Mavzu Mahmud Qoshg’ariyning “Odob as solihin’’ asarining tarbiy
Koshifiy ijodini oʻz davrining yirik tarixchisi Xondamir “Xulosat ul-axbor” asarida: “Ul janob nujum ilmida ham zoʻr mahoratga ega edi, chunonchi uning taʼbirlari Qazo oʻqi singari bexatar boʻlardi. Uning balogʻatoyotlik hamda fasohatsifatlik kitoblari koʻp va behisob boʻlib, ularning koʻpi oliymaqom amir Alisherning atoqli nomi bilan ziynatlangan. Amir Alisherning inoyati va iltifoti ul janobning hol sahifasiga hamma vaqt tushib turardi…” deb taʼriflaydi. Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” asarining toʻrtinchi majlisida: “Mavlono Husayn Voiz “Koshifiy” taxallus qilur, Savzavorliqdur. Yigirma yilgʻa yaqin borkim, shahrdadur va Mavlono zufunun va rangin va purkor voqe boʻlubtur. On fan boʻlgʻaykim, dahli boʻlmagʻay. Xususan vaʼz, insho va nujumki, aning haqqidur va har qaysida muttayyin va mashhur ishlari bor…” deb yuksak baholagan. Husayn Voiz Koshifiy Hirot madrasalarida talabalarga taʼlim-tarbiya bergan, Xuroson shaharlarida axloq-odobdan vaʼz aytgan. Koshifiy oʻz asarlarida ijtimoiy-axloqiy hayot, maʼnaviyat masalalariga katta oʻrin ajratadi, siyosat, davlatni boshqarish, shoh bilan fuqarolar oʻrtasidagi munosabat, jamoani idora etish, yetuk insonni tarbiyalash muammolari uning ijodida katta oʻrin egallaydi.