Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari. Reja



Yüklə 410,7 Kb.
səhifə1/50
tarix20.10.2023
ölçüsü410,7 Kb.
#158214
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Mavzu Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha p-fayllar.org


Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari. Reja

Mavzu:Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari.
REJA:
1. Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari.
2. Maktabgacha pedagogika fani haqida umumiy tushuncha.
3. Maktabgaca pedagogika fanining predmeti va vazifalri.


Tayanch so’zlar:maktabgacha pedagogika, predmeti, maqsadi, vazifalari, maktabgacha pedagogikaning nazariyasi, maktabgacha pedagogika amaliyoti, bilish jarayonlari.
Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo'lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o'rgatish, ularni komillikka yetaklash yo'llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab bo'lgan. Insonni ma’rifatli va ma'naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi.
Pedagogika-yunoncha so'z bo'lib, «bola yetaklovchi» - ma'nosini bildiradi. Insonlarni ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatlarni o'zgartirib borishi natijasida pedagogi­ka fani xalq orasida o'z mavqeyiga ega bo'ldi. Shu tariqa insonnni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o'rin egallagan. Uning bosh masalasi tarbiyadir. Bundan uch ming yillar ilgari Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ta’lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgani holda, uning ibodatxonalari qoshida maktablar tashkil etilib, kohinlar tomonidan bolalarning ta’lim-tarbiya tizimi ishlab chiqilgan. Bu ta'lim-tarbiya tizimi quyidagi tartibda amalga oshirilgan: diniy va axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, o'qish va yozishga o'rgatish.
Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida e’tibor qaratganlar. Imom al-Buxoriy, Iso at Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Az-Zamaxshariy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy singari ulug' olimu adiblar, fozilu-fuzalolar ta’lim-tarbiya borasida ko'p asarlar bitganlar. Sharq pedagogikasining asoschilari Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asari, Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub»i, Kaykovusning «Qobusnoma»si kabi asarlar bunga dalildir.
Mazkur ta’limiy asarlarda inson shaxsini ma’naviy kamolgayetkazish yuksakxulq-odob, ilm-fanni egallash asosidagina amalga oshirish mumkin, degan g'oya ilgari surilgan. Haqiqiy bilimga asoslangan ta’limiy uslub shakllanadi, natijada ta’lim-tarbiya olimlar diqqat markazida bo'ldi.
Farobiy ta’lim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida inson takomilida ta'lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta'lim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritilgan. «Fozil odamlar shahri», «Baxt-saodatga erishuv to'g'risida», «Ilmlarning kelib chiqishi» kabi maorifiy asarlar­ida olimning tarbiyaviy qarashlari o'z ifodasini topgan.
Abu Rayhon Beruniyning bilimlarni egallash yo'llari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O'quvchiga bilim berishda ularni zeriktirmaslik, uzviylik, izchillik va hoka-zolarni e'tiborga olish kerakligini uqtiradi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi zamon pedagogikasida e’tirof etiluvchi irsiyat, muhit va tarbiyadir.
Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishining birinchi mezoni sanalgan bilim egallashga da'vat etadi. Bilimsiz kishilar johil bo'ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk bo'lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni yengildan og'irga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo'lishi, bilim berishda bolaning qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olish, o'qitishni jismoniy mashqlar bilan olib borish kerakligini uqtiradi.
Pedagogik fikr rivojlanishida rus pedagogi K.D.Ushinskiyning pedogogik, nazariy qarashlari «Inson tarbiya predmeti sifatida» degan mukammal asarida bayon qilib berilgan. «Ona tili», «Bolalar dunyosi» kitoblari barchaga yaxshi ma’lum bo'lib, u ta’limning ko'rgazmaliligi, ongli va uzviy olib borish masalalarini ishlab chiqdi.
Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi tarmog'i shakllanib bormoqda. Misol tariqasida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari, qisqa muddatli maktabga­cha ta'lim muassasalari, bolalarga xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligini o'rgatuvchi guruhlar soni kundan-kunga ko'payib bormoqda. Bularning hammasi maktabgacha yoshdagi farzandlarimizni aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan rivojlangan bir so’z bilan aytganda komil inson bo’lib voyaga yetishi uchun shart- sharoit yaratmoqda.
Umuman olganda pedagogika ko‘p jihatli omil hisoblanib, u madaniyat va xalq kultivatsion protsesslarni rivojlantirishga qaratilgan. Bu nuqtayi nazardan pedagogika uchta komponentlardan iborat: 1) o‘quv rejasi va o‘qitilayotgan mavzuni o‘zida saqlash; 2) metodologiya yoki boshqa bir o‘quv usuli; 3) omma ichida o‘zini tutishi va muloqot qilish funksiyalari, muloqot qilish usullari.
2018-yil takomillashtirilgan davlat talablari qabul qilindi. Davlat talablari tug'ilgandan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo'lingan. Har bir rivojlanish sohasi o'z o'rnida kichik sohalarga bo'lingan bo'lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan va kutilayotgan rivoj­lanish ko'rsatkichlaridan iborat. Bunda quyidagi yo'nalishlar asos qilib olindi:
-jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi;
-ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
-nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari:
-bilish jarayonining rivojlanishi;
-ijodiy rivojlanish.
"Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining o'quv Dav­lat dasturi 2018-yil yaratildi.Maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dastu­ri O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriyhuquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o'quv tarbiyaviy faoliyatining asosiy g'oyalari ifodalangan. Bolani ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi ijtimoiy tarbiya tajribasini sinchkovlik bilan o'rgandi. Bu esa maktab­gacha ta’lim muassasalari ishini takomillashtirishga yordam beradi.

Quyidagi sxemada maktabgacha pedagogikaning predmeti ko'rsatibo'tilgan




Yüklə 410,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin