Mavzu: maktab psixologining o’zlashtira olmayotgan bolalar bilan faoliyati reja: kirish I bob. Maktab psixologining o'zlashtira olmayotgan bolalar bilan ıshlash



Yüklə 189,57 Kb.
səhifə1/14
tarix24.12.2023
ölçüsü189,57 Kb.
#192869
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Mavzu maktab psixologining o’zlashtira olmayotgan bolalar bilan




MAVZU: MAKTAB PSIXOLOGINING O’ZLASHTIRA OLMAYOTGAN BOLALAR BILAN FAOLIYATI
REJA:
KIRISH
I BOB. Maktab psixologining o'zlashtira olmayotgan bolalar bilan ıshlash

    1. O’zlashtirmovchi o’quvchilar muammosining pedagogika va psixologiyada o’rganilishi

    2. O’zlashtirmovchilikni vujudga keltiruvchi omillar haqida

    3. Boshlang’ich sinflarda o’zlashtirmovchilikning oldini olishga yo’naltirilgan tadbirlar

II.BOB.Boshlang’ıch sınflarda o’zlashtırmovchılıknı yuzaga keltıruvchı omıllar

    1. . O’zlashtirmovchilikni vujudga keltiruvchi omillarni eksperimental o’rganish

    2. “Ortiqchasini o’chirish”, “Muhim belgini ajratish” metodikalaridan foydalanish orqali o’zlashtirmaslik sabablarini aniqlash

    3. Tajriba va natijalar tahlili

Xulosa va tavsıyalar
Foydalanılgan adabıyotlar ro’yxatı


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda ta`lim va tarbiya borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyati bilimdon, aqlan rivojlangan , ongli, zamonaviy dunyoqarashga ega, jismonan sog`lom, axloqan pok, erkin, ijodkor , komil insonni shakllantirishdan iborat. Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalsh, farzandlarimizni ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarish, ularni XXI asr talablariga to'liq javob beradigan shaxslar qilib voyaga yetkazish barchamizning ezgu vazifamiz.
Har tomonlama yetuk, sog`lom, mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalashda boshlang`ich sinflarda beriladigan ta`lim va tarbiyaning roli beqiyosdir, chunki o`quvchi oladigan bilimlari, ko`nikma va malakalariga asos xuddi shu boshlang`ich sinflarda qo`yiladi. Bu haqda yurtboshimiz I.A.Karimov 1997-yilda bo`lib o`tgan Oliy Majlisning IX sessiyasida so`zlagan nutqlarida quyidagilarni ta`kidlagan edilar: “Eski ta`lim tiziminig eng yomon qusuri boshlang`ich ta`limga ikkinchi darajali ish deb qaratyotganligimizdadir . Ochiq aytishimiz kerak, bilimi sayoz o`qituvchilar ham boshlang`ich sinfga dars beraveradi…
Vaholanki, bolaning dunyoqarashi va salohiyati shakllanadigan boshlang`ich sinflarga eng yetuk , eng tajribali murabbiylar biriktirib qo`yilishini oddiy mantiqini o`zi talab etadi. ”
Baxtga qarshi har bir sinfda 3-4 ta bo`lsada, o`zlashtirmoqchi o`quvchilar mavjud. Bunday o`quvchilarning bilish jarayonlari orqaga qolibgina qolmay, bevosita sinfdoshlarining ham o`zlashtirishlariga, bilim asoslarini egallashlariga ma`lum darajada salbiy ta`sir ko`rsatadi. Xuddi shu sababli, boshlang`ich sinflardagi o`zlashtiruvchi o`quvchilarning psixologik xususiyatlarini o`rganishi va uni korreksiya qilish dolzarb masala hisoblanadi.
Bugungi kunga kelib, ta’lim sohasida o’zlashtirish xususida keng fikrlar bayon etilmoqda. O’zlashtirish tushunchasi o’z mohiyatiga ko’ra kompleks muammo bo’lib, u jamiyatning iqtisodiy siyosiy, ma’rifiy, madaniy tarbiyalanganligi, maktab o’qituvchilarining zamonaviy o’qitish vositalari, usullari, tamoyillari

bo’yicha atroflicha bilimga ega ekanliklari, yoshlarning o’qish-o’rganishga ishtiyoqmandligi bilan uzviy bog’liq hodisadir. Mustaqil mamlakatimizning erkin fuqarolari tilimiz va tariximizning inson hayotidagi ahamiyatini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarini har qachongidan aniqroq, to’laroq his qila boshlashdi. Maktab hayotida tub o’zgarishlar yuz berdi, o’qituvchilar faoliyati sifat jihatdan yangilanish bosqichini o’z boshidan kechirmoqda.



Yüklə 189,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin