Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari. Reja



Yüklə 410,7 Kb.
səhifə47/50
tarix20.10.2023
ölçüsü410,7 Kb.
#158214
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Mavzu Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha p-fayllar.org

Axloqiy tarbiya metodlari.Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga axloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullarni qo'llash muhim ahamiyatga egadir. Axloqiy tarbiya metodlari
-bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga qaratilgan faoliyat usulidir.
Yuqorida keltirilgan hamma metodlar orqali bolalarga axloqiy norma va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari o'rgatiladi. Ularda axloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi. Bu guruh metodlariga qo'yiladigan asosiy talablar:
Bolalarning yaxshilik, yomonlik to'g'risidagi tasavvurlarini e'tiborga olish; axloqiy xulq-atvor normalarini muhokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning o'zlarini faol qatnashtirish; har bir bolaning his-tuyg'usiga ehtiyotlik bilan munosabatda bo'lish.
Bolani noo'rin tanqid qilish, uning ustidan kulish, unga nisbatan e'tiborsizlik qilish qat'iyan man qilinadi. Hamma metodlardan izchillik bilan kompleks ravishda foydalaniladi.
Axloqiy tarbiyaning asosiy prinsiplari (tamoyillari) va metodlari
Axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
-g'oyaviy va tarbiya ishining ma’lum maqsadga qaratilganligi;
-ta'Iim-tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda yondashish;
-axloqiy tarbiya ishini hayot va zamon bilan birga olib bo­rish;
-bolalarning faolligi;
-oila va MTMlarining tarbiyaviy ta’sirining birligi;
-bola shaxsidagi ijobiy sifatlarga suyanish;
-bola shaxsini har tomonlama rivojlanishini ko'zda tutish. Axloqiy tarbiya prinsiplarini pedagogik shart-sharoit bilan
qo'shib amaga oshirish bolaning axloqiy rivojlanishiga sama­rali ta’sir etadi.
Axloq va axloqiylik muammolari insonning ijtimoiy munosabatlarida muhim o‘rin tutgani bois, bu masala azaldan yetuk faylasuflar, allomalarning diqqat-e’tiborida turgan. Chunonchi, o‘z asarlarida inson axloq normalarini egallasagina ma’naviy kamolotga erishishi mumkinliini ta’kidlagan Abu Nasr Forobiy axloqiy kamolot shartlari va asoslarining sharhiga alohida to‘xtalib, axloqiy kamolotga erishish, avvalo, shaxs jamiyat a’zolari bilan faoliyatda mushtarak-mutanosib bo‘lsa, uning ongida nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy manfaatlarga ham moyillik yuzaga kelishi orqali amalga oshishini ko‘p bor tilga oladi.
Buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy axloqiylik insonning kishilarga, jamiyatga va o‘z-o‘ziga real, amaliy munosabati asosida shakllanishini ta’kidlaydi. Beruniy insonni oliy mavjudot sifatida tavsif etar ekan, Alloh unga inoyat etgan aql-zakovatga munosib bo‘lmog‘i kerakligini bayon etib, insondagi noxush axloqsizlik, badfe’llik, avvalo, uning o‘zi uchun, qolaversa, jamiyat uchun katta musibat keltirishini uqtiradi.«Muomala» iborasi ijtimoiy taraqqiyotning deyarli barcha sohalarida insonning kundalik faoliyatida hamda insonlararo munosabatlarga nisbatan bevosita yoki bilvosita qo'llaniladi.Muomalaning «madaniyat» atamasi bilan bog'liqligi ham uning ma'naviy hayot sohasiga daxldorligidadir. Muomala — bu insonlar o'rtasidagi aloqalarning paydo bo'lishi va rivojlanishi hamda ularning hayot faoliyatidagi ehtiyojning murakkab jarayoni bo'lib, o'zga kishilar bilan ma'lumot almashish, ularni tushunish va idrok etishning hamkorlikdagi strategiyasidir.Muomala madaniyatida xushfe'llik, xushmuomalalik, hayoibolilik, beozorlik, shirinso'zlik, ochiqko'ngillik singari axloqiy me'yorlar muhim sanaladi.Muomala odobi boshqa kishilarning qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo'yish bo'lib, ko'pchilik oldida bir kishiga aytiladigan gap boshqalarni noqulay ahvolga solib qo'yadi. So'zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatini tashkil etadi.
Axloqiy qadriyatlarga insonparvarlik, jamoatchilik, adolat, qonuniylik, vatanparvarlik, xushmuomalalik va odoblilik, oddiylik va kamtarlik, halollik va rostgo'ylik, ochiq ko'ngillik va mardlik, saxiylik va muruvvatlilik, o'zaro hurmat, do'stona munosabat, samimiylik, sabr-qanoat, hayolilik va pokizalik, homiylik va saxovat, fidoyilik, sadoqat, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, sihat-salomatlik, jasurlik va boshqalar kiradi.
Axloqiy qadriyatlarni quyidagicha tasniflash mumkin: Axloqiy qadriyatlarning mazmuniga ko'ra burch, or-nomus, vijdon, qadr-qimmat, sabr-qanoat, kamtarlik, sobitqadamlik, rostgo'ylik va hokazolarga; shakliga ko'ra esa ijobiy yoki salbiy, ya'ni yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, baxt va baxtsizlik, hayo va behayolik kabilarga ajratish mumkin.
Axloqiy qadriyatlarni amal qilish doirasiga ko'ra:
— shaxsiy axloqiy qadriyatlar
kasbiy burchni bajarish, sevgisiga sadoqatli bo'lish, halol rizq topish, so'zining ustidan chiqish, oila sha'nini saqlash, haromdan hazar qilish;
— milliy axloqiy qadriyatlar — mehmondo'stlik, kattalarga nisbatan hurmat, saxovat, homiylik, ota-onani e'zozlash, bolajonlik va hokazolar;
— mintaqaviy axloqiy qadriyatlar — do'stlik, yaxshi qo'shnichilik, bag'rikenglik, mehmondo'stlik, o'zaro hurmat va boshqalar;
— umuminsoniy axloqiy qadriyatlar — insonparvarlik, adolatparvarlik, vatanparvarlik, o'zaro hurmat, qonuniylik, jamoatchilik kabi turkumlarga bo'lish mumkin.
Axloqiy qadriyatlarni axloqning tarkibiy tuzilishiga ko'ra:
— axloqiy ongda barqaror shakllangan ma'naviy-axloqiy qadriyatlar: jamiyat tomonidan ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayotgan kodekslar, normalar, tamoyillar, mafkuraviy g'oyalar. Masalan, «Harbiy qasamyod», «Shifokor qasamyodi», «Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb odobnomasi» va h.k;
— axloqiy amaliyotda bevosita qo'llaniladigan axloqiy qadriyatlar: yaxshilik yoki yomonlik, adolat yoki razolatdan iborat maqsadni ko'zlab, uni amalga oshirishning ixtiyoriylik yoki majburlash vositalarini qo'llab pirovard natijaga olib keluvchi qadriyatlar;
— axloqiy munosabatlar tufayli zohir bo'ladigan axloqiy qadriyatlar: burch, shartni bajarish, halollik, saxiylik, kamtarlik, uddaburonlik, tadbirkorlik, kelishuvchanlik, murosa va hokazolarga ajratish mumkin.
Yangi axloqiy qadriyatlar yuzaga kelishi O'zbekistonda huquqiy demokratik davlatni qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda axloqiy qadriyatlar barcha fuqarolarni, millati, dini, tili, irqidan qat'i nazar o'zbek xalqi o'zining milliy axloqiy qadriyatlari — sabr-qanoat, jamoatchilik, o'zaro yordam, saxovat, tinchlikni ardoqlash, shukronalik kabi axloqiy fazilatlarini namoyish qilish orqali tinch-totuv yashashga chorlaydi va uni ta'minlaydi.
Qadriyatlar tizimida diniy qadriyatlar ham muhim o'rin tutadi va ular axloq, axloqiy qadriyatlar bilan uzviy bog'liq. Diniy qadriyatlarning mavjudligi diniy ta'limotlarga asoslansada uning rivojlanishi jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-axloqiy taraqqiyoti bilan mustahkam bog'langan. Ular xalqimizning turmush tarzi va jamiyat hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kasb etikasi (odob-axloqi) — odamlarning kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan o'zaro munosabatlarning axloqiy yig'indisidir.Kasbiy odobning barcha uchun birdek taalluqli hisoblanmagan, balki muayyan kasb-ког egalarigagina mansub bo'lgan ijtimoiy xulq-atvor qoidalari, me'yorlari mavjuddir. «Kasb odobi» atamasi «kishilar o'rtasidagi kasb faoliyati bilan bog'liq munosabatlarga ma'rifiy tus beradigan xulq-atvor kodeksidir».Kasb axloqi kasb odobiga nisbatan keng tushuncha. Chunki kasb odobi kasb axloqi tarkibiga kirib unga shaxs xulq-atvori asos bo'lsa, kasb axloqi xulq-atvor bilan birgalikda, umuminsoniy axloqiy kasbiy me'yorlarga asoslanadi. Kasbiy axloq insonning kasbiy burchlari o'z kasbiga bo'lgan munosabatini belgilaydigan axloqiy me'yorlar majmuyi bo'lib, u kishilarni u yoki bu kasbga mansubligiga qarab birlashtiradi.Masalan, rahbarlikning axloqiy jihatlari borasida ta'kidlash joizki, bu boradagi kasb odobi qonun-qoidalari faqat kabinetlarda emas, balki, xalq bilan muloqot jarayonida shakllanadi. Rahbar xodimlar faoliyatidagi kamchilik sifatida O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev «Ayrim idoralar va ularning rahbarlari real hayotdan va xalq ehtiyojlaridan ma'lum darajada uzilib qolmoqda», — deya ta'kidlagani bejiz emas. Zero, kasbiy omilkorlik, o'z ishini yaxshi bilish, qaysi kasbdan qat'i nazar axloqiy me'yorlarning ibtidosidir. Kasb odobi me'yorlarining mazmuni, ularning amaliyligi u yoki bu masalalarni yechishda yordam beradi.Sog'lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati. Jismonan sog', ma'nan barkamol, zararli ta'sirlardan, salbiy xislat, illatlardan xoli, toza, рок, sog'lom fikrli avlodni, sog'lom naslli, jismoniy baquvvat, ruhi tetik, fikri tiniq, iymone'tiqodli, ma'naviyatli, mard va jasur, vatanparvar shaxsni tarbiyalashda har bir jamiyat a'zosi olib borayotgan turmush tarzi juda katta rol o'ynaydi. Sog'lom bolaning tug'ilishi, eng avvalo, ota-onaning sog'lig'iga bog'liq. Sog'lom oila bo'lmasa, barkamol avlod ham, istiqboli porloq millat ham bo'lmaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu masalaga nihoyatda katta e'tibor berib kelinmoqda.
Inson uzoq umr ko'rish va tinch hayot kechirish maqsadida sog'lom, tetik va baquvvat bo'lish, o'z yoshligi, husni va ishchanlik qobiliyatini saqlashga harakat qiladi. Bunga erishishning asosiy omillaridan biri jismoniy harakatdir. Sog'lom turmush inson farovon hayot kechirayotganidan dalolat beruvchi omillardan biridir. Chiniqish—bu organizmni suv, quyosh va havo ta'sirida sekin-asta moslashtirib borish mexanizmidir.

Yüklə 410,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin