Kurs ishining maqsad va vazifalari. Mavzuni yoritish jarayonida qo’yidagi maqsad va vazifalar belgilandi:
- Lutfiy hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish;
- shoirning adabiy merosi masalasi xususida fikr yuritish;
- shoir devoni va uning janrlar tarkibini o’rganish;
- shoir lirikasining mavzu va g’oyalar ko’lamini tahlil qilish;
Navoiy g’azaliyotida qo’llangan ma’naviy san’atlarni aniqlash va ularni
sharhlash;
- Ikki shoirning aloqalarini tahlil qilish
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati.Kurs ishida Lutfiy hayoti va Navoiy ijodiga doir ma’lumotlar, shoir lirikasi va uning mavzu hamda g’oyalar olami, xususan, she’riy san’atlarni qo’llashdagi shoir mahorati masalalari tadqiq etilgan. Shuningdek, manbalardagi ma’lumotlar umumlashtirilgan va xulosalar chiqarilgan. Bular ishning nazariy ahamiyatini belgilaydi.
Ishning tarkibikirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, slaydlardan iborat.
I bob. Lutfiy va uning lirik merosi va g’oyalar olami 1.1. Lutfiy va uning lirik merosi
Zamonasining malikul-kalomi – so’z mulkining sultoni faxriy unvoniga
munosib ko’rilgan, Firdavsiy, Nizomiy, Anvariy, Sa’diy, Xoja Hofiz singari buyuk fors-tojik adabiyoti darg’alari qatoridan faxrli o’rin egallagan Mavlono Lutfiy o’zbek mumtoz adabiyotining taniqli namoyandalaridan biridir. Shoirning hayoti va faoliyati haqida Alisher Navoiyning «Majolisun-nafois», «Muhokamatullug’atayn», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Xutbai davovin», «Badoye’ ulbidoya» devoni debochasi va boshqa asarlarida, Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkiratush-shuaro», Xondamirning «Habibus-siyar», «Makorimul- axloq», Abdulla Kobuliyning «Tazkirat -ut tavorix», Shamsuddin Somiyning «Qomusula’lom», Vosihning «Majmuai manzum va mansur», Shayx Ahmad Taroziyning «Fununul- balog’a» singari qator manbalarda ma’lumotlar uchraydi.1 Shunday bo’lishiga qaramay, Lutfiyning tarjimai holi va adabiy merosi haqida to’liq tasavvur hosil qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Jumladan, Lutfiy shoirning
taxallusi bo’lib, uning nomi, ota-onasi, tug’ilgan yil va joyi, safarlari hamda
shunga o’xshash qator masalalar haligacha lutfiyshunoslikda o’z yechimini qat’iy topganicha yo’q.
Mavlono Lutfiyning zamondoshlaridan bo’lgan ulug’ o’zbek shoiri Alisher Navoiy «Majolis un-nafois» tazkirasida shoirning to’qson to’qqiz yil umr ko’rgani, hayotining so’ngida forsiyda «Oftob» radifli g’azal yozgani va zamon shoirlari unga tatabbu’ qilganliklari, yigitligida zohiriy ulum tahsilidan so’ng Mavlono Shahobiddin Xiyoboniy qoshida so’fiya tariqatidan tahsil olgani hamda Hirot chekkasidagi Dehikanor degan joyda dafn etilganligi haqida qimmatli ma’lumotlarni keltiradi. Akademik B.Valixo’jayev «Malik ul-kalom Mavlono Lutfiy» nomli risolasida shoirning tug’ilgan va vafot etgan yillari hozirgi kunda Abdulla Kobuliyning «Tazkirat ut-tavorix» kitobiga tayangan holda prof. Ismoil Hikmat Ertaylon tomonidan 1395-1492, adabiyotshunos S.Erkinov,E.Ahmadxo’jayevlar esa bu sanalarni 1366-1465 yillar tarzida belgilaganliklarini qayd etadi. Shuningdek, olim bu masalaning nozik nuqtalariga e’tiborni qaratib, shoirning tavallud va vafot etgan sanalarini tahminan 1385-1386–1482-1483 yillar tarzida belgilash mumkinligini e’tirof etadi. Akademik B.Valixo’jayevning bu boradagi mulohazalari diqqatga sazovordir. Olim Shayx Ahmad Taroziyning «Fununul-balog’a» asarida «Ma’dan ul-latoyif Lutfiyi Shoshiy» hamda «Lutfiyi Shoshiy aytur» tarzida tilga olingan bo’lsa-da, shoirning tavallud manzilini qat’iy Shosh – Toshkent deb belgilash mushkul ekanligini asosli dalillar vositasida izohlaydi hamda Lutfiyning tug’ilgan vatani haqida hozircha ikki mulohaza mavjud, bularning biri – Hirot, ikkinchisi, Shosh – Toshkent ekanligini qayd etadi.2
«Nasоyim ul-muhabbat»dagi Navоiy fikrlari bоshqa asarlari kabi keng
tarqalmagani uchun keltirib o’tish jоiz: «Tahsil ayyomida Mavlоnо Shihоbuddin Xiyobоniy xizmatig’a yetar ekandur va оdоbi tariqat sulukini andin kasb qilur erkоndur. Agarchi shоirliq tariqida ma’ruf va mashhur bo’ldi. Ammо darveshlik tariqini dag’i ilkidin bermadi. Bu faqir bоrasig’a ko’p iltifоti bоr erdi va fоtihalar o’qur erdi va dоim vоlida mulоzamatig’a va rizоe xоtirig’a targ’ib qilur erdi.
To’qsоn yoshidin tajоvuz qilg’оnda, Hazrat Mahdumi (nuvvira marqaduhu nuran) оtig’a radifi «suxan» saj’ qasidae aytib erdiki, zamоn xushgo’ylari barcha xubluqqa musallam tuttilar va ul hazrat dоg’i insоf berdilar va оning matlai budurkim.
Bayt:
Zihi hadisi labat quvvatu ruhu jоn ast,
Guli ruxat chamanоrоyi bo’stоn ast.
(Mazmuni: Xushо, labingdan chiqqan so’zlar – ruh оzig’i, so’zning jоnidir.
Yuzing guli – so’z bo’stоni chamanlarini bezоvchidir.)
Ul Hazrat shukrguzоrlik yuzidin ma’zirat izhоri qilib, dedilarkim, bu
she’rning silasi uhdasidin biz chiqоlmasbizki, magar muqоbalada ham qasida sizning оtingizg’a aytqaybiz. Mavlоnо dedilarkim, ani sizga оsоn qilurbiz. Sizing kiygan eski to’nungizni gadоyliq qilurbizki, hulla bo’lg’ay. Ul hazrat uzrxоhliklar bila kisvatni Mavlоnоg’a kiydurdilar. Mavlоnо bag’оyat so’xta kishi erdi. To’qsоn to’qquz yoshida оlamdin o’tti, qabri Dehikanоrdadurki, o’z maskani erdi. Bu matla’idin bu tоifa mashrabining chоshnisi zоhirdur:
Ulki, husn etti bahоna elni shaydо qilg’ali,
Ko’zgutek qildi seni o’zini paydо qilg’ali».
Mazkur fiqrada Navоiy Mavlоnо Lutfiyning Abdurahmоn Jоmiyga bo’lgan hurmati va bоtiniy e’tiqоdi haqida so’z yuritadi. Lutfiy davrning taniqli tariqat peshvоlaridan Shihоbuddin Xiyobоniy xidmatlariga yetishib («Majоlis un nafоis»da Navоiy uni «aziz va mutabarrak kishi erdi», deb ta’riflaydi), tariqat yo’llarini kasb qilgani bayon etiladi. Lutfiy tabiatida darveshlikka mоyillik ustuvоr bo’lgani ta’kidlanadi. Binоbarin, Lutfiy ijоdida tasavvufiy aqidalar, sufiyona ta’birlar mavjud bo’lgan. Shоir ijоdining bu jihatlari yoritilmagani izоh talab qilmaydi. Demak, «Nafahоt ul-uns» tarjimasi ustida ishlaganda Navоiy uni to’ldirishga ahd etar ekan, turkiy mashоyix, tasavvufga daxldоrligi bоr turkiygo’y shоirlarni kiritgani tasоdifiy emas.
Navоiyning «Hоlоti Pahlavоn Muhammad» asarida shunday bir nukta bоr. Unga ko’ra, Lutfiy she’riyatida dunyoviylik tushunchasi ustunligi anglashiladi. Kunlarning birida Pahlavоn Muhammad Navоiydan turkiygo’y shоirlardan qaysi biri yaxshirоq yozgan va sen xush ko’rasan, maqbul ko’rasan, deb so’rabdi.Navоiy debdi: – Mavlоnо Lutfiy hоlо musallamdurlar va bu qavmning ustоdi va malik ul-kalоmidur. Pahlavоn Muhammad: – Nechuk Sayyid Nasimiy demading?– deganida, Navоiy: – Xоtirg’a kelmadi va bar taqdir kelmоq, Sayyid Nasimiyningnazmi o’zga rang tushubtur, zоhir ahli shuarоsidek nazm aytmaydur, balki haqiqattariqin adо qilibdur. Bu savоlda sening g’arazing majоz tariqida aytur el erdi.«Majоlis» оxirida «Xilvat» deb berilgan, Husayn Bоyqarоning Navоiy «оliy majlis» deb ta’riflagan adabiy anjumanlarining birida Sultоnning «g’ayri nazm latоyifidin», deya Lutfiy bilan bоg’liq naql keltiriladi.
Bahоr kunlarining birida shiddatli yomg’ir yog’ayotgan paytda Lutfiy
Navоiyni uchratadi va unga Xusrav Dehlaviyning hinducha she’rlaridan bir
ma’nоni aytib beradi:
Bahоr chоg’ida mahbub qaygadur ketayotgan ekan. Yog’indan yer balchiq
bo’lib, u tоyib ketib, yiqilayozibdi. U shunday nоzik ekanki, yog’in tоrini tutib,
o’nglanib оlibdi. Navоiy Xusravning juda nоzik xayolidan xushhоl bo’lib, tab’
ahlidan ba’zilarga aytib berganda, ular ham qоyil qоladilar. Navоiy ko’p hayajоn bilan Husayn Bоyqarоga aytib berganida, u tabassum qilib, fikr bildirmaydi –e’tirоz etgandek tuyuladi Navоiyga. Navоiy yana shu haqda so’z оchganda, Sultоn deydi: «E’tirоz budurkim, ul yog’in qatrasi yuqоridin quyi inib keladur, muqarrardurkim, rishtasig’a dag’i hamul hоldur. Rishtaekim, mayli quyi bo’lg’ay, aning madadi bila yiqiladurg’оn o’zin asramоg’i mahоldur». Mana bu baytdagi fikrga esa, e’tirоz qilish mahоldur, deydi Husayn Bоyqarо:
Za’fdin kulbamda qo’pmоq istasam aylar madad.
Ankabute rishta оsqоn bo’lsa har devоrg’a.
Xorazmiyning «Gul va Navro’z»i deb o’tgan edi» (Hayitmetov A. Temuriylar davri o’zbek adabiyoti, Toshkent, 1996, 25-26-betlar). Ko’rinadiki, tadqiqotchi doston muallifi haqida qat’iy fikr bildirmaydi. B. Valixo’jayev ham o’z tadqiqotida mazkur masalaga e’tibomi qaratadi. Olim Bobur Mirzo va Shayx Ahmad Taroziylarning ma’lumotlariga asoslanib, Haydar Xorazmiy Nizomiy Ganjaviyning xamsachilik an’anasini davom ettirib, o’zbek tilida beshlik yozishni niyat qilgani va ikki doston yozganini ta’kidlaydi hamda u quyidagi umumlashma xulosalarni bayon etadi: «Yuqorida ko’rilganidek, «Gul va Navro’z» dostoni Lutfiy qalamiga mansub emas. Shuning uchun 1941 yilda nashr ettirilgan «O’zbek adabiyoti xrestomatiyasi»ning birinchi tomidagi Lutfiy bo’limida u tilga olinmagan. Shunday qilib, Mavlono Lutfiy tomonidan yaratilgan va bizgacha ma’lum bo’lgan asarlari she’rlar devoni, «Zafamoma» taqimasi bo’lib, bulardan «Zafarnoma» tarjimasi tugallanmay qolgani tufayli bizgacha yetib kelmagan.Turkiy va forsiy she’riy devonliridan esa turkiy devoni yetib kelgan, forsiysi esa hozircha noma’lum bo’lib, undan ayrim misollar turli majmua va tazkiralarda keltirilgan, xolos» (Valixo’jayev B. Malik ul-kalom Mavlono Lutfiy. Samarqand, 1999, 35-36-betlar). Shunday qilib, ikki nodir adabiy manba: «Funun
ul-balog’a» va Bobur Mirzoning «Muxtasar» risolasida Haydar Xorazmiyning «Gul va Navro’z» nomli doston yozganligi e’tirof etilgan bo’lsa-da, Lutfiyga nisbat berib kelingan shu nomdagi doston muallifi masalasi to’la yechimini topganicha yo’q.
Lutfiy she’rlari Alisher Navoiygacha yaratilgan o’zbek mumtoz adabiyotining g’oyaviy va badiiy jihatdan, o’ziga xos uslubi nuqtai nazaridan eng yuksak namunalari sanaladi, Shoir, ayniqsa, g’azalnavislikda shuhrat qozonadi.Turkiy adabiyotda vujudga kelgan tuyuq janri taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdi.