egallaydi.Ularda insonparvarlik, xalqparvarlik, yuqori maʼnaviyatga ega boʻlish, madaniy yuksalish gʻoyalarini ilgari suradi. Uning “Axloqi Muhsiniy”, “Risolai Hotamiya”, “Anvori Sixayliy”, “Axloqi Karim”, “Javohirnoma”, “Lubbo ul-maʼnaviy fi-intixobi masnaʼviy”, “Iskandar oynasi”, “Tafsiri Husayniy”, “Futuv-vatnomai Sultoniy” kabi asarlari shular jumlasidandir. Bu asarlardan Xuroson mamlakatida, Hirotda va boshqa shaharlardagi madrasalarda talabalar uchun darslik sifatida foydalanilgan. Mutafakkir bu asarlarida oʻzining hayotdan olgan soboqlari, tajribalari asosida xalqchillik, insonparvarlik, ijtimoiy hayot, adolat, halollik, sofdillik, poklik, toʻgʻrilik, rostgoʻylik haqidagi fikrlarini oʻqimishli, qiziqarli hikoyatlar, rivoyatlar yordamida bayon etadi. Bu asarlar Koshifiy tili bilan aytganda “Hikmati amaliy” asosida yozilganligidan bugungi kunda ham juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Husayn Voiz Koshifiy insonni dunyodagi eng yuksak olijanob mavjudot deb biladi. Odam nomi yaxshilik bilan eslash tufayli boqiydir, Hayotlik ayyomining hosili yaxshi nom orttirishdir, – deydi.

Dostları ilə paylaş: |