Maktabgacha ta‘lim muassasasidagi lug‘at ishlarining mohiyati – bu til leksikasi sohasida bolalarning ularga tanish yoki notanish bo‘lgan, ammo ular uchun qiyin hisoblangan so‘zlarning o‘zlashtirishlariga, nutq madaniyatini oshirishga qaratilgan ta‘lim-tarbiya ishlarini bir tizimga keltirishdan iboratdir. Bolalarni ular o‘z amaliyotida qiyinchilik bilan o‘zlashtiradigan, to‘satdan yoki umuman tanimaydigan, buzilgan shaklda talaffuz qiladigan so‘zlar bilan qurollantirish ancha pedagogik sa‘y-harakatlarni talab qiladi. Psixologiya, ling-vistika, fiziologiyaga oid ma‘lumotlar turli yosh bosqichlaridagi bolalar uchun ana shunday so‘zlar doirasini aniqlashga yordam beradi. Bolalar lug‘atini boyitish bir vaqtning o‘zida ularni atrofdagi borliq olam bilan tanishtirish bilan birgalikda olib boriladi. Tarbiyachi bolaga bir so‘zni ma‘lum qilish va uning ma‘nosini ochib berish bilan bir vaqtda uni nomi aytilayotgan narsa yoki hodisaga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi