Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari. Reja


Maktabgacha ta’lim muassasasida mehnat tarbiyasining mazmuni



Yüklə 410,7 Kb.
səhifə50/50
tarix20.10.2023
ölçüsü410,7 Kb.
#158214
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Mavzu Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha p-fayllar.org

Maktabgacha ta’lim muassasasida mehnat tarbiyasining mazmuni
Yosh avlodga mehnat tarbiyasi berish masalasi hozirgi davrda eng dolzarb mavzu hisoblanadi. Mehnat har bir kishi kamoIotida va umuman jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Bog'cha yoshidagi bolalarni jismoniy aqliy, axloqiy va estetik tomondan tarbiyalashda mehnat tarbiyasi muhim ahamiyatga egadir.
Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalarning o'ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib tashkil etiladi, unga to'g'ri rahbarlik qilingandagina yetarli natijaga erishish mumkin.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar mehnatining o'ziga xos tomonlari ko'pgina olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda keng o'rganib chiqilgan.
Bolalar mehnatining muhim belgisi uning ma’lum maqsadga qaratilganligidir. Kichik bog'cha yoshidagi bolalarning mehnati biror jarayonga oid harakat bo'lib, u faqat kattalarning rahbarligi natijasidagina amalga oshirilishi mumkin.
Bola kubiklarni bir joydan ikkinchi joyga, mashinadan - stolga, stoldan - mashinaga ko'chiradi va hokazo. Tarbiyachi boshqa stol ustidagi kubiklarni ko'rsatib, uni mashinada ortib olib borish kerakligini aytadi. Bola kubiklarni mashinasida shkafga tashiy boshlaydi va joyiga tartibli qilib joylab qo'ya boshlaydi. «Qatnov» bir necha marta takrorlanib, barcha kubiklar joyiga yig'ishtirib qo'yiladi. Bolalar faoliyatida maqsad paydo bo'ladi. Keyingi galda bolaning o'zi o'ynayotgan o'rtoqlariga o'ynab bo'lgandan keyin o'yinchoqlarni mashinada joyiga olib borib qo'yishni aytadi.
Katta guruh bolalarida mustaqil maqsad qo'yish qobiliyati moddiy samara beradigan mehnat turlarida muvaffaqiyatli rivojlanadi: gulzorda, ekinzorda ishlash, o'yinchoqlar yasash va boshqalar.
Faoliyatni rejalashtirish mehnat tarbiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bolalarni kuzatish ular faoliyatining tartibsiz, rejasiz ekanligini ko'rsatadi. Bolalar bunday harakatlar orqali biror natijaga erishish uchun juda ko'p vaqt va kuch sarflaydilar, shu bilan bir vaqtda o'z ishlaridan o'zlari qoniqmaydilar.
Tarbiyachi bolalarni o'z faoliyatlarini taxminiy rejalashtirib olishlariga o'rgatish va ular faoliyatiga rahbarlik qilishi lozim.
Shunday qilib, butun bog'cha yoshi davrida mehnat va o'yin o'zaro bog'liq holda kechadi, biroq har qanday holda ham bolalar mehnatini o'yinga aylantirish, ularning farqini ishlab chiqarish noto'g'ri bo'lar edi. Tarbiyachilar va ota-onalar ta'sirida asta-sekin bolalar mehnati o'z vazifasi, mazmuni, metodi va tashkil etilishi bilan mustaqil faoliyat sifatida ajratib boriladi.
Mehnatda uning beradigan samarasi faoliyatning majburiy, tarkibiy qismi hisoblanadi. Ammo bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishda mehnat natijasiga bolalarda mehnatga havas hissini tarbiyalash uchun yordam beradigan pedagogik omil deb qarash kerak.
Mehnatda natijaga erishishda, mehnat malakalarini shakllantirishda pedagogning va bolalar o'rtoqlarining bahosi va o'ziga-o'zi baho berish katta ahamiyatga ega. Bolalar yasagan buyumlari o'yin va mashg'ulotlarda qo'llanilsa, ular o'zlari yasayotgan buyumlar yanada sifatli bo'lishiga intiladilar.
Maktabgacha ta’lim yoshi davrida bolalarning yoshi ulg'ayishi bilan mehnat sabablari ham o'zgarib boradi, Mutaxassislarning olib borgan ilmiy izlanishlari natijasi shuni ko'rsatadiki, bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali ular kattalardan mehnatning ijtimoiy sababini ancha erta o'zlashtirib olar ekanlar.
Lekin ular biron ishni mustaqil bajarganlaridagina o'z mehnatlari boshqalar uchun foydali ekanligini ongli ravishda bilib oladilar. Masalan, onalar va buvilar uchun 8-martga sovg'a tayyorlash, kichiq guruh bolalari maydonchasini yig'ishtirishga yordamlashish, yirtilgan kitoblarni yamab berish, konsert va teatr qo'yib berish va boshqalar bolalardagi mehnatning muayyan natijasiga intilish uyg'otadi, faoliyatning ijtimoiy sababiarim anglatib, mehnatga havasini, ishni bajarishda bolalarning o'z oldilariga qo'yadigan talablarini oshiradi.
V.I.Loginovaning olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlarida
Ta’kidlanishicha, bolalarga mehnat tarbiyasi berish uchun ular mehnat va mehnat malakalari to'g'risidagi bilimlar sistemasini o'zlashtirib olishlari kerak ekan:
  1. Mehnat maqsad qo'yish va uning natijasini belgilab olish- (l,m boshlanadi: maqsad - mehnat tasviri.


  2. Mehnat qilishdan ko'zlangan maqsad bo'yicha kerakli materiallarni tanlab (ajratib) olish.


  3. Materialni ishlash uchun kerakli asboblarni tanlab (ajratib) olish.


  4. Natijaga erishish uchun mehnat harakatlarini bajarish.


Shu sistemani quyidagi sxemada keltirish mumkin:


maqsad, mehnatni tanlash, materialni tanlash, mehnat faoliyati
- mehnat quroli, mehnat natijasi.
Shunday qilib, maktabgacha yosh davrida mehnat faoliyati shakllantiriladi. Pedagog rahbarligida mehnatning ijtimoiy sabablarini hamma muhim tomonlari shakllanadi. Kattalar mehnati va uning ijtimoiy ahamiyati to'g'risidagi bilimlar o'zlashtirilib olinadi.
Maktabgacha ta’lim yoshi davrining o'ziga xos tomonlaridan yana biri bolalar mehnatining o'yin bilan bog'liqligidir.
O'yin jarayonidagi biror harakat doimo biror mehnat jarayonini aks ettirishga yo'naltirilgan bo'ladi. Ikkinchi tomondan, mehnat jarayonini bajarishda uni o'yin shakliga aylantirishadi, masalan, barglarni zambillarda tashishadi, mashinalarda yurishadi.
Shu bilan birga o'zining xususiyati, mazmuni, yuzaga kelish sababiga ko'ra mehnat va o'yin bir-biridan farq qiladi. Mehnatda maqsad qo'yiladi, uni amalga oshirish, natijasiga erishish uchun shart-sharoit yaratiladi, vositalar izlab topiladi. O'yinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi. O'yinda mehnat singari biror aniq natijaga erishilmaydi, ammo u mehnat kabi bolalarga quvonch bag'ishlaydi, ular o'zlarida qoniqish hissini sezadilar. O'yinda bola o'z o'ylaganini rivojlantirishi yetakchi rol o'ynaydi, mehnatda esa natijaga erishish yo'lidagi mehnat harakatlari, o'yin o'zining rivojlanishidagi har qanday bosqichda to'xtatilishi mumkin, mehnatda esa, albatta, ko'zlangan natijaga erishiladi.
Bolalarning mehnat faoliyati qachon va qanday qilib o'yindan ajratiladi? Kichik bog'cha yoshidagi bolalar mehnatining asosiy turi o'z-o'ziga xizmatdir. Bu kichik bolalar uchun ancha mashaqqatli ish. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarni mehnatning bu turiga o'rgatishda ko'pincha o'yin vaziyatlaridan foydalaniladi («Qo'g'irchoqni sayrga otlantiramiz», «Qo'g'irchoqni uxlatamiz» va shularga o'xshashlar). Avvaliga bolalar o'yin obrazi orqali mehnatga o'rgatiladi. Shu orqali bolalar ishonch bilan harakat qilishni o'rganadilar. Sekin-asta o'z-o'ziga xizmat qilish malaka va ko'nikmalari shakllana boradi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.Barkamol shaxs tarbiyasida mehnat tarbiyasining o’rni haqida tushuncha bering.

2.Mehnat tarbiyasining mazmuni nimalardan iborat?


3.Mehnat tarbiyasining nazariy asoslari nimalardan iborat?
4.Maktabgacha yoshdagi bolalarga mehnat tarbiyasi berish mazmuni haqida tushuncha bering.
5.Turli yosh guruhlarda mahnat tarbiyasini to’g’ri tashkil etishda tarbiyachi qanday usullardan foydalanadi?

http://fayllar.org
Yüklə 410,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin