Mavzu: Talab va taklifni ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimi. Yuqori narx, mavjud firmalarni ishlab chiqarishni kengaytirishga da’vat etadi, bozorga yangi firmalarni o’z mahsuloti bilan kirib kelishini ta’minlaydi, ular ishlab chiqargan Yuqori xarajatli rentabel bo’lmagan mahsulotlari Yuqori narxda rentabel bo’ladi. Bunday holda, firmalarda ishlab chiqarishning kengayishi qisqa vaqt oralig’ida intensiv bo’lsa, uzoq muddatda esa ekstensiv amalga oshiriladi.
Talab chizig’i (Demand) iste’molchilarning berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olish mumkinligini bildiradi. Talab chizig’ining pastga ketishi, iste’molchilarning narx qancha past bo’lsa, ular shuncha ko’p mahsulot sotib olishini anglatadi. Past narxlar, xaridorlarga yanada ko’proq miqdorda tovarlar sotib olishiga hamda ilgari sotib olaolmayotgan iste’molchilarga esa hozir u tovarni sotib olishga imkon yaratadi.
Bu ikki egri chiziq talab va taklifning muvozanat nuqtasida kesishadi. Muvozanat bozor tizimining shunday holatini bildiradiki, bu holatda talab va taklif bir-biriga teng bo’ladi. Muvozanat nuqta muvozanat narxni va muvozanat mahsulot miqdorini bildiradi. Faraz qilaylik, narx muvozanat narxdan yuqori bo’lsin. Bu holda ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar sotib olishi mumkin bo’lgan miqdordan ko’proq mahsulot ishlab chiqarishga harakat qiladi. Natijada ortiqcha mahsulot to’plana boshlaydi, mahsulot to’planishini kamaytirish yoki ularni sotish uchun ishlab chiqaruvchilar narxini kamaytirishi lozim bo’ladi. Bu holda narx pasayadi, mahsulotga talab esa o’sadi, bu o’z navbatida taklif qilinadigan mahsulotning miqdorini kamayishiga olib keladi, bunday holning takroran davom etishi toki muvozanat narx o’rnatilguncha davom etadi.
Bu erda biz har bir narxga ma’lum miqdorda mahsulot to’g’ri keladi va sotiladi hamda u yagona deb faraz qilamiz. Bu faraz, bozor erkin raqobatlashgan bo’lgandagina ma’noga ega bo’ladi, qachonki bunday bozorda sotuvchi va xaridor bozor narxiga ta’sir qila olmaydi. Agar taklif yagona ishlab chiqaruvchi (monopolist) tomonidan belgilansa, narx bilan, taklif qilinadigan mahsulot miqdori o’rtasidagi moslik bir qiymatli bo’la olmaydi. Nima uchun deganda, monopolist talabning o’zgarishiga qarab, narxni o’z foydasiga moslashtirib o’zgartirishi mumkin. Shu sababli biz talab va taklif chizig’ini chizganimizda, oshkora bo’lmasada, bozor erkin raqobatlashgan deb faraz qilamiz.
Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, talab bilan taklif narxdan tashqari boshqa sharoitlarga ham bog’liqdir. Masalan, ishlab chiqaruvchining qancha miqdorda mahsulot sotishi uning narxidan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga (ish haqi, xom ashyo narxi) ham bog’liqdir. Tovarga bo’lgan talab esa iste’molchining byudjetiga (daromadiga) va boshqa omillarga bog’liqdir. Shu sababli biz talab va taklif egri chiziqlarining, ish haqi stavkasi, kapital xarajatlar va daromadlar o’zgarganda qanday o’zgarishini qarab chiqami.
Taklif chizig’i dan boshlaymiz. narx bo’lganda, ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot miqdori ga teng. Endi faraz qilaylik, xom ashyo narxi kamaydi, demak, bir birlik mahsulot xarajati kamayadi. Bu taklifga qanday ta’sir qilishi mumkin?
Xom ashyo narxining kamayishi, mahsulotga bo’lgan xarajatning kamayishiga olib keladi, xarajatning kamayishi esa, ishlab chiqarish samarasini oshiradi va ko’proq foyda olishga olib keladi. Bu o’z navbatida ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag’batlantiradi va ilgari rentabel bo’lmagan firmalar uchun bozorga o’z tovarlari bilan kirib kelishga imkoniyat yaratadi. Demak, agar bozorda tovar narxi o’zgarmasa, ya’ni saqlanib qolsa, ilgaridagiga nisbatan, bozordagi mahsulot taklifi oshadi, natijada taklif egri chizig’i unga siljiydi. narxga birlik emas mahsulot miqdori to’g’ri keladi. Mahsulot ishlab chiqarishning oshishi, bu erda narxga bog’liq emas, shu sababli taklif egri chizig’i butunlay o’ngga, ga Taklif egri chizig’ining bunday o’zgarishiga, ya’ni narxga bog’liq bo’lmagan holdagi o’zgarishiga taklif o’zgarishi deyiladi. O’zgarmas taklif egri chizig’idagi biror nuqtadan pastga yoki yuqoriga qarab harakat qilishga taklif miqdorining o’zgarishi deyiladi.
Funksiya - bu matematik tushuncha bo’lib, bog’liq o’zgaruvchi bilan erkin o’zgaruvchilar o’rtasidagi miqdoriy bog’liqlikni ifodalaydi.
Agar funksiya bitta bog’liq o’zgaruvchi bilan, bitta erkin o’zgaruvchi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalasa, unga bir o’zgaruvchili funksiya deyiladi va u quyidagicha yoziladi:
Agar funksiyada erkin o’zgaruvchilar soni -ta bo’lsa, , u holda o’zgaruvchili funksiyani olamiz:
Bir o’zgaruvchili funksiyaga misol sifatida narxga bog’liq bo’lgan talab funksiyasini qarash mumkin:
bu erda: - talab miqdori; - bir birlik mahsulot narxi.
Talab funksiyasi mahsulot narxi bo’lganda, iste’molchi qancha maksimal miqdorda mahsulot sotib olishi mumkinligini ko’rsatadi. Narx oshganda, talab miqdori kamayadi. Masalan, o’quvchi daftariga bo’lgan talab va daftar narxi o’rtasidagi bog’liqlik quyidagi jadvalda berilgan.