Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari. Reja


I. “Jismoniyrivojlanishvasog'lomturmushtarzi­ningshakllanishi



Yüklə 410,7 Kb.
səhifə37/50
tarix20.10.2023
ölçüsü410,7 Kb.
#158214
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50
Mavzu Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha p-fayllar.org

I. “Jismoniyrivojlanishvasog'lomturmushtarzi­ningshakllanishisohasiquyidagikichiksohachalargabo'linadi:
  • Yirik motorikani rivojlantirish;


  • Mayda motorikani rivojlantirish;


  • Sensomotorikani rivojlantirish;


  • Sog'lom turmush tarzi va xavfsizlik.




Yirik motorikani rivojlantirish - bunda bola yurish (tez va sekin), yugurish (tez, sekin va ilon bo'lib), sakrash (uzunlikka va balandlikka), zina bo'ylab yuqoriga yurish (yurish, yu­gurish, sakrash) vaqtida o'zining tana a'zolarini boshqarishni o'rganadi.


  • Mayda motorikani rivojlantirish - bunda bola biror bir faoliyatni yanada aniqroq bajarish (ushlash, olish, yopish, qir-qish, bo'lish) uchun o'z qo'llari va barmoqlarini ishlatish va ulardan foydalanish malakasiga ega bo'ladi.


  • Sensomotorikani rivojlantirish - bunda bola o'z hara-katlarini boshqarish uchun sezgi organlaridan (ko'rish, eshitish, qo'l bilan his qilish, hid bilish) foydalanadi.


Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilayotgan talablar
JISMONIY RIVOJLANISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANISHI
Kichik soha: Yirik motorika
Talab: Bola o‘z tana a’zolarini boshqaradi, maqsadli to‘g‘ri harakatlanadi
3-4yosh turli usullar bilan yuradi (to‘g‘ri, erkin, ko‘rsatilgan yo‘nalishda) ;kolonna, doira bo‘lib saflana oladi;muvozanatni saqlab yuguradi; sport zinasida yuqori va pastga harakatlanadi; bir joyda ikki oyoqlab sakraydi;
oldinga siljib sakraydi ;
aylana yoyi tagidan emaklab o‘tadi; badantarbiya vaqtida mashqlarni takrorlaydi;
uch oyoqli velosipedda uchadi.4-5 yosh oyoq uchida, tovonida, oyoq kaftlarining yon tomoni bilan va tizzalarini yuqori ko‘tarib yuradi; arqon ustida muvozanat saqlab yuradi; tizzalarini yuqori ko‘tarib yuguradi; past to‘siqlar ustidan sakrab o‘tadi;
arqonda sakrashga harakat qiladi; gimnastika skameykasi ustida qo‘li bilan tortilib qornida suriladi;gimnastika narvonida harakatlanadi; samokatda uchadi.5-6 yosh oyoqlarini uchidan tovoniga almashtirib yuradi;to‘siqlarni aylanib yoki xatlab o‘tadi;
gimnastika skameykasida muvozanatni saqlagan xolda, qadamba qadam yuradi;
qiya doska ustida to‘g‘ri va yoni bilan yuradi; yugurishning har xil turlarini bajaradi (ilonizi, zigzag, mokisimon, to‘siqlarni engib o‘tib) ;turli usullar bilan sakraydi;
bir necha predmet oralab emaklaydi; qornida yotib, qo‘llari bilan tortilib emaklaydi;
gimnastika narvoniga o‘rmalab chiqadi.6-7yoshbir, ikki, to‘rtta bo‘lib saflanadi, doira bo‘lib, qator bo‘lib yuradi; yurishda turli topshiriqlarni bajaradi;
engil yuguradi (shiddat bilan, to‘siqlarni engib o‘tib, yo‘nalish va muvozanatni saqlagan holda) ;bir joyda aylanib sakraydi, oyoqlarini o‘ngga va chapga almashtirib sakraydi; arqonda turli usullarda sakraydi; arqonli narvon, yo‘g‘on arqonda yuqoriga ko‘tariladi; ikki oyoqli velosipedda uchadi.

Yüklə 410,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin