Mavzu Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining tahlili Rej-fayllar.org
Sotish hajmiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili. Mahsulot sotish tahlili har oy, chorak, yarim yil va yil uchun o’tkaziladi. Bu jarayonda uning haqiqatdagi ma’lumotlari rejaviy, oldingi davrlar bilan taqqoslanadi, rejaning bajarilish foizi, rejadan mutlaq og’ish, tahlil davridagi o’sish sur’ati va ko’payish, ko’payishning bir foizi uchun mutlaq qiymat hisoblanadi.
Baholash jarayonida farq kuzatilgan assortiment pozitsiyalarini ajratish zarur:
– haqiqatda ishlab chiqarish hajmining reja bilan farqi, shu sababli mahsulot sotish hajmi bo’yicha shartnoma majburiyatlari bajarilmagan;
– haqiqatda ishlab chiqarish hajmining rejalangan sotish hajmi bilan farqi, shu sababga ko’ra korxonada sotilmagan mahsulotlarning me’yoridan ortiqcha zaxiralari to’planib qolgan.
Analitik ishlarni amalga oshirish jarayonida ushbu vaziyatlarning tashkilot uchun oqibatlari baholanadi. Birinchi holatda – bu shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarima sanktsiyalari, ikkinchisida – mavjud me’yoridan ortiqcha zaxiralar bilan bog’liq xarajatlarning yuzaga kelishi: ombor xarajatlari, mulk solig’i oshishi, aylanma mablag’lar aylanuvchanligi sekinlashuvi, kapitalning zaxiralarda qotib qolishi va boshqalar.
Quyida ishlab chiqarish hajmi ko’rsatkichlari, ombordagi mahsulot qoldiqlarini sotish va dinamikasining qiyosiy tahlili tovar balansi doirasida amalga oshiriladi.
2-rasm. Mahsulot sotish hajmining omilli tahlili sxemasi
Mahsulot sotish tahlilining ikki variantini qo’llash mumkin. Agar tashkilot tushumi tovar mahsulotlar jo’natilishi bilan aniqlansa, u holda tovar mahsulotlar balansi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
On + T = R + Ok ,
Bundan: R = On + T – Ok
Agar tushum jo’natilgan mahsulot to’lovi amalga oshirilgandan so’ng aniqlansa, u holda tovar balansini quyidagicha yozish mumkin:
On + T + OTn = Z + OTk + Ok ,
R = On + T + OTn – Otk – Ok ,
Bu erda On , Ok – davr boshi va oxiri uchun omborlardagi tayyor mahsulot qoldig’i;
T – tovar mahsulotlar ishlab chiqarish;
R –hisobot davrida mahsulot sotish hajmi;
OTn, OTk – davr boshi va oxiri uchun xaridorlar tomonidan to’lanmagan jo’natilgan mahsulot qoldig’i.
Mazkur omillarning mahsulot sotish hajmiga ta’sirini hisoblash omilli ko’rsatkichlarning haqiqatdagi darajasini rejaviy bilan taqqoslash va ularning har biri uchun mutlaq hamda nisbiy o’sishlarni hisoblab chiqarish yo’li bilan amalga oshiriladi.