Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari. Reja


MTM hujjatlarini tahlil qilish metodi



Yüklə 410,7 Kb.
səhifə13/50
tarix20.10.2023
ölçüsü410,7 Kb.
#158214
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
Mavzu Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha p-fayllar.org

MTM hujjatlarini tahlil qilish metodi-Pedagogik hodisa­lar va faktlarni tekshirishda maktab hujjatlarini mukammal va chuqur o'rganmoq lozim. MTM hujjatlarini tahlil qilishda ta'lim qonunlariga amal qilinmoq kerak. MTM hujjatlarini tahlil qilishda o'quvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini uning iqtidorini hamda ilg'or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishini ko'rsatgan taqdirdagina to'liq qiymatga ega bo'ladi.
Shuningdek, bolalarning umumiy miqdori, uning o'sishi yo­ki kamayishi sabablari tavsifi, rag'batlantirish va jazolash choralari turlariga, MTMning moddiy bazasiga e’tibor beriladi.
Bolalar ijodini o'rganish metodibolalar ijodini hamda ularning turli-tuman ishlarini o'rganish va tahlil qilish peda­gogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli bo­lalar aqliy qobiliyatlari, olijanob axloqiy qiyofalari, estetik did- lari, sinchkovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib turadi. Pedagogika fani bolalar ijodining manbalari va omillarini chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va takomillashtirishning to'g'ri yo'llarini ko'rsatib berishga qaratil­gan.
Statistik ma'lumotlarni analiz va sintez qilish metodi - Pe­dagogik tadqiqot kerakli statistika ma’lumotlarini ma’lum bir maqsad bilan tizimli o'rganish, mustaqil O'zbekistonda fan madaniyat, ta’lim-tarbiyani taraqqiy etishiga salmoqli hissa qo'shadi.
Maktabgacha ta’lim sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag'larning doimiy o'sib borishi, darslik va o'quv qo'llanmalari, ko'rgazmali qurollar, o'qituvchi kadrlar tayyorlash, mak­tab qurilishi, xo'jalik shartnomalari va ulardan tusha yotgan mablag'lar statistika usuli orqali aniqlanadi.
Anketalar metodi-bolalardan so'rash usuli bo'lib, u bolalar jamoasining bilimlari to'g'risidagi kerakli ma’lumotlarni olish
Sotsiologik tadqiqot metodi-anketaga savollar kiritiladi. Bundan maqsad talaba-yoshlarning kasb-hunarga bo'lgan munosabatlarni aniqlash, talabalar orasidagi do'stlik munosabat larini aniqlash, o'zi ta’lim-tarbiya olayotgan oliy o'quv yurtidagi shart-sharoitlarni bilish, yutuq va kamchiliklarni, yoshlar orasidagi munosabatlarni, dinga, xususan, tasavvufga bo'lgan qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma’naviy sifatlari darajasini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ilmiy va kasbiy mahoratni oshirishdagi mashg'ulotlar turi, stipendiyalar miqdori, ota-onalarning moddiy yordami, ularning ma'lumoti, ish joyi, talabalarning yashash joyi, il­miy dunyoqarashining shakllantirishida ta'sir etuvchi omillar, ularning ongliiik darajasi jarayoni, ma’naviy sifatlar, komillikka erishish uchun tezroq qutulish kerak bo'lgan salbiy sifatlarni aniqlashdir.
Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro'yobga chiqarish bosqichlarida, yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limni talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyor­lash tizimining amalda faoliyat ko'rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlari ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy texnika va axborot bazasini yaratish kabi masalalar pedagogik tadqiqoti asosini tashkil etadi.

Yüklə 410,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin