Mavzu: mahsulot tannarxi va uni hisoblashning buyurtmali usuli


Shartnoma boʻyicha xarajatlar kalkulyatsiyasi



Yüklə 45,23 Kb.
səhifə2/6
tarix15.04.2023
ölçüsü45,23 Kb.
#98480
1   2   3   4   5   6
Buyurmali usul

Shartnoma boʻyicha xarajatlar kalkulyatsiyasi – bu ancha koʻp vaqtni talab qiladigan katta miqdordagi mahsulotlar birligini ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan buyurtmali tannarx hisoblash usuli. Bunga ishlarni bajarish muddatlari bir necha oylarni hatto bir necha yillarni tashkil qiluvchi yirik shartnomalarni bajaruvchi qurilish tashkilotlari, mashinasozlik va kemasozlik korxonalari misol qilish mumkin. Bu holatlarda, koʻpincha, ishlar ishlab chiqarish bino(inshoot)larida emas, qurilish obyekti joylashgan joylarda amalga oshiriladi.


Aniq va normal kalkulyatsiya
Aniq kalkulyatsiyada (Actual costing) haqiqiy xarajatlardan foylalaniladi: toʻgʻri moddiy xarajatlari, toʻgʻri ish haqi xarajatalari va ishlab chiqarish ustama xarajatlari.
Normal kalkulyatsiyada (Normal costing) toʻgʻri moddiy va ish haqi xarajatlari haqiqatda sarflangan miqdor boʻyicha, ishlab chiqarish ustama xarajatlari esa haqiqiy miqdordagi kriteriyaga koʻpaytirilgan ustama xarajatlarni taqsimlashning reja stavkasi asosida buyurtmaga olib boriladi.
Buyurtmaning tannarxini hisoblash
Buyurtma tannarx hisoblash usulining asosiy elementi Buyurtmaning kalkulyatsiya kartochkasi hisoblanadi. Har bir buyurtma uchun quyidagilar hisobga oinadigan alohida kartochkalar ochiladi:

  • buyurtmani bajarish uchun maxsus olingan materiallar (qabul qilish-topshirish dalolatnomalari yoki mol yetkazib beruvchilarning schet-fakturalari asosida);

  • ombordan olingan materiallar (ombordan materiallar olish uchun buyurtmalar asosida);

  • ishlab chiqarish ishchilarining ish haqi xarajatlari (buyurtmani bajarish uchun sarflangan ish vaqtini hisobga oluvchi tabel asosida);

  • toʻgʻri xarajatlar (schet-fakturalar va b asoisda).

Buyurtma bajarib boʻlingan kalkulyatsiya kartochkasidagi toʻgʻri xarajatlar umumiy summasi hisoblanadi, shundan soʻng qabul qilingan usullardan biri boʻyicha ustama xarajatlari hisoblanadi va buyurtma tannarxiga olib boriladi. Agar hisobot davri oxirida buyurtma tugallanmagan boʻlsa, kalkulyatsiya kartochkasidagi umumiy suma tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini bildiradi. Buyurtma tannarxni dastlabki hisob-kitoblar bilan taqqoslash mumkin va bu reja tannarx bilan haqiqiy tannarx oʻrtasidagi farqni tahlil qilish imkonini beradi. Agarda mahsulot bir necha qismlardan iborat boʻlsa, barcha xarajat komponentlari hisobga olinganligini tekshirish maqsadga muvofiq.



Yüklə 45,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin