Ortiqchasini o’chirish metodikasi.
Ortiqchasini o’chirish metodikasi umumlashtirish va muhim belgini ajratish kabi tafakkur jarayonlari darajasini o’rganish uchun qo’llaniladi. Bu metodikani ham ikki turi bor. Predmetli va sur’atli.
Metodikaning predmedli turida kuzatuvchi material alohida qog`ozlarda berilishi shart. Xar bir qog`ozda 4 ta predmet tasvirlangan. Rasmlar oq – qora yoki rangli bo`lishi kerak Sinaluvchi 4 ta predmetdan, umumiy belgi bo`yicha birlashuvga uchtasini tiklashi kerak. Odatda sinaluvchiga quyidagicha ko`rsatilib beriladi.
«Bu rasmlarga diqqat bilan qarang. Bu yerda 4 ta predmet tasvirlangan. Siz uchta predmetni birlashtirib turadigan umumiy narsani topib, unga nom berishingiz kerak».
Tadqiqotga birinchi topshiriqni sinaluvchi bilan bajarish, keyin sinaluvchilar mustaqil ishga kirishadi. Bu metodikadan bolalarni va kattalarni tekshirish, ularning tafakkur jarayonlarini tekshirish maksadida foydalanish mumkin. Metodikaning og`zaki varianti 11 -12 yoshli bolalar uchun qo`llash mumkin. Tajriba o`tkazish uchun so`zlar qatori kerak bo`ladi, ya’ni so`zlar qatori yozilgan maxsus qog`oz varag`i kerak bo`ladi.
Sinaluvchiga ko`rsatma: Xar bir qatorda beshta so`z bor, to`rtta so`zni bir guruhga kiritib, bu guruhga nom bering, bir so`z ortiqcha bo`lib, uni o`chirish kerak.
Quyidagi so`zlar qatorini keltirib o`tamiz.
Stol, stul, krovat, pol, shkaf.
endi bu yerdagi so`zlar guruhiga umumiy nom beramiz. Stol, stul, krovat, shkaf – bu mebel guruhiga kiradi. «Pol» so`zi esa bu guruh uchun begona hisoblanadi va o`chirish lozim.
Sut, qaymoq, qatiq, so`zima, go`sht.
Sut, qaymoq, qatiq va so`zima sut mahsulotlari hisoblanadi va ushbu guruhga kiradi, bu guruh uchun begona so`z go`sht hisoblanadi va so`zlar qatoridan o`chiriladi.
Botinka, etik, bog`ich, tufli , tapochka.
Botinka,etik, tufli, tapochka oyok kiyimlar hisoblanadi, bu guruh uchun begona so`z «bog`ich».
bolta, arra, bolg`a, mix, randa.
Bolta, arra, bolg`a, randa uchun umumlashtiruvchi so`z duradgorlik asboblari. Bu guruh uchun ortiqcha so`z mix hisoblanadi.
Shirin, issiq, achchiq, nordon, sho`r.
Bu guruhdagi shirin, achchiq, nordon, sho`r so`zlari uchun umumlashtiruvchi nom – ma`za ,ta`m
Bu guruh uchun begona so`z «issiq» so`zi hisoblanadi va o`chiriladi.
Terak, tol, daraxt, archa, shaftoli.
Bu guruh uchun umumiy nom – daraxtlar, daraxt so`zi esa umumiylikni bildiradi, mavhum bo`lganligi uchun ham o`chiriladi.
Samolyot, arava, odam, kema, velosiped.
Samalyot, arava, kema, velosiped so`zlari bitta guruhga kirib, bu guruh – transportlar deb nomlanadi. «Odam» so`zi esa bu guruh uchun ortiqcha so`z hisoblanadi.
Abror, Murod, Aziz, Asqarov, Nabi.
Abror, Murod, Aziz va Nabi bu ismlar. Bu yerda ortikcha so`z Asqarov bo`lib, u familiya hisoblanadi. Shuning uchun bu yerdan «Asqarov»so`zi o`chiriladi.
Santimetr, metr, kilogramm, kilometr, millimetr.
Santimetr, metr, kilometr, millimetr – uzunlik o`lchovlari. Bu yerda begona so`z kilogramm bo`lib – u og`irlik o`lchov birligidir.
Tokar, o`qituvchi, vrach, kitob, kosmonavt.
Tokar, o`qituvchi, vrach, kosmonavt so`zlari bitta umumiy guruhga kirib, kasbni bildiradi. Kitob so`zi esa bu qatordan o`chiriladi, chunki kitob predmetni bildiradi.
Palto, plash, ko`ylak, shim, tugma.
Palto, plash, ko`ylak, shim, so`zlari kiyim-kechak guruhiga kiradi. Bu yerda
«tugma so`zi» o`chiriladi, chunki tugma kiyim boshlarning faqat tarkibiy qismini bilishi mumkin.
Uy, orzu, mashina, sigir, daraxt.
Ushbu guruhdagi uy, mashina, sigir, daraxt predmetlarni bildiradi, «orzu» so`zi esa o`chiriladi.
To`g`ri va noto`g`ri javoblar bilan birga sinaluvchi qo`llanmani qanday tushunganligini, eksperementlar o`z xatolarini to`g`irlaganida ularni qay darajada anglaganligi va to`g`ri tushunganligi haqida ham qayd etib borish lozim. Sinaluvchining topshiriqni yechishda o`z usulini tushuntirishga xam e’tibor berish kerak.
Ushbu metodika bo`yicha sinaluvchilarning tafakkur jarayonlari darajasini baholashda quyidagi mezonga asoslanadi. Berilgan 12 ta topshiriq uchun umumiy ball qilib 100 ballik mezon olindi. Har bir to`g`ri javob uchun 8,3 ball deb belgilangan.
100 - ball to`plagan sinaluvchilarda tafakkur jarayonlari darajasi yuqori.
– ball to`plagan sinaluvchilarda tafakkur jarayonlari darajasi o`rta.
– ball to`plagan sinaluvchilada tafakkur jarayonlari darajasi past hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |