Mavzu Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha p-fayllar.org
Pedagogik eksperiment-Har qanday pedagogik tadqiqotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogik jarayonlarning ayrim elementlari o'rtasidagi bog'liqlik va munosabatlari aniqlanadi. Pedagogik eksperiment ikki turga bo'linadi: qayd qiluvchi va shakllantiruvchi. Qayd qiluvchi eksperiment orqali ta’lim yoki tarbiya jarayonidagi mavjud muammolar aniqlanadi. Shakllantiruvchi eksperimentda esa zaruriy ma’lumotlar o'quvchilarda shakllantiriladi. Pedagogik jarayonni aniqroq o'rganish maqsadida eksperimentator o'zi tashkil etgan jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayonga aralashadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan sharoitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlabki ma'lumotlarni, aniq sharoitlarni va o'qitish usullarini yoki tadqiq qilinadigan materiallarni aniq belgilashni, shuningdek, eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga olishni talab etadi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: eksperiment o'tkazish va natijalarni sharhlash. Rejalashtirish, eksperiment maqsadi va vazifasini belgilash, eksperiment natijasiga ta'sir etuvchi omillar va ular darajasining miqdorini aniqlash, kerakli kuzatishlar soni, eksperiment o'tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish metodlarini o'z ichiga oladi. Eksperimentni tashkil etish va o'tkazish belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan holda olib borilish kerak. Sharhlash bosqichida ma'lumotlar yig'iladi va qayta ishlanadi. Eksperiment o'tkazish ishonchlilik tamoyiliga javob berish uchun quyidagi shartlarga rioya qilishi kerak, ya’ni:
Tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining aniq bo'lishi.
Tadqiqot metodlarining ishonchliligi.
Farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga olish.
Turli metodlarning o'zaro qo'shib olib borilishi pedagogik tadqiqotlarning samaradorligini va sifatini oshirishga imkon beradi. Bunga matematik metodlarning hamda hisoblash yechish qurilmalari yordamidagi eksperiment natijalarining pedagogikaga kirib kelishi ham yordamlashadi. Odatda, o'rtacha arifmetik miqdor, modda, meridiana, dispersiya, tanlab olinadigan to'plam majmuining o'rtacha kvadratik chetga chiqishi, o'rtacha olingan qiymat xatosi, belgilarni tuzatish koeffetsentlari hisoblab chiqiladi. Ilmiy tadqiqot natijalari amalda qo'llaniladi. Tugallangan tadqiqotda eng muhim narsa uning natijalarini amalda qo'llanilishidir. Mustaqil O'zbekiston sharoitida yangi ilmiy bilimlar juda tez to'planib bormoqda.
Biroq, ularni amaliy ishga joriy etish yo'lida qiyinchiliklar ham borligi ko'zga tashlanmoqda.
Bu qiyinchiliklar o'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish haqidagi bilimlarning ortib borishi bilan ulardan foydalanishning faol imkoniyatlari o'rtasidagi nomuvofiqlikdan iboratdir. Shunday bo'lsada, bu ularni joriy etish yuzasidan maqsadga muvofiq ishlar olib borishni istisno etmaydi. Joriy etish jarayoni pedagogik tajribani takomillashtirishga qaratilgan faoliyat deb qaraladi. Shu sababli joriy qilinishi lozim bo'lgan tavsiyalarga yuqori talablar qo'yiladi. Talablarning ilmiy asoslanganlik darajasi, ular mazmunining aniqligi pedagoglar bilan o'quvchilarning mo'ljallangan kuchg'ayrati mezonini to'g'ri baholashni nazarda tutadi. Joriy etish butun bir tadbirlar kompleksi bo'lib, u olingan xulosalar haqida pedagogik jamoatchilikni xabardor qilishni, yangi o'quv va metodik qo'llanmalar yaratishni, metodik yo'l-yo'riq va metodik tavsiyalar ishlab chiqishni o'z ichiga oladi.