Mavzu: Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining tahlili Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 110,09 Kb.
səhifə15/16
tarix22.12.2023
ölçüsü110,09 Kb.
#189737
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Mavzu Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining tahlili Rej-fayllar.org

Bilvosita ko’rsatkichlar – bular sifatsiz mahsulotlar uchun jarimalar, yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlarning hajmi va ulushi, reklama qilingan mahsulotlar ulushi, yaroqsizga chiqarishdan yo’qotishlar va boshqalar.
Mahsulot sifatini tahlil qilish asosida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
– mahsulotlarning texnik darajasi baholanadi;
– bazaviy va nazariy mumkin bo’lgan darajaga nisbatan alohida mahsulotlar bo’yicha ushbu darajaning og’ishi aniqlanadi;
– tayyorlash va etkazib berish sifatini tavsiflovchi parametrlar bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish tarkibi tahlil qilinadi;
– mahsulotlar texnik darajasini sekinlashtiruvchi omillar aniqlanadi;
– mahsulot sifatini oshirish, yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarish va yo’qotishlarni qisqartirish imkoniyatlari asoslanadi.
Mahsulot sifatini tahlil qilish uchun foydalaniladigan axborot tahlil qilinayotgan ob’ektning deyarli barcha jihatlarini qamrab oladi (konstruktsiyalar haqida ma’lumotlar, mehnat vositalari va predmetlarida qo’llaniladigan texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish va sotish natijalari, reklama haqida ma’lumotlar va boshqalar)
Axborot manbalari sifatida sinov hujjatlari, fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarning laboratoriya nazorati ma’lumotlari, texnik nazorat bo’limi (TNB) ma’lumotlari va boshqalar xizmat qiladi.
Mahsulot sifati bo’yicha rejaning bajarilishini umumlashtirma baholash uchun turli usullar, jumladan ball usuli qo’llaniladi. Baholashning ball usuli mohiyati shundan iboratki, mahsulot sifatining o’rtacha tortilgan bali aniqlanadi hamda uning haqiqatdagi va rejadagi darajasini taqqoslash yo’li bilan sifat bo’yicha reja bajarilishining foizi topiladi.
Sifat nav bilan tavsiflanadigan mahsulotlar bo’yicha har bir navning umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi, o’rtacha navlilik koeffitsienti, taqqoslama shartlarda mahsulotning o’rtacha tortilgan narxi hisoblanadi. Birinchi ko’rsatkich bo’yicha reja bajarilishini baholashda mahsulotning umumiy hajmida har bir navning haqiqatdagi ulushi rejadagi bilan, sifat dinamikasini o’rganish uchun esa – o’tgan davrlar ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
O’rtacha navlilik koeffitsienti barcha navdagi mahsulotlar qiymatining yuqori nav bahosi bo’yicha qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.

Yüklə 110,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin