Buxgalteriya balansi va uni tahlilda qo‘llanilishi Buxgalteriya balansi korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilishning asosiy manbasi hisoblanadi. “Balans” atamasi lotincha bis - ikki marta, banx - tarozi pallasi so‘zlaridan tarkib topib, tom ma’noda ikki palla degan ma’noni anglatadi va tenglik tushunchasi sifatida ishlatiladi. Balansning aktiv va passiv tomonlari bo‘ladi. Aktiv tomonida korxona mablag‘lari, passivida esa xo‘jalikning o‘ziga tegishli man- balar, kreditga va qarzga olingan boshqa manbalar ko‘rsatiladi. Aktiv mablagTaming oshishi, passivdagi manbalar va foyda (daro- mad) ning ko‘payishi bilan bog‘liqdir.
Balansning barcha bo‘lim va bandlarini chuqur o‘rganish moliyaviy ahvolni to‘liq o‘zlashtirishning asosini tashkil qiladi. Balans o‘sganda korxona mablag‘larini guruhlash va joylanishini ulami hosil etish manbalarini pul bahosida muayyan sanaga aks ettirish tushuniladi.Buxgalteriya balansi quyidagi belgilari bo‘yicha tasniflanadi: tuzilish vaqti, axborot hajmi, mulkchilik shakli, aks ettirish obyekti “tozalash” usuli. Tuzilish vaqtiga ko‘ra buxgalteriya balanslari kirish, joriy, tugatish, bo’lish va birlashtirish balanslariga bo’lishi mumkin.Kirish balansi korxonaning paydo bo’lish vaqtiga tuziladi. U korxona o‘z faoliyatini boshlayotgan vaqtda tuziladi.Joriy balanslar - korxona qonunchilik bilan belgilangan muddatda mavjud bo’lgan vaqt mobaynida vaqti-vaqti bilan tuzib turiladi.Tugatish balanslari korxona tugatilayotganda tuziladi. Bo’lish balanslari yirik korxona bir necha mayda korxonalarga boTinganda tuziladi. Birlashtirish balansi bir necha koixonalar bir korxonaga birlash- ganda tuziladi. Axborot hajmi bo‘yicha balanslar bir martalik va yig‘ma balans- larga bo’linadi. Bir martalik balans faqat bitta korxona bo‘yicha joriy hisob asosida tuziladi. Yig‘ma balans esa bir martalik balanslar asosida tuziladi. U birlashmalar, vazirliklar va shu kabilaming xo‘jalik mablagTarini aks ettiradi. Mulkchilik shakllariga ko‘ra - davlat, o‘z, aralash, qo‘shma korxonalar va jamoat tashkilotlari balanslari farqlanadi. Aks ettirish obyektiga ko‘ra - balanslar mustaqil va alohida balansga ajratiladi. Mustaqil balansni yuridik shaxs bo‘lgan korxonalar tuzadi. Alohida balansni korxonaning filiallari, sexlari tuzadi. “Tozalash” usuliga ko‘ra balanslar balans “brutto” va balans “netto”ga ajratiladi. Balans brutto - tartibga soluvchi moddalami o‘z ichiga oluvchi balansdir. Balans netto - qiymatdan tartibga soluvchi moddalar summasi chegiriladi. Masalan, asosiy vositalaming qoldiq qiymatini hisob-kitob qilish uchun asosiy vositalar” summasidan ularning eskirish summasi chegiriladi (012 satr= 010-011).
O‘zbekiston Respublikasidagi barcha korxonalar balans-netto tuzadi.
Buxgalteriya balansiga qo‘yiladigan asosiy talablar uning to‘g‘riligi, realligi, yaxlitligi, izchilligi va tushunarliligidir.