Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari. Reja


Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi



Yüklə 410,7 Kb.
səhifə42/50
tarix20.10.2023
ölçüsü410,7 Kb.
#158214
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50
Mavzu Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha p-fayllar.org

Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi
Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi dastlab muomalada bo'lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida keyin esa o'quv mehnat, samarali faoliyatlar jarayonida (rasm chizish, loy) amalga oshirib boriladi. Hozirgi zamon pedagogika fani bilimlar sistemasini o'zlashtirib olish, ularni jamg'arish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish hamda yangi bilimlar hosil qilish uchun zarur bo'lgan bilish faoliyati usullarini egallab olish aqliy rivojlanishning asosiy ko'rsatkichlari hisoblanadi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi.
Pedagogika-psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali hal etishda birinchidan bolaning imkoniyatlaridan to'g'ri foydalanish, ikkinchidan bola organizmining umumiy charchashiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan ortiqcha zo'riqish bo'lmasligi yo'llarini topish uchun Maktabgacha ta'lim
yoshda­gi bolalarning aqliy rivojlanishi qonunlari va imkoniyatlarini o'rganish bilan shug'ullanadi.
Keyingi yillarda olib borilgan psixologik-pedagogik tadqiqotlarning natijalari Maktabgacha ta’lim yoshi davrida bolalar­ning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko'rsatadi. Bularning hammasi Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko'nikmalarini yanada chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta’lim yoshining oxiriga kelib bolalar tevarak atrof to'g'risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo'lib qoladilar, asosiy fikrlash jarayonini egal­lab oladilar, narsa va buyumlardagi voqealardagi muhim va muhim bo'lmagan tomonlarini ajrata oladigan ba’zi bir sabab natijali bog'lanishlarni bilib oladigan bo'lib qoladilar. Ularda o'quv faoliyatining dastlabki ko'rsatkichlari shakllanadi. Shuning uchun bog'cha yoshidan boshlab rivojlantirib borish katta ahamiyatga ega.
Maktabgacha ta’lim yoshining dastlabki bosqichlarida bolalarda tasavvur ta’limi bo'ladi. Hayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy xayol tarkib topadi. Kichik Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun ko'rgazmali-harakatli, ko'rgazmali obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so'z, mantiqiy tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda analitik-sintetik tafakkur faoliyati tarkib toptiriladi bu hodisalarni, voqealarni, chuqur anglab olish, ularni muhim bo'lgan va muhim bo'lmagan tomonlarini ajratishga o'rgatish lozim.
Qiziquvchanlik bolaga xos xususiyatdir. U bolani tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarga, narsa va buyumlarga qiziqish bilan qarashga, hamma narsani ushlab his qilib, diqqat bilan tomosha qilishni kuzatishda namoyon bo'ladi. Tarbiyachi kuzatishlar tashkil etib, bolalarda paydo bo'lgan savollarga o'z vaqtida javob berishga harakat qiladi, ularni fikrini mustaqil javob qidirishga yo'llab, Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda qiziquvchanlikning susayishiga yo'l qo'ymaydi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.
Bolalar bog'chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish vazifasi turibdi. Qobiliyatlar tegishli faoliyat jarayonida namoyon bo'ladi va rivojlanadi. Insonning aqliy qobiliyati aqlining ziyraklik-fahm-farosatlilik, tanqidiy ko'z bilan qarash, sermulohazalik kabi sifatlari bilan ajralib turishi mumkin. Aqliy ko'nikma va malakalarni rivojlantirish, ya’ni eng oddiy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo'lmagan belgilarni ajratib ko'rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash va hokazolarni tarkib toptirish Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko'nikma va malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari bo'lib, bolaning bilimlarini muvaffaqiyatli egallab olishga yordam beradi. Masalan: o'simliklar va hayvonlar bilan tanishtirish bo'yicha sistemali mashg'ulotlar olib borilgandan keyin bolalar ayrim konkret o'simliklar yoki hayvonlar to'g'risida ma'lum bir tasavvurga ega bo'ladilar.
So'ngra bolalardagi aqliy-ko'nikma va malakalarni rivojlantirish maqsadida tarbiyachi bolalar bilan quyidagi mashg'ulotlarni o'tkazishni rejalashtirishi mumkin: «Paxta o'simligini, momaqaymoq o'simligi bilan solishtirish», «Qafas- dagi ikki xil qushni bir-biriga solishtirish» didaktik o'yini va shunga o'xshash tadbirlar o'tkazish. Eng muhimi shundaki, bo­lalarga bilim beribgina qolmasdan, ularni olgan bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalarni hal etishda foydalanishga o'rgatish zarur.
Ilk va bog'cha yoshi davrida bolalarda tevarak-atrofga bo'lgan qiziqish juda tez o'sadi. Qiziqish bolaning aqliy rivojlanishini harakatga keltiruvchi qudratli kuchdir. Kattalar bo­laning qiziquvchanligini, bilishga bo'lgan har qanday xohishini sezishlari va rag'batlantirib borishlari kerak.
Ta’lim-maktabgacha yoshdagi bolaning bilish qobiliyatlarining muntazam rejali ravishda rivojlantirib borish, MTMning ta’Iim-tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi bilan qurollantirish, malaka va ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berishda ta'lim yetakchi rol o'ynaydi. Ta'lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta'lim-bo­lalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning sinchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. MTMda bo­lalarga madaniy-gigiyenik ko'nikmalar, asosiy harakatlar o'rgatiladi, ular madaniy axloqiy qoidalarini o'zlashtirib oladilar.

Ta’limni amalga oshirish yo’llari


Ikkinchi yo’l

Birinchi yo’l

Maxsus tayorgarligi bor kishilarning maxsus o’quv muassasalarida bolalarni kerakli bilim,malaka, ko’nikmalardan rejali ravishda xabardor bo’lib borishdir.Bunday yo’l bilan ta’lim berishdan maqsad yosh avlodni zamonaviy ishlab chiqarishda,jamiyatning ijtimoiy siyosiy,madaniy hayotida faol qatnashtirish uchun zarur bo’lgan fan yutuqlari bilan


tanishtirish.

Bolalarni bilim,malaka,ko’nikmalarni kattalar bilan o’zaro munosabatda bo’lish orqali egallab borishdir.Bu muomala mehnat faoliyati va shu kabilar bilan belgilanadi


Bolalarga ta’lim berish jarayonida tarbiyachi har xil metodlardan, usullardan foydalanish:

Ko'rgazmali


Og'zaki

Amaliy

O'yin metodlari


Kuzatish


Tushunish


Mashq

Didaktik o'yinlar

Ko'rsatish


Hikoya qilish


Mustaqil ish


Harakatli o'yinlar


TV dan foydalanish


So'zlab berish


Oddiy tajriba


Mashqli o'yinlar




O'qib berish




Insenirovkalar




Suhbat



Kundalik axborot


Kuzatish metodi. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish Imkonini beradi. Bunda bolalar ko'rish, eshitish, sezish idroklari orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu esa asosan yangi bilim berishda qo'llaniladi.



Kuzatish-bolalarning narsa, voqealarning ma'lum maqsadi bilan rejali idrok etishidir. Kuzatish metodi ma’lum obyektlarni kuzatishda yetakchi o'rinni egallaydi.
Namoyish etish metodi. Bu metod tarbiyachi bolalar­ga narsani o'zini yoki tasvirini ko'rsatadi. Bu bevosita ko'rib bo'lmaydigan narsalar (boshqa tabiy zonadagi hayvonlar, o'simliklar, kishilar hayoti bilan) qo'llaniladi.
Hikoya qilib berish-materialni aniq, obrazli, ta’sirchan bayon qilish. O'rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali o'qib berish.
Suhbat metodi. 3-4 yoshli bolalar bilan o'tkazilmaydi. 4-5 yoshli bolalar bilan ham qisqa suhbat o'tkaziladi. 6 yoshdan boshlab suhbat mustaqil mashg'ulot sifatida o'tkaziladi.

Yüklə 410,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin