Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari. Reja



Yüklə 410,7 Kb.
səhifə41/50
tarix20.10.2023
ölçüsü410,7 Kb.
#158214
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50
Mavzu Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha p-fayllar.org

Aqliy tarbiyaning ruhiy va fiziologik asoslari. Bola har doim buyumlar va hodisalar orasida bo’ladi, doimo biror bir narsa bilan tanishadi, nimanidir bilib oladi, ushlab ko’radi, hidlaydi, totib ko’radi, nimagadir quloq soladi. Shu tariqa bola dunyoni bilib boradi.
Tevarak atrofdagi buyumlar, bolaning sezgi organlari (ko’z, quloq va hokazolar) analizatorlariga ta’sir etadi va sezgi hosil qiladi. Sezgi bolalarga buyumlarning ayrim hossalarini:
sovuq issiq, g’adur –budur, silliq –yaltiroq, xushbo’y va hokazolarni bilib olishda yordam beradi. Sezgi atrofidagi muhitni bilishning daslabki bosqichi hisoblanadi. Bola sezgi tufayligina tevarak atrofdagi narsalar to’g’risida bilish tajribasini to’plab borishi mumkin. Idrok ancha murakkab ruhiy jarayon bo’lib, sezgilar asosida hosil bo’ladi. Bola qo’lida ushlab ko’rib, qarab chiqib va yeb ko’rib, uni yaxlit bir buyum, ayni bir vaqtda dumaloq, qizargan, xushbo’y, mazali va hokazo tarzda idrok qiladi. Bola olmani yaxlit bir buyum tarzida tasavvur qilishi uchun birdaniga bir nechta analizator ko’rish, sezish va hid bilish analizatorlaridan foydalanadi.
Analizatorlarining bir vaqtining o’zida birdaniga ishlashi buyumning hossasi va belgilarini aniqroq hamda to’laroq bilish imkonini beradi. Shuning uchun katta yoshdagi kishilar bolani ilk yoshlik chog’idan boshlaboq aqliy jihatdan to’g’ri tarbiyalash maqsadida buyumlarni ko’proq analizatorlar yordamida irok qilishga imkon tug’dirishlari, analizatorlarning rivojlanishiga, ya’ni bolaning sensor madaniyatiga aloxida e’tibor berishlari kerak. Tushunchalar, ilmiy g’oyalar, tevarak atrof hayot va uning hamma boyligi, uning har xil ko’rinishidagi bilimlar, faktlar yosh avlod o’zlashtirib olish lozim bo’lgan bilimlar jumlasiga kiradi. Bolalarning bilim, malaka va ko’nikmalaridan o’zlarning har xil faoliyatida, mehnatida yaxshi foydalanish bilishning haqiqiy yo’lidir. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarda bilishning umumiy qonuniyatlari uning bilish faoliyatida borliqni bilib olishdan namoyon bo’ladi. Hozirgi zamon psixologiyasining erishgan natijalari shuni ko’rsatdiki, bolaning tafakkurini ko’rgazmali-xarakatli, ko’rgazmali-obrazli va so’z mantiqiy yo’li bilan shakllantirish kerak. Bu degan so’z, bolalarni avvalo ko’ra oladigan, seza oladigan buyumlar bilan tanishtirib, keyinchilik tasavvur shakllariga o’tish mumkin ekan. Metod va usul tanlashda xam yuqoridagilarga rioya qilish zarur. Shuning uchun xam ilk va bog’cha yoshdagi sensor tarbiya aqliy tarbiyaning muhim bo’limi xisoblanadi. Bola nutq paydo bo’lishidan ancha oldin (bolalar bir yoshga to’la boshlaganda birinchi bor gapira boshlaydi) u tevarak atrofdagi odamlar va buyumlar dunyosini katta yoshdagi kishilar yordamida bilib oladi. Ona bolasiga o’yinchoqni uzatar ekan: (“Mushukchani ol”,deydi.) bola qo’lini cho’zib uni oladi. Bolaning ko’rib idrok qilishi (u o’yinchoqni ko’rib turibdi) eshitish bilan qo’shiladi (bola onasining o’yinchoqni nima deb aytganligini eshitadi), hissiy idrok bilan so’z o’rtasida o’zaro ta’sir sodir bo’ladi. Agar ona “mushukchani ber”, “mushukchani olib kel” deb bir necha marta takrorlasa, bola muayyan o’yinchoqning nomini yaxshi eslab qoladi.
Pirovardida “mushukcha” degan so’z bola hayolida ma’lum bir buyumni hosil qiladi. Bolalarning tushunishi va ularda nutqning paydo bo’lishi ularning aqliy jihatdan o’sishining ancha yuksak bosqichidir. Bola buyumni o’zi ko’rib, ushlab turgandagina emas, balki buyum to’g’risida katta yoshdagi kishilar gapirib berganda ham bilib oladi. Bu bilish jarayonini ancha tez, chuqur va qiziqarli jarayonga aylantiradi. Ona tilidagi so’zlarni egallash va so’z ma’nolarini asta sekin tushunib borish maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning aqliy jihatdan rivojlanishida katta rol o’ynaydi. Ulug’ rus fiziologi I.M.Sechenov bunday deb yozgan edi: “Bola gapirishning o’rganib olgandan keyin unda tevarak atrofdagi narsalarga qiziqish va ularni bilishga intilish oshib boradi, bu hol bolaning onasiga: nega stol yurmaydiyu, quyosh esa oyoqsiz yuradi, kechqurun u qayerga yashirinadi, nima uchun shamol g’uvullaydi?”kabi savollar berishga sabab bo’ladi”. Bola 3 yoshga to’lganda undagi so’z zapasi 1200 -1500 taga yetadi. Bola katta yoshdagi kishilar unga nima haqida gapirayotganlarini yaxshi tushunadi. Bu katta yoshdagi kishining nutqidan har tomonlama tarbiyalashning kuchli vositasi tarzida foydalanish imkoniyatini beradi. Bola atrofdagilarning nutqini qanchalik yaxshi tushuncha, tarbiyachining so’zi bolalar bilan olib boriladigan ishlarda shunchalik ko’po’rni egallaydi. Ikkala signal sistemasi, ya’ni hissiy idrok bilan so’zning o’zaro aloqala bo’lishi aqliy rivojlanishning asosini tashkil etadi. Kattalar nutqini tushunish bolalar bilim doirasining kengayishiga imkon beradi, eng oddiy aloqa va munosabatlaring tushunishlariga hamda 6-7 yoshlarga kelib ba’zi bir mavhum tushunchalarni (balandlik, do’stlik va hokazolarni) egallab olishlariga yordam beradi. Dastlab bolada faqat ixtiyorsiz diqqat rivojlanadi (u diqqat e’tiborini qiziqarli narsalarga qaratadi). Keyinchalik muntazam ravishda tashkil etib, amalga oshirilgan ta’lim –tarbiya ishlari natijasida ixtiyoriy diqqat tarkib topib boradi. Bola kattalarning topshirig’ini, uyda va bolalar bog’chasida o’z o’ziga xizmat ko’rsatishga doir ba’zi bir ishlarni tartib bilan bajarib borishi natijasida endi u o’zini unchalik qiziqtirmaydigan, lekin topshiriqni yoki bolalar jamoasining talablarini bajarish uchun zarur bo’lgan ishlarni ham bajarishga odatlanib boradi. Dastlabki vaqtlarda bolaning diqqati beqaror bo’ladi. Shuning uchun katta yoshdagi kishilar bolalarning faoliyatini yo’lga qo’yishi va topshiriqlarni aniq belgilab berishi kerak. Shunday qilinganda ixtiyoriy diqqatni rivojlantirib borishga sharoit yaratiladi.6 7 yoshlarga kelib, bolalarda o’z diqqatini mustaqil suratda to’plash malakalari hosil bo’ladi, lekin ular diqqatni uzoq vaqt bir joyga qarata olmaydi. Shuning uchun bolalarning mashg’ulot, o’yin, dam olish, ovqatlanish va uxlash vaqtlarini to’g’ri taqsimlash zarur. Bolalarning aqliy jihatdan o’sishida xotira katta ahamiyatga ega. Xotira inson hayotdan muhim rol o’ynaydi. Bola tug’ilganida hyech narsani bilmaydi va hyech narsa qilolmaydi. U rivojlanishning birmuncha yuqoriroq darajasiga ko’tarilib, biron bir foydali ish qilish uchun ko’pgina bilim va malakalarni eslab qolish va xotirasida saqlashi lozim. Xotiraning rivojlanishi bolaning hayot sharoitlariga uning ta’lim va tarbiyasiga bog’liq. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning xotirasi ko’pincha beixtiyor tarzda bo’ladi, bunda bola buyumlarni amaliy mashg’ulotlar yoki o’yin o’ynash jarayonida o’z –o’zidan esda saqlab qoladi. Maktabgacha tarbiya yoshida beixtiyor esada olib qolish bilan birga ixtiyoriy eslab qolish kurtaklari ham paydo bo’la boshlaydi. Bu o’zgarishlar, bolalar faoliyatining murakkablashuvi kattalar talabining ortishi natijasida ro’y beradi. Masalan, kattalar boladan biror topshiriqni hozir emas, balki bir qancha vaqtdan keyin bajarishni talab qoladilar (buning uchun topshiriqni ixtiyoriy ravishda eslab qolish kerak) yoki bir necha kun oldin (masalan, sayr vaqtida, dam olish kuni uyda) nima bo’lganligini aytib berishni taklif qiladilar, buning uchun esa o’sha narsalarni yodga tushirish lozim. Bola jamoa tarzidagi o’yinlar va mashg’ulotlarda qatnashar ekan, u tevarak atrofdagi kishilar talab qilgan, tarbiyachi ko’rsatgan narsalarni eslab qolishni o’rganadi. Ruhiy faoliyatning maxsus shakli –hayol maktabgacha tarbiyayoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Hayol bolaning hayoti jarayonida uning faoliyatida, ta’lim va tarbiya ta’sirida tarkib topadi. Bolaning hayoli u syujetli o’yinlar o’ynay boshlaganida, ularga kattalar qiziqarli ertaklar aytib berganida, o’sha ertaklarga qiziqish orqali xayolning ko’proq konkret vaziyatga bog’liq bo’ladi (masalan, qo’g’irchoq ko’rinib qolsa, uni uxlatadi, mashina bo’lsa, biror narsani tashiydi va hokazo). Katta bog’cha yoshiga kelganda bolaning tajribasi ortib, faoliyati murakkablashadi va buning natijasida bola xayolida sezilarli o’zgarish yuz berayotganini kuzatish mumkin. Bola ko’rganlari, eshitganlari, ishlagan rasmlari, buyumlari to’g’risida maroq bilan anchagina yaxshi hikoya qilib berishi mumkin. Bolalarning bunday hikoyalari faqat real borliqni aks ettirib qolmay, balki endi ularni ijodiy boyitib, hatto o’zgaritirib ham hikoya qilib berishlari mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning xayolini rivojlantirish ularni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Bilishga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish. Bilishga doir ruhiy jarayon sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, shuningdek, nutqni rivojlantirish aqliy tarbiyaning muhim vazifasidir. Tevarak atrofni bilish sezgi va idrokdan boshlanadi. Ularning rivojlanganlik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, borliqni bilib olish imkoniyati shunchalik ko’p bo’ladi. Shuning uchun bolalar bog’chasida sensor tarbiyaga katta e’tibor beriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutqni rivojlantirish alohida rol o’ynaydi. Inson o’z fikrlarini ifodalash va boshqalarning fikrlarini tushunish uchun ona tilidan foydalanadi. Nutqni egallash bolaga bevosita va bavosita (hikoya, badiiy asar, tarbiyachining tushuntirishi va h.k.) yo’l bilan borliq haqida bilimlar hosil qilishga imkon beradi. Bolalar bog’chasida lug’at boyligini oshirish, so’zning grammatik tuzilishini shakllantirish, bog’lanishli nutqni rivojlantirish vazifalari hal etiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ongli ravishda eslab qolish qobiliyati tarkib topadi, xotira hajmi kengayadi; vazifa ixtiyoriy diqqatni mashq qildirish, uni foydali bilimlar bilan boyitishdan iborat. Hayol ijodiy faoliyat uchun zarurdir, shuning uchun uni bog’cha yoshidan boshlab rivojlantirib borish katta ahamiyatga ega. Maktabgacha tarbiya yoshining daslabki bosqichlarida bolalarda tasavvur hayoli bo’ladi, hayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy hayol tarkib topadi. Kichik maktabgacha tarbiya yoshidagi bola uchun ko’rgazmali harakatli, ko’rgazmali obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so’z, mantiqiy tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda analitik – sintetik tafakkur faoliyatini tarkib toptiradi, bu esa hodisalarni, voqealarni chuqur anglab olish, ulardagi muhim va muhim bo’lmagan tomonlarni ajratishga o’rgatadi. Qiziquvchanlik bolaga xos xususiyatdir.
U bolani tevarak atrofdagi voqyea va hodisalarga, narsa va buyumlarga qiziqish bilan qarashida, hamma narsani ushlab, paysaplab, yurgizib, harakatga keltirib ko’rishida, qiziqtirgan narsasini diqqat bilan tomosha qilishi va kuzatishida namoyon bo’ladi. Bolaning savollaridan undagi qiziquvchanlik qay darajada ekanligini aniqlab olsa bo’ladi. Tarbiyachi kuzatishlar tashkil etib, bolalarda paydo bo’lgan savollarga o’z vaqtida javob berishga harakat qiladi, ularning fikrini mustaqil javob berishga harakat qiladi, ularning fikrini mustaqil javob qidirishga yo’llab, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda qiziquvchanlikning susayishiga yo’l qo’ymaydi.
Bolani maktab ta'limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning ahamiyati kattadir. Bolani bilimlarini egallab olishlari ularni aqliy faolligini rivojlantirish aqliy malaka va ko'nikmalarini egal­lab olishlari ularni maktabda muvaffaqqiyatli o'qishlari uchun bo'lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishida manba bo'lib xizmat qiladi.
Odamning aqliy faoliyati-bu umumiy ham maxsus aqliy harakatlar xilma-xil sistemalarining katta miqdoridir. Ko'pgina vazifalarni hal etishda qo'llaniladigan keng ko'lamdagi aqliy harakatlarni shakllantirish ayniqsa, muhimdir. Bunday harakatlarga tahlil, qiyoslash, umumlashtirish kiradi.
Ham umumiy, ham maxsus aqliy harakatlarni egallash aqliy faollik va mustaqillikning rivojlanishini ta’minlaydi. Aqliy faoliyatning moslashuvchanligi va jo'shqinligini, hodisalarni xilma-xil aloqalar va munosabatlarda ko'ra bilishni shakllantirishga yordam beradi. «Aqliy mehnat madaniyati» tushunchasiga aqliy faoliyatning umumiy tartibliligi, rejaliligi, vazifani qabul qilish va o'rtaga qo'yish, uni hal etish usullarini tanlash, ishlab chiqilgan harakat rejasini izchil amalga oshirish natijalarini baholash mahorati kiradi.
Aqliy mehnat madaniyati aqliy faoliyatning maxsus malakalari va ko'nikmalarini, kitob bilan ishlash ko'nikmalarini egal lash darajasi, ilmiy bilish usullari va metodlarini, turli yordamchi vositalardan foydalanish bilan ham bog'liqdir. Aqliy tarbiya vazifalaridan har biri maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashni tashkil etishda hisobga olish lozim bo'lgan bir qancha vazifalarni o'z ichiga oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.
Boladagi qiziquvchanlik va aqliy faollikning qay darajada rivojlanganligini bolaning aqliy ko'rsatkichining yuqoriligida ko'rish mumkin. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini, ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat. Bolalar bog’chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish vazifasi turibdi. Psixologiyada ma’lum bir faoliyatni muvaffaqiyatli egallab olish uchun shart –sharoitlar yaratadigan shaxsiy xususiyatlarni qobiliyat jarayonida namoyon bo’ladi va rivojlanadi. Insonning aqliy qobiliyati aqlning ziyraklik –fahm farosatlilik (aqliy reaksiyaning tezligi), tanqidiy ko’z bilan qarash (fakt, hodisa, mehnat natijalarini xolisona baholash va ularni tahlil qilish, xatolarni payqash qobiliyati va hokazo), sinchkovlik (aqliy vazifani hal etish yo’llarini izlash, to’g’ri javob qidirish uchun turli usullardan foydalanish qobiliyati), sermulohazalilik kabi sifatlari bilan ajralib turishi mumkin.
Shunday qilib, tarbiyachi bolalarda aqliy sifatlarni rivojlantiruvchi faoliyatlarni tashkil etib borishi kerak. Bolalarda ziyraklikni o’stirish uchun tez javob qaytarishni talab etadigan o’yinlarni tashkil etadi (“Keyingi sonni ayt”, “aksini ayt”,“uchadi uchmaydi” va boshqalar); tanqidiy qarash qobiliyatini rivojlantirish uchun bolalarni tengdoshlarining ishini, javobini tahlil qilishga jalb etadi; sinchkovlikni rivojlantirish uchun eng oddiy tadqiqotchilik ishlarini tashkil qiladi, jumboqli masalalar yechishni taklif etadi. Aqliy ko’nikma va malakalarni rivojlantirish, ya’ni eng oddiy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo’lmagan belgilarni ajratib ko’rsatish, boshqa predmetlar bilan taqqoslash va hokazolarni tarkib toptirish maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko’nikma va malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari bo’lib, bolaning bilimlarni muvaffaqiyatli egallab olishiga yordam beradi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari

Aqliy malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish.
Aqliy ko’nikma va malakalarni rivojlantirish,yani eng oddiy faoliyat usullari,predmetlarni tekshirishni ulardagi muhim va muhim bo’lmagan belgilarini ajratib ko’rsatish, boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir.Bu ko’nikma malakalar bilish faoliyatini tarkibiy qismlaridan bo’lib,bolaning bilimlarini chuqur egallab olishiga yordam beradi.

Bolalarda tabiat va jamiyat to’g’risidagi bilimlar sistemasini,ilmiy dunyoqarashini shakllantirish.Bola tevarak atrofdagi narsalar,ularning vazifasi,ba’zi sifatlari ba’zi xossalari,haqida qaysi materiallardan tayyorlanganligi to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lishi kerak.U tabiat hodisalariniularning o’zaro bog’liqligi va qonuniyatlarini bilib oladi.Jonsiz tabiat o’simliklar,hayvonlarni kuzatish jarayonida bolalarda borliq to’g’risidagi tasavvurlar shakllanib boradi.

Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish.Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.Bolalar bog’chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish vazifasi turibdi.
Bilishga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish: sezgi,idrok,xotira,xayol,

tafakkur,nutq.Bilishga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish aqliy tarbiyaning muhim vazifasidir.





Yüklə 410,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin