Mavzu: Ludomanizmning ijtimoiy-psixologik oqibatlari Reja


Global tarmoq – xotira kushandasi



Yüklə 39,47 Kb.
səhifə3/3
tarix12.09.2023
ölçüsü39,47 Kb.
#142724
1   2   3
Ludomanizmning ijtimoiy-psixologik oqibatlari

Global tarmoq – xotira kushandasi
Boshqa tomondan yoshlarni o‘ziga tortib olsam degan mafkuralar izg‘ib yuribdi. Diniy ekstremizm, «demokratiyani olg‘a surish», turli-tuman sektalar, loqaydlik, egosentrizm, eskapizm, daunshifting «Vataningni, xalqingni qo‘y, o‘zingni o‘yla yoki bizga qo‘shil» deb o‘zlarini bozorga solmoqda. Ularga sodda va ishonuvchan yoshlar kerak.
Dunyoda odamni loqayd qiluvchi mafkuralar ham ishlamoqda. Shulardan biri eskapizm (ingl. escape – qochish, yashirinish, zohidlik, tarkidunyochilik) yoki odamning kundalik hayotdan o‘z xayollari dunyosiga g‘arq bo‘lishi. Odamning real hayotdan qochishi, odamlar bilan kelisholmasligi ko‘pincha yirik o‘zgarishlar, islohotlar davrida uchragan. Eskapizm faol va passiv shakllarda uchraydi. Masalan, faol eskapizmda odamning kino ko‘rishga, o‘yinga ruju qo‘yishi, alkogol, narkotiklarga, meditasiyaga berilishi bunga misol bo‘lishi mumkin. Passiv eskapizmda esa odamning uzlatga chekinishi, odamlar orasida yashab turib jamiyat qadriyatlariga, mamlakat hayotiga qiziqmay, muammolariga befarq, begona, o‘z xayollari girdobida yashashi kuzatiladi.
Dunyoda yoshlarni daxldorlikdan chalg‘itayotgan g‘oyalardan yana biri – daunshifting (ingl. downshifting – avtoMobil tezligini pasaytirish, u yoki bu jarayonni sekinlashtirish, sustlashtirish). Termin «o‘zi uchun yashash», «boshqalar bilan bog‘liq maqsadlarni rad etish» falsafasining maqsadini ifodalaydi.
Daunshifterlar jamiyat tomonidan qabul qilingan qadriyatlardan yuz o‘girgan, umummanfaatlardan, jamiyat farovonligi, tinchligi kabi qadriyatlar uchun mehnat qilish o‘rniga o‘zi uchun yashashni ustun qo‘yadi. Daunshifting mafkurasi va tushunchasi XX – XXI asrlarda G’arbiy Yevropada paydo bo‘ldi. Hozirgi kunda Rossiyada daunshifterlar hamjamiyati faoliyat yuritmoqda, mafkuraviy jihatdan xippiga, falsafiy jihatdan nyu-eyj, buddizmga yaqin oqim hisoblanadi.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalari, «ommaviy madaniyat» yoshlarni real hayotdan chalg‘ituvchi ko‘plab omillarni paydo qildi. Bular kompyuter o‘yinlari, internet, virtual voqyelik, kino, televideniye. Ayniqsa, pedagog, psixolog va sotsiologlar onlayn rolli o‘yinlari fenomenidan, ludomanlarning soatlab, kunlab virtual dunyoda qolib ketishayotganidan tashvishga tushmoqdalar.
Egosentrizm – xudbinlik. Faqat o‘zini ko‘rib, o‘z manfaatlarini o‘ylab yashash, yon-atrofni ko‘rmaslik, qiziqmaslik va buning oqibatida tan olmaslikni bildiradi. Insoniyatga yetkazadigan zarari nuqtai nazaridan bu illat jaholat va aqidaparastlikdan aslo qolishmaydi. «O’zbekiston» nashriyotidan «Erkin va farovon hayotni yuksak ma’naviyatsiz qurib bo‘lmaydi» deb nomlangan kitob chiqdi. Kitobning 25-betida shunday so‘zlar yozilgan: «Hozirgi paytda insoniyat hayotiga katta xavf tug‘dirayotgan xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, narkoagressiya va OITS singari ofatlarni ko‘pchilik yaxshi biladi. Lekin bugungi kunda hamma ham bilavermaydigan, oshkora ko‘zga tashlanmaydigan, ma’naviy hayotimizni izdan chiqarishga qaratilgan jiddiy xatarlar ham borki, hoziroq ularning oldini olmasak, keyin kech bo‘ladi. Bular G’arb olamida keng tarqalgan egosentrizm va erkinlik niqobidagi axloqsizlik falsafasidir».
Onlayn kompyuter kutubxonasi markazi (Online Computer Library Center) hisobotiga ko‘ra, dunyo miqyosida maktab, lisey, kollej va universitetda tahsil oluvchilarning 83 foizi har qanday axborotni dastlab Yandeks, Google, Rambler kabi turli qidiruv tizimlaridan izlaydi va atigi 2 foiz o‘quvchi kutubxona saytlari yoki kitob jamg‘armalariga murojaat qiladi. Xuddi shunday tendensiya O’zbekiston yoshlari uchun ham begona emas. O’qituvchi referat yoki mustaqil ish talab qildimi, bas, internetdagi tanish saytlardan «yordam so‘raladi». Eng yomoni, bunday «malakali» plagiatlarni fosh etish juda qiyin. Ammo tarmoqdagi tayyor ilmiy ishlar talabalarning «mushkul»ini osonlashtirish bilan birga xotira va aqliy salohiyatning sezilarli darajada pasayishiga olib kelarkan. Birinchidan, tezkor axborotni olish imkoniyati foydalanuvchilarni e’tiborsizlik va yalqovlikka o‘rgatadi. Ular qidiruv tizimidan topilgan tayyor axborot bilan cheklanishadi va ko‘p hollarda tekshirilmagan, noaniq ma’lumotlarni eng so‘nggi haqiqat sifatida qabul qilishadi. Kompyuter savodxonligi yuqori bo‘lgan yoshlar oddiy orfografiya yoki tahlil borasida, afsuski, bilimdonlik namoyish qilolmaydilar. Ikkinchidan, bir paytning o‘zida bir necha ishni bajarish sifatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi olimlar tomonidan allaqachon isbotlangan. Masalan, kompyuterda matn yozish va o‘sha jarayonda do‘stlar bilan xabar almashish odamning diqqatni jamlashiga xalal berarkan. Amerikalik olim Stiven Yantis mazkur holatga baho berib: «Kimdandir xabar kutish faoliyatdagi xotiramizning bir qismini «o‘g‘irlaydi», – deya ta’kidlagandi.
Shubhasiz, xotira insondagi mavjud nomoddiy boyliklarning eng qimmatlilaridan biridir. «Veb-planeta» manbasida keltirilishicha, professor Betsi Sparrou boshchiligidagi Kolumbiya universiteti psixologlari ham bir necha tadqiqotlarni shu masalaga qaratdi.
Ma’lum bo‘lishicha, veb qidiruv saytlari va ma’lumot bazalaridan ommaviy ravishda foydalanish axborotni yodda saqlash usullariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. «Nyu-York Tayms» gazetasi xabariga ko‘ra, nafaqat odamlar, balki ularning miyasi ham yangi texnologiyalarga moslashib bormoqda. B.Sparrouning so‘zlariga ko‘ra, internet hozirgi paytda transaktiv xotiraning bir ko‘rinishi bo‘lib qoldi. Transaktiv xotira deganda ma’lumotning o‘zini emas, uni izlab topish algoritmini yodda saqlab qolish tushuniladi. Soddaroq aytganda, siz Shekspirning hayoti va ijodi bilan yaxshi tanish bo‘lmasangiz ham u haqidagi ma’lumotni qaysi manbadan topish mumkinligini bilasiz.
V.Sparrou hamkasblari bilan o‘tkazgan tajribalarning birida odamlar keyinchalik topib bo‘lmaydigan axborotni qidiruv tizimlarida mavjud axborotga nisbatan yaxshiroq eslab qolishi amalda o‘z tasdig‘ini topdi. Tadqiqotchi, boshqa olimlardan farqli o‘laroq, bu holni ijobiy baholaydi va ma’lumotlarning elektron manbalarda saqlanishi miya faoliyatini ko‘proq tahlil va xulosalar chiqarishga yo‘naltirish uchun sharoit yaratadi deb hisoblaydi. Biroq masalaning yana bir tomoni borki, kun kelib gipermatnlar o‘chib ketsa yoki, deylik, «Google» qidiruv tizimi ishdan chiqib qolsa, odamlar ma’lumotlarni topishda qiyinchiliklarga duch kelishi turgan gap. Axir, internet loyihalar abadiy bo‘lmaydi-ku! Ekspertlarning fikricha, 2025 yilga borib multimedia makoni insoniyat hayotining yetakchi axborot manbai darajasiga ko‘tariladi, qog‘ozli kitoblarni faqat muzeylar va kitobsevarlarning xonadonlaridagina uchratish mumkin bo‘ladi. «Google» va «Yahoo» qidiruv saytlari esa asosiy bilim manbaiga aylanadi. Hozir ham kutubxonalarga, asosan, ilm kishilari va katta yoshdagi odamlar borayotganini hisobga olganda ushbu bashoratning reallikka ko‘chish ehtimoli yuqori.
Zamonaviy bolalarning, chindan ham, tug‘iliboq kompyuterga o‘tirib, murakkab amallarni bajarib ketish qobiliyati bormi degan savolga javob topish maqsadida britaniyalik olimlar tadqiqot o‘tkazdi. Ahamiyatlisi, izlanish natijalari bu qarashning haqiqatdan yiroqligini ko‘rsatdi. «Google avlodi» aqlini innovasion texnologiyalar «bag‘ri»da taniyotgani rost, ammo ko‘p hollarda ularning kompyuterdan foydalanish imkoniyatlari ma’lum chegaralar doirasida. Ular, asosan, ijtimoiy, musiqiy saytlarga murojaat qilishadi, bu esa yuqori darajadagi kompyuter savodxonligidan dalolat bermaydi. «InoPressa.ru» manbasi xabariga ko‘ra, yoshlar ko‘pchilik o‘ylaganidek murakkab texnologiyalardan foydalanishmaydi va o‘rta yosh vakillari xuddi o‘sha amallarni hyech bir qiyinchiliksiz o‘zlashtirishi mumkin. Buyuk Britaniyaning «Ofkom» mustaqil kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasida 65 yoshdan oshgan odamlarning internetga sarflaydigan kunlik vaqti nevaralarinikidan 4 soat ko‘proq ekani aniqlandi. Demak, bolalarning qancha vaqtini tarmoqda o‘tkazishi ularning yoshiga emas, balki ma’lum individual xususiyatlariga bog‘liq.
Zamonaviy yoshlar haqida gapirganda mutaxassislar ko‘pincha «iste’molchilar avlodi» degan iborani qo‘llaydi. Bolalikda shiqildoqlar o‘rniga mobil telefonlarni o‘ynab katta bo‘lgan avlod vakillari so‘nggi texnologiyalar borasida haddan tashqari ko‘p ma’lumotga ega. 18 yoshli o‘smirlarning asosiy qismi nufuzli idorada osongina pul topish, so‘nggi rusumdagi qo‘l telefonida so‘zlashish, xullas, qulay va farovon hayot kechirishni orzu qiladi. Ammo mazkur orzularga erishish yo‘llari haqida ko‘p ham o‘ylayverishmaydi. «Veb-planeta» manbasida bayon etilishicha, «Televizor ko‘rasizmi?» degan savolga rossiyalik yoshlarning 55 foizi «Yo‘q» deb javob bergan. Negaki bugun internet shu darajada takomillashganki, u bir vaqtning o‘zida barcha ommaviy axborot vositalari o‘rnini to‘liq bosa oladi. Shu bois «gugl avlodi» vakillari ma’lumot izlab «shovqinni vujudga keltiruvchi vosita» – televizordan ko‘ra «o‘rgimchak to‘ri»ga murojaat qilishni afzal biladilar.
Yevropa interaktiv reklama uyushmasi (EIAA) o‘tkazgan tadqiqot natijasi ham yuqoridagi fikrni tasdiqladi: 16 – 24 yosh oralig‘idagi yevropaliklar televizor pultini onda-sonda qo‘lga olib qolishmasa, aksariyat hollarda internetning o‘zi bilan cheklanishar ekan. Okeanortilik yoshlar esa haftasiga o‘rta hisobda 11 soat vaqtini global tarmoqqa bag‘ishlaydi. Italiyalik yoshlar internetga sarflagan vaqti bo‘yicha birinchi o‘rinda: haftasiga 13,6 soat. So‘rovda Yevropaning o‘nta mamlakatidan jami 7 mingdan ortiq odam ishtirok etgan. Qatnashchilarning har uchinchisi elektron pochtasiz hayotni tasavvur etolmasligini ma’lum qilgan bo‘lsa, 80 foizdan ortiq yoshlar internetda ma’lum bir faoliyat turi bilan shug‘ullanishini aytdi. Massachusets texnologik universiteti sotsiologiya o‘qituvchisi Sherri Terklning «Birgalikda yolg‘izlar» asarida chek-chegarasiz va tartibsiz onlayn muloqot ruhiy kasallikning bir ko‘rinishi sifatida baholanadi. Bu kitob, ayniqsa, AQShda, ijtimoiy media epidemiyasi domiga tobora chuqurroq kirib borayotgan mamlakatda juda katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Terklning aytishicha, hatto dafn marosimida ham o‘z ayfonlarida berilib matn terayotgan odamlarni ko‘rgan ekan. Afsuski, bu hol jamiyatning tanazzulga yuz tutayotgani, umuminsoniy fazilatlarning zarracha qadri qolmayotganidan dalolat.
2011 yilning 27 yanvar sanasida BMT qoshidagi Xalqaro elektraloqa uyushmasi bosh kotibi Hamadun Ture butun dunyodagi internet foydalanuvchilari soni 2 milliardga yetgani to‘g‘risida xabar bergandi. Sayyoramiz aholisi salkam 7 milliardni tashkil etishini hisobga oladigan bo‘lsak, demak, Yer yuzidagi har uchinchi odam jahon tarmog‘iga murojaat qiladi. Faol internet foydalanuvchilarining 57 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. So‘nggi yillarda MDH hamda arab mamlakatlari aholisi ham internetga ulanish borasida yuqori ko‘rsatkichlarni namoyish qilishmoqda. Jahon aholisining katta va cheksiz axborot manbalaridan erkin foydalana olish imkoniyati ma’naviy xavfsizlik masalasi borasida qator muammolarni yuzaga keltiradi. Ba’zi odamlar yaqin kelajakda kutubxonalar ham muzeylar singari o‘n yilda bir boriladigan maskanga aylanib qolishidan xavotirda. Ehtimol, bunga arzigulik sabablar bor-dir. «Gugl» tizimi hayotimizni ancha qulaylashtirgani bor gap, buni inkor etish niyatimiz yo‘q, u hozirgi tezkor sharoitda axborot topishning eng qulay usuli. Lekin tezkorlik ta’lim sifati va ma’naviy qadriyatlarga ziyon yetkazmasligi kerak.
Foydalanilgan asosiy adabiyotlar



  1. Axborot asrida ta’lim-tarbiya / – Toshkent: Akademnashr, 2012.

  2. Falsafa asoslari. Q.Nazarov tahriri ostida. –T.: 2005.

  3. Falsafa. M. Axmedova tahriri ostida. - T.: 2006

  4. Nazarov Q.N. Bilish falsafasi. T.: Universitet, 2005.

5. Abdulla Sher, Bahodir Husanov AXLOQ FALSAFASI. NAFOSAT FALSAFASI. Toshkent.: -2009 y. .
6. I.Saifnazarov, B.Qosimov, A.Muxtorov, G.Nikitchenko. Fanning falsafiy masalalari . O’quv qo‘llanma. T:. – 2006
Yüklə 39,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin