsiy iste’molga tayyorlangan holda yetkazib berishdir.
Logistik tizim chegaralari ishlab-chiqarish vositalarini aylanish sikli bilan belgilanadi. Oldin ishlab-chiqarish vositalari xarid qilinadi. Ular moddiy oqim ko‘rinishida logistik tizimga kelib tushadilar, omborga qo‘yiladilar, qayta ishla-nadilar, saqlanadilar, va keyinchalik, logistik tizimga kelib tushgan moliyaviy mab-lag‘lar evaziga, logistik tizimdan iste’molga chiqib ketadilar.