Mavzu: lqtisodiy tahlilda balansli bog'lanish, zanjirli bog'lanish usullari. Iqtisodiy tahlil metodi


Hisobning to’g’ri usuli deb yalpi foyda usuliga aytiladi, uning asosida quyidagi tenglama yotadi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə8/106
tarix18.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#144963
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106
Hisobning to’g’ri usuli deb yalpi foyda usuliga aytiladi, uning asosida quyidagi tenglama yotadi:


Yalpi foyda (yoki marjinal daromad)


=


Mahsulotni sotishdan tushgan daromad


-


O’zgaruvchan sarflar

Bi zning misol uchun yalpi foydaning chizmasini tuzish quyidagi rasmda ko’rsatilgan (9.4-chizmaga qarang).
Yalpi foydaning chizmasi (marjinal daromad)
O’zgaruvchan sarflar chizig’i (OK) ishlab chiqarish hajmi birligiga 2000 dona buyum va 100000 so’m hisobidan tuziladi. Doimiy xarajatlar (KD) yalpi (AD) va o’zgaruvchan (OK) xarajatlarning o’rtasidagi farqqa teng.
Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmining butun maydoni (diapazoni) uchun doimiy qiymat hisoblanadi. 40000000 so’mdagi doimiy xarajatlarning summasi o’zgaruvchan xarajatlarga qo’shiladi, natijada yalpi xarajatlar chizig’i o’zgaruvchan xarajatlar chizig’iga parallel bo’ladi. Marjinal daromad grafikda sotishdan olingan daromad chizig’i (OS) va o’zgaruvchan xarajatlar chizig’i o’rtasida ko’rsatilgan. Mahsulotlarning qulay maydoni (diapazoni) - mahsulotning 600dan 2000 donagacha bo’lgan birligi darajasida joylashgan.
Shunga e’tibor qaratish lozimki, ishlab chiqarishning belgilangan maydoni (diapazoni) chegarasida qarorlar qulay bo’ladi. Bu maydon (diapazon)dan tashqarida mahsulot birligiga bo’lgan sotish narxi va o’zgaruvchan sarflar boshqacha bo’ladi. Ayrim hollarda tahlil uchun xavfsizlik hududi, shuningdek xavfsizlik chegarasining koeffitsiyenti hisoblab chiqiladi:
Mahsulot hajmi va assortimentining segment tahlili
Foyda darajasi nafaqat mahsulotlar bo’yicha, balki har bir zonani foydaning umumiy summasiga qilgan qo’yilmalari bo’yicha baholanadi. Subyektning marjinal daromadi tizimi bozor zonalari bo’yicha hisoblanadi, zonalar ichida esa mahsulotlarning turi bo’yicha hisoblanadi. Тadbirkorlik segmentlarini nazorat qilish shakllari ishlab chiqarish bo’linmalari tomonidan har bir mahsulot uchun sotish narxini belgilashni ham ko’zda tutadi. Ishlab chiqarish bo’linmasi tomonidan mahsulot sotishsini baholash odatda ustalar, bo’lim va sex boshliqlarini moddiy rag’batlantirishda qo’llaniladi. Shuni esda tutish kerakki, transfert narxlarini hisoblashning eng qulay varianti bo’lib xarajatlarning me’yorlari hisoblanadi.
Shuning uchun foyda summasiga har bir bo’linma tomonidan qilingan qo’yilma to’g’ri ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy ustamalarini emas balki yalpi qoplanishi va subyektning sof daromadiga bo’lgan ta’siri sifatida qaraladi. Nazoratning kam ahamiyatli bo’lmaganining yana biri sifati bu mahsulot turlari bo’yicha talabning elastikligini kuzatishdir.
Sotishdan olingan foydaning asosiy konsepsiyasi: narxlarning ko’tarilishi - sotish hajmining kamayishi yoki narxlarning pasayishi - sotish hajmining o’sishi hisoblanadi. Тalabning elastikligi har bir mahsulot bo’yicha aniqlanadi. Agar talab elastik bo’lsa sotishning o’sishi haqiqiy hajmining 1/3 qismidan oshmasligi kerak va narxlarning darajasini ushlab turishda alternativ qadam bo’lib xarajatlarni pasaytirish dasturi xizmat qilishi mumkin. Shunda sarflarning umumiy summasining pasaytirilgani sotishning haqiqiy hajmini 1/3 qismidan oshmasligi kerak.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin