Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari. Reja


PEDAGOGIK ILMIY TADQIQOT METODLAR



Yüklə 410,7 Kb.
səhifə11/50
tarix20.10.2023
ölçüsü410,7 Kb.
#158214
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50
Mavzu Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha p-fayllar.org

PEDAGOGIK ILMIY TADQIQOT METODLAR
Pedagogika fanining tarixiy taraqqiyotini o'rgatuvchi va milliy istiqlol mafkurasini shakllantiruvchi hal qilinishi lozim bo'lgan muammolar bor. Pedagogik muammolarni hal qilishda turli-tuman tadqiqot metodlari mavjud. Yuqorida keltirganimizdek, metod lotincha "metodos”-yo'l so'zidan olingan bo'lib, ilmiy tadqiqot esa shu metodlar orqali nazariy, mafkuraviy, il­miy, milliy va ijtimoiy hayot hodisalarini ularning qonuniyatlarini bilishga xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqot metodlari olimlar to­monidan turlicha asoslab berilgan:
Akademik S.Rajabov tahriri ostidagi pedagogikada kuzatish, suhbat, maktab hujjatlarini tahlil qilish, eksperimentlar metodi, statistika ma’lumotlarini tahlil va sintez qilish, anketalar, hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari asoslab berilgan. I.F.Xarlamovning "Pedagogika” o'quv qo'llanmasida pedagogik kuzatish, suhbat, tajriba eksperiment, maktab hujjatlarini o'rganish, ilg'or tajribalarni umumlashtirish, matematik hisoblash metodlari asoslab berilgan.
S.P.Baranov va boshqalar yaratgan "Pedagogika" qo'llanmasida esa kuzatish, savol-javob, maktab hujjatlarini o'rganish, eksperiment tajriba, modellashtirish metodlari berilgan. A.K.Munavvarov tahriri ostidagi "Pedagogika” o'quv qo'llanmasida kuzatish, suhbat, bolalar ijodini o'rganish, test-so'rovnomalar, maktab hujjatlarini tahlil qilish, matematika va kibernetika metodlari berilgan. Mavjud pedagogik darsliklarning deyarli hammasida metodlarni tavsiflab chiqishning bir xillik holati mavjud. Ilmiy tadqiqot faoliyatimizda bulardan foydalanish bizdan ijodiy yondoshishni talab qiladi. Ilmiy pe­dagogik tadqiqot metodlarida biror pedagogik muammoni hal qilish maqsadida talaba, o'qituvchi-tarbiyachi, aspirant-tadqiqotchi va ilmiy xodimlardan foydalanadilar. Ilmiy izlanishning dastlabki debochasi adabiyotlarni o'rganib, tahlil qilis dan boshlanadi.
Adabiyotlarni o'rganish metodi-Pedagogik adabiyotlarni o'rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma’rifatparvar pedagog olimlarning asarlari, mustaqil O'zbekistonning iqtisodiyotiga, mafkurasiga va ma’naviyatga doir adabiyotlar, tadqiqot mavzusiga doir darsliklar, monografiyalar, risolalar va maqolalar, tadqiqot mavzusiga doir pedagogik, psixologik tadqiqotlar, dissertatsiyalar o'rganiladi, umumlashtiriladi, xulosa chiqariladi.

Yüklə 410,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin