Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari. Reja



Yüklə 410,7 Kb.
səhifə9/50
tarix20.10.2023
ölçüsü410,7 Kb.
#158214
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
Mavzu Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha p-fayllar.org

MAKTABGACHA TA'LIM DIDAKTIKASI
Maktabgacha yosh davrining inson kamolotining keyingi rivojlanishidagi, bolani maktab ta’limiga tayyorlashdagi alohi­da roli maktabgacha ta’limning maqsadini belgilash, maktab­gacha yoshdagi bolalarni o'qitish metodlari va tashkiliy shakllarini o'ziga xos mazmunini ishlab chiqishni, bolalarni har to­monlama kamolga yetkazishga o'qitishning rolini tadqiq qilish zarurligini shart qilib qo'ydi. Bu esa maktabgacha ta’lim didaktikasi sohasining yaratilishiga olib keldi. Maktabgacha ta’lim didaktikasi bu umumiy didaktikaning sohasidir.
Maktabgacha ta'lim didaktikasimaktabgacha yoshdagi bolalar ta’limi va o'qitish nazariyasi hisoblanib, uning maqsa­dini belgilaydi, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonla­ma rivojlantirish va ularni maktabdagi o'qishga tayyorlashni ta'minlovchi ta'limning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ishlab chiqadi. Maktabgacha ta’lim didaktikasining asoschilari Y.A.Komenskiy va K.D.Ushinskiy tadqiqotlarida yoritilgan. Y.A.Komenskiyning "Onalar maktabi” nomli asarida maktabgacha ta'limning maqsadiatrof muhit haqidagi oddiy bilimlarni o'zlashtirish, axloqiy odatlarni rivojlantirish va bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash ekanligini ta'kidlab, bolalarga beriladigan bilimlarning ilk dasturini belgilab berdi. Olim rejani tarbiya va ta'limning boshlanishi maktabgacha yoshdadir, degan g'oyani ilgari surgan edi. K.D.Ushinskiy mak­tabgacha ta'limning vazifasi aqliy salohiyat va nutq qobiliyatini rivojlantirishdan, ularni maktabga tayyorlashdan iboratdir deb ta'kidlaydi. Bunda u ko'rgazmalilikka, mashg'ulotlarning qiziqarliligiga tayanish zarurligini uqtiradi.
Y.A.Komenskiy va K.D.Ushinskiyning qimmatli merosi o'tmish pedagoglari tomonidan maktab didaktikasini ishlab chiqishda foydalaniladi. O'tmish pedagoglari maktabgacha yoshdagi bolalarning bilim olish huquqinihayotni anglashga, dunyoqarashni kengaytirishga, bilim, ko'nikma va malakalar huquqini kafolatlash lozim deb ta’kidlaydilar. Ular bilimlarning aqliy rivojlanishi va nutqning o'sishida, o'yin va tasviriy faoliyatlarni rivojlantirishda, atrofdagi voqelikka munosabatning shakllanishida muhim rol o'ynashini ko'rsatib o'tdilar.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari dasturiga kiritilishi zarur bo'lgan bilimlar doirasini belgilab berdilar. Bulartabiat, jamiyat, kishilar mehnati, buyumlar va materiallar haqidagi bilimlardir. Ularning ta'kidlashicha, bilimlar dasturini barcha bolalar o'zlashtirib olishlari lozim va buning uchun bolalar imkoniyatlarini, ularni o'qitish metodlarini o'rganish, o'yin va mashg'ulotlarni ular bilan aloqadorlikda qo'llash lozimdir. Bu g'oyalar maktabgacha ta'lim didaktikasidagi tad' qiqotlar yo'nalishini belgilab berdi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o'stirish nazariyasini E.I.Tixeeva ilmiy jihatdan asoslab berdi. U buyum­lar, kishilar mehnati, tabiat hodisalari haqidagi bilimlar mazmunini kichik va katta maktabgacha yoshdagi bolalar yoshini hisobga olgan holda belgilab, atrofmuhit haqidagi bilimlar bola lug'ati boyligini o'stirishdagi o'rnini, bolalar tasavvurlarini shakllantirishga va qiziqarli mashg'ulotlar turlarini, ular­ni o'tkazish metodlarini ishlab chiqdi. Y.l.Tixeeva ta'limning ko'rgazmali bo'lishini, bolalar faoliyatiga tayanish zaruriyatini, uni o'yin bilan bog'liqligini isbotladi, o'qitish muayyan bi­limlar doirasi va nutq ko'nikmalarining tarbiyachi tomonidan berilishi va uni bolalar tomonidan o'zlashtirilishidan iborat faoliyat sifatida ifodalab berdi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga matematik bilim­lar berishning mazmuni va metodikasi. (A.M.Leushina), ona tili o'qitish va nutq o'stirish metodikasi (E.I.Tixeeva, A.M.Leushina, L.A.Penevskaya, Y.I.Radina va boshqalar), mak­tabgacha tabiatshunoslik metodikasi (N.N.Bistrov, E.I.Zalkind, P.G.Samorukova va boshqalar), tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasi (E.A.Flerina, N.P.Sakulina va boshqalar), musiqa tarbiyasi metodikasi (N.A.Metlov, N.A.Vetlugina va boshqalar), jismoniy tarbiya metodikasi (A.I.Bikova, M.Y.Kistakovskaya va boshqalar) ni ishlab chiqdilar.
Maktabgacha ta’lim didaktikasi muammolarini nazariy va amaliy tarzda ishlab chiqish maktabgacha ta’lim-tarbiya dasturida "Mashg'ulotlarda ta'lim berish” degan bo'lim ochish imkonini yaratdi.
Didaktika pedagogik fan sohasi sifatida o'qitishning mohiya­tini yorituvchi kategoriyalar va tushunchalar bilan ifodalanadi.
Maktabgacha pedagogikaning asosiy kategoriyalari: ta’lim, bilim (bilim, bilim olish), ko'nikma, malaka, ma'lumot, tarbiya, rivojlanish va shakllanishdir.
Kategoriyafanning mohiyatini ifoda etuvchi eng muhim asosiy tushunchadir.
Ta’lim - bu ta'lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxas- sislar yordamida bilim berish va ulardagi ko'nikma hamda malakalarini shakllantirish jarayoni bo'lib, bu bolaning shaxs si­fatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi.
Ta’limning asosiy vazifasi ta'lim oluvchini o'qitishdan ibo­rat. Shuningdek, u oila, ishlab chiqarish va ma’lumot berish vazifasini bajaradi.
Ta’lim berishta'lim beruvchining intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan pedagogik faoliyat bo'lib, u shaxsning aqliy faoliyatini rivojlantirish, o'qish - o'qitish jarayonini mazmunmohiyatining ongli ravishda anglab yetishlari orqa­li amalga oshiriladi.
Ta'lim - o'qitish jarayonida tarbiyalanuvchilar tomonidan egallangan bilim, ko'nikma, malakalarni o'zida ifoda etadi.
Bilim - bu ijtimoiy tarixiy ong, insoniyat hayoti davomida to'plangan, amalda sinovdan o'tgan va obyektiv dunyoni chuquroq anglashga, hamda o'zgartirishga yo'naltirilgan tabi­at, jamiyat, tafakkur va faoliyat usullari qonuniyatlari haqidagi ilmiy tushunchalarning yaxlit va tizimlashtirilgan majmuidir. Bilim o'z navbatida kundalik, ilmiy, emperik, nazariy bilimlarga bo'linadi.
Kundalik bilimbu sog'lom fikrga va kundalik amaliy faoli­yat shakllariga aoslanadi. Insonning atrof muhitga moslashuvi, uning hayotiy harakatlari va oldindan ko'ra bilish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Uning vazifasi ta'limtarbiya jarayonini nazorat qilishga ko'maklashishdir. Ta’limtarbiyani uyushtirishda nazariy, emperik va ilmiy bilimlar muhim ahamiyatga ega.
Ilmiy bilimta’lim tarbiyani takomillashtirish muammolarini, yechimlarini topishda qo'l kelib, tizimni asosli va narsa hodisalar mohiyatiga chuqur kirib boradigan bilimdir. U em­perik va nazariy darajada bo'ladi.
Nazariy bilim - emperik holatlarni tushuntirish, ya’ni narsa
hodisalar mohiyatini bilish imkonini beradigan qonunlarni ochishni nazarda tutadi.
Emperik bilim - bilishni kuzatish, o'lchash, tajriba usullarini qo'llash natijasi. U narsahodisalarning sifat va ko'nikma ko'rsatkichlarini ifodalaydi. Emperik ko'rsatkichlar orasidagi bog'liqliklarning muntazam shakllanishi emperik qonunlar yordamida ifodalanadi, ular ko'pincha ehtimoliy xarakterga ega bo'ladi.
Bilimbilimni amalga oshiruvchi asosiy omil bo'lib, dunyoni bilishning negizini tashkil etadi va u tufayli ilm, fan, texnikatexnologiyalar rivojlanishi ta’minlanadi. Bilimga qo'yiladigan talablar:
Bilimning tushunarliligi
Bilimni tushunishlik;
Bilimning mukammalligi;
Bilimning chuqurligi;
Bilimning operativligi;
Bilimning ixchamligi;
Bilimning aniqligi va umumiyligi;
Bilimning tizimiyligi.
Bilim olishidrok etish, o'rganish, mashq qilish va egallangan tajriba asosida xulq va faoliyatda yangi shakllarning yuzaga kelishi, mavjud bilimlarning o'zgarib, takomillashib, boyib borish jarayonidir.
Ta’lim mazmunining navbatdagi komponenti ko'nikma va malakadir.
Ko'nikma - bilim kabi harakatda, kishi biror natijaga erishish uchun har xil faoliyat turida izchil bajariladigan uslublar tizimidir.
U ongni faoliyat (harakat)ni tez, ta’limni to'g'ri, ham jismoniy va aqliy kuch sarflagan holda bajarish jarayoni natijasidir. U shaxsning bilimlari asosida tarkib topadi. Harakat turlari bo'yicha u uch turga:
Harakat ko'nikmalari
Sensor ko'nikmalar
Aqliy ko'nikmalarga bo'linadi.
Ko'nikmalar muntazam mashq qilish (takrorlash) orqa­li zarur darajada saqlanadi. Ana shu bilan uning ta’lim-tarbiyadagi ahamiyati beqiyosligini ko'rsatadi.
Ko'nikma - insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyatidir.
Ko'nikma - bu shunday aqliy va jismoniy harakatlar, usullar va yo'l-yo'riqlardan iborat bo'lib, ular yordamida rejalashtirilgan maqsadga erishiladi yoki muayyan bir faoliyat amalga oshiriladi.
Ko'nikma - u yoki bu ishni bajarishning avtomatlashgan usuli bo'lib, ongli ishning bajarilishini nazorat qilishdan ozod qiladi va uni ishda qo'yilgan maqsadga qaratadi.
Inson faoliyatida ko'nikmalar malaka tarzida ham namoyon bo'ladi. Har qanday malaka ko'nikma bo'la oladi, lekin har qanday ko'nikma malaka bo'la olmaydi. Ko'nikmalar avtomatlash­gan mohiyat kasb etsagina malaka bo'ladi.
Ko'nikmani inson faoliyati turlariga ko'ra quyidagi:
Mehnat ko'nikmalari;
Bilishga oid ko'nikmalar;
Aqliy faoliyatga oid ko'nikmalar;
O'quv faoliyatiga oid ko'nikmalar;
Nutqiy faoliyat ko'nikmalari;
Badiiy faoliyatga oid ko'nikmalar.
Insonning jamiyatda muomala va o'zini tutish ko'nikmalarda o'z aksini topadi, ko'nikmalar bilimlar asosida tarkib topadi va o'z ichiga avval orttirilgan malakalarni oladi.
Bu mashq qilish yo'li bilan shakllantirilgan puxta harakatlar bo'lib, ko'nikma va murakkab harakatlar tarkibiga kiradi.
Ta’limning tarkibiy qismi sifatida shakllantirilgan malaka­lar o'z mazmuniga ko'ra murakkabdir. Bular jamiyatning hara­kat madaniyatini aks etgan harakat malakalari (yurish, yugurish, sakrash, mehnat va xat yozish malakalari), aqliy faoliyatiga oid malakalar (hisob, o'qish, tashkil qilish va boshqaruv), xulq va muomala malakalari (jamiyatda o'zini tutish, muomala madaniyati), nutqiy malakalar (gap tuzish, nutqning muayyan ohangi, sur’ati, artikulyatsiya sofligini saqlash)dir.
Ko'nikma va malakalar maqsadga yo'naltirilgan faoliyat ja­rayonida shakllanadi. Ta'lim mazmunidagi asosiy jihatzarur bilim va ko'nikmalarni mustaqil egallash, egallangan bilimlar hamda avval hosil qilingan ko'nikma va malakalar asosida vujudga keladigan amaliy va nazariy masalalarni hal etish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir.
Ma’lumot - ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko'nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarashlar majmuidir.
Turli manbalardan ma’lumotlar yig'iladi va ular o'z maqsad vazifalari bo'yicha saralanadi (tizimlarga ajiratiladi) hamda ular tashkil etilib, foydalanishga tavsiya etiladi. Ma'lumot be­rishda nafaqat o'qitish, balki o'ziga mustaqil bilim olish, ommaviy axborotlar ta’sirida bo'lishi bilan birga insonning ilmiy tizimini egallashi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ko'zda tutiladi.
Ma’lumot-kishi sezgi a’zolari, asboblar va boshqalar yor­damida qayd etiladigan, tashqi olamdan olingan belgilar to'plamidir.
Ma’lumot maqsadi-voqea va hodisalarning ifodalanishini o'rganish.
Ma'lumotning vazifalarimanba to'g'risida tavsifnoma olih, manba to'g'risida axborot tayyorlashga asosnoma hosil qilish, manba to'g'risida tasavvur paydo qilish va ularni keyingi faoli­yatga uzatish.
Tabiat va jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalari ma'lumotsiz faoliyat ko'rsata olmaydi, chunki ma’lumotlar orqali axborot paydo bo'ladi va ular manbalarni o'rgatish hamda ularni tashkil qilishda asosiy omil bo'lib hisoblanadi.
Ma'lumotlar berishbu o'rganilayotgan obyektiv (ta’lim va tarbiya jarayoni, ta'lim-tarbiya oluvchilar va h.k)ning xususiyatlari va xossalari haqidagi ma'lumotlarni ifodalash jarayoni bo'lib, uni obyekt to'g'risida sonli va sifatli ma’lumotlar aks ettiriladi. Bu nafaqat o'qitish, balki mustaqil bilim olish, ommaviy axborotlar ta'sirida bo'lish bilan birga insonning ilmiy tizimni egallash, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ko'zda tutiladi.
Tarbiya-ma'naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda o'qituvchining o'quvchi bi­lan, tarbiyachining tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o'zaro ommaviy va nazariy muloqotdir.
Tarbiya-keng ma’noda u yoki bu sifatlarning yoki ijtimoiy guruhlarning maqsadiga muvofiq odamlarning yangi avlodlariga, avval avlodlarning ijtimoiy-tarixiy tajribasini uzatish vositasi bilan jamiyatning rivojlanishini ta’minlovchi vazifadir.
Tarbiya maqsadi:talaba yoshlarda milliy g'oya va milliy mafkurani shakllantirishda ilmiy pedagogik tadqiqot metodla­rini qo'llash.
Tarbiya vazifasi:ma'naviy manbalar va hozirgi zamon ta­lablari va ehtiyojlarini nazarda tutilgan holda tarbiyalovchi bi­lan tarbiyalanuvchi aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi, tarbiyaning qanday metoddan foydalanishga bog'liqligidir.
Tarbiya jarayoni shaxsni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti harakatini asta-sekin ko'nikmaga aylantirib borishdagi asosiy jarayondir.
Tarbiyaning xususiyatlari:
Tarbiyaviy texnologiyaning komplektlik xususiyati Tarbiyaviy texnologiyaning ierarxiyalik (mantiqiy ketma- ketlik asosida, uzviylikuzluksizlik saqlash) xususiyati Tizimlilik xususiyati Yaxlitlik xususiyati
Rivojlanish-oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o'tish, yangilanish, yangining pay­do bo'lishi, eskini yo'qolib borishi, miqdor o'zgarishining sifat o'zgarishiga o'tishini ta’minlovchi, murakkab harakat jara­yoni sanaladi. Rivojlanishning manbayi qarama-qarshiliklar o'rtasidagi kurashlardan iboratdir. Bola shaxsining rivojlani­shi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Bola shaxsi rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari, biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta'sir etadi. Tarbiya rivojlanishidagi muhim jarayon hisoblanadi. Tarbiya­ning samarali ta'sir etishi uchun o'sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Faoliyat in­son tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq o'zgartirishga yo'naltirilgan ijtimoiy-tarixiy turmushning o'ziga xos shaklidir. Insonning qobiliyat va yoshi u tomondan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko'ra belgilanadi. Faoliyatning asosiy turi muloqotdir. Faoliyat faol va passiv bo'lishi mumkin.

Yüklə 410,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin