Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari. Reja


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar?



Yüklə 410,7 Kb.
səhifə44/50
tarix20.10.2023
ölçüsü410,7 Kb.
#158214
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50
Mavzu Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha p-fayllar.org

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar?
1.Ta’lim shakli deganda nimani tushunasiz?

2.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulot (faoliyat)ning qandayturlari mavjud?


3.Mashg‘ulotning bolalarni maktabga tayyorlashdagi ahamiyatinimalardan uborat?
4.Bolalarga yangi bilm beruvchi mashg’ulotlar qanday tashkil etiladi?
5.Bolalarni to’plagan bilim va tajribalarini mustahkamlovchi mashg’ulotlar qanday tashkil etiladi?
6.Bolalarni bilimini sinovchi mashg’ulotlar qanday tashkil etiladi?

Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni sensor tarbiyasi.
REJA:
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni sensor tarbiyasi.
2.Sensor tarbiya mazmuni.
3.Maktabgacha yosh sensor jarayonlarni rivojlanish davri.


Tayanch sozlar:hissiy bilish,sensor,idrok, tasavvur,diqqat, intellekt,iroda.
Hissiy bilish maktabgacha yoshidagi bolalikda alohida ahamiyatga ega. Fikrlash va nutq yetakchi o'rin tutadigan mantiqiy bilish hissiy tajribadan kelib chiqadi. Sensor rivojlanish har qanday amaliy faoliyatni muvaffaqiyatli egallashning sharti hisoblanadi.

Tevarak-atrofdagi borliqni bilish sezgi va idrokka asoslanadi. Tasavvurning asosini bevosita sezish orqali idrok qilish tashkil etadi. Bunday tasavvurning aniqligi, to'laligi sensor jarayonlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Sensor tarbiya sezgi va idrokni biror maqsadga qaratilgan holda rivojlantirishdir. "Sensor” so'zi lotincha "sensus” - "tuyg'u”, "sezgi”, "idrok", "sezish qobiliyati” ma’nolarini anglatadi. Borliqni bi­lish sezgi, idrok qilishdan boshlanadi.


Inson ko'rish, sezish va hokazolar yordamida tevarak - atrofdagi narsa va hodisalar to'g'risida bilimga ega bo'ladi, faqat shular asosidagina unda xotira, tafakkur, xayol jarayonlari hosil bo'ladi.
Sensor tarbiyani shakllantirishda avvalo ilk bolalikdan alohida e’tibor qaratish lozim. Negaki, ilk bolalik davridan idrok qilish , sezish natijasida aqliy harakatlar, narsa va hodisalarning xususiyatlarini analiz hamda sintez qilish, umumlashtirish va yaxlitlash protsessi yuzaga keladi. Bu esa o’z navbatida maktabgacha yoshdagi bolalar sensor tarbiyasini kechiktirmasdan olib borishni taqazo qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda hamda ularda “tuyg’u, sezgi, idrok , sezish kabi qobilyatlarni shakllantirishda sensor tarbiya muhim o’rin tutadi. Sensor tarbiya bu - sezgi va idrokni biror maqsad asosida rivojlantirishdir.
Shuni ta’kidlash joizki maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlanish davri sanaladi. Shuning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim o’rin tutadi. Sensor tarbiya bolalarda hissiy bilish qobilyatlarini shakllantirishga va sezgi –idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik jarayondir. Bog'cha va kichik maktab yoshidagi bolalar aqliy bilimining 10,9 qismini sezish orqali idrok etilgan taassurotlar tashkil etadi. Sezgi va idrok qanchalik boy bo'lsa, insonning tevarak- atrofdagi olam haqidagi tasavvurlari shunchalik keng bo'ladi. Bolalarning sensor madaniyati, unda sezgi va idrokning rivoj­lanish darajasi bilish faoliyatining muvaffaqiyati uchun muhim shart-sharoit hisoblanadi.
Sensor tarbiya pedagogika fanida bolalarning aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasining asosi hisoblanadi.
Maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlanti­rish davridir. Shuning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim o'rinni egallaydi. Sensor tarbiya hissiy bilish qobiliyatlarini shakllantirishga, sezgi, idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik ta’sir sistemasidir.
Sensor tarbiya bilan ish olib borishda ko’proq pedagoglar hamda ruxshunoslar tinimsiz murojaat qiladilar. Sensor tarbiyani o’rganish hamda rivojlantirishga ko’pgina pedagoglar Frebil, M.Montesseri, O.Dekroli va boshqalar tomonidan yaratilgan ishlari bolalarning qo’ldagi mayda muskullarini rivojlantirishga, rang va uning turlari, turli shakl hamda hajmni yuqori darajada farq qilishga erishishlarini o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Ayniqsa Montessorining “sensor” tarbiya borasida olib borgan izlanishlari salmoqli darajadadir. Montessori o’z tajribasida didaktik materiallarni ko’paytirib, o’z-o’zini nazorat qilish prensipiga qaratilgan izlanishlar bo’lib, bolalarga pedagogning ishtirokisiz , mustaqil shug’ullanish imkonini berar edi. Garchi Montessori bolalar topshiriqni bajarayotganda ularga erkinlik va mustaqillik berishni talab qilsada, u baribir bolalarga narsalarning xossalarini tekshirishning ayrim usullarini o’gatdi. Masalan: tarbiyachi bolaning barmog’i bilan biron bir detalni sirtini aylantirib chiqadi yoki biron nima yasayotganda, chizayotganda qo’lidan ushlab yordamlashvoradi bu esa avtomat tarzda tekshirib turishni ta’minlaydi.
Sensor tarbiya pedagogika fanida bolalarning aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasining asosi hisoblanadi.
Maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlanti­rish davridir. Shuning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim o'rinni egallaydi. Sensor tarbiya hissiy bilish qobiliyatlarini shakllantirishga, sezgi, idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik ta’sir sistemasidir.
Mariya Montesori texnologiyasi aynan shu fikrni olg'a suruvchi usullar majmuyi bo'lib, ma’nan yetuk, mustaqil fikrlovchi, intiluvchan shaxsni tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Shifokor-pedagog Mariya Montesori yaratgan Maktabgacha ta’lim metodikasi maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash borasidagi barcha tizimlar orasida alohida ajralib turadi. Agar ota-onalar o'z farzandlariga rahmdillik, mehr-muruvvat tuyg'ularini uyg'ota olmas ekanlar, u holda bolalar nafaqat begona odamlarga, balki o'z ota-onasiga ham hissiz bo'lib qoladilar. Monte­sori metodikasi bo'yicha maktabgacha yoshdagi bolalarni sen­sor tarbiyalashda quyidagi maqsadlar nazarda tutilishi kerak:
1.Barcha tashqi hissiyotlarni shakllantirish.
2.Tashqi hissiyotlarni tarbiyalash orqali hali to'liq shakllanmagan barcha ruhiy jarayonlarni rivojlantirish kerak. Chunki diqqat, intellekt va iroda to'liq rivojlanmagan bo'ladi.
3.Odatiy bir yoqlama madaniy tasavvurdan xalos bo'lish.
4.Nutq apparatlari orqali tilni rivojlantirish, so'z boyliklarini oshirish.
5.Bolalarning ruhiy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq tarzda, o'z-o'ziga xizmat qilishda ehtiyoj va talablarni rivojlan­tirish.
Yuqorida ko'rsatilgan pedagogik maqsadlarga erishish uchun Montesori yaxshi sharoitda bolani tarbiyalash usullarini tavsiya etadi. Uning materiallari ayniqsa, aqliy faoliyatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yana shuni ta’kidlaydiki, sezgi a’zolarining rivojlanishi, nutqning o’sishi bu bolaning qay darajada rivojlanishiga ham bog’liqdir.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalashda hamda ularda “tuyg’u, sezgi, idrok, sezish” qobilyatlarini shakllantirishda sensor tarbiya muhim o’rin tutadi. Sensor tarbiyani qo’llashdan maqsad - maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning har jabhada qobilyatlarini shakllantirish, o’stirish, yuksaltirishga qaratilgandir. Ma’lumki, bolalarda idrok qilish sezish natijasida aqliy harakatlar , narsa va hodisalarning analiz hamda sentez qilish , umumlashtirish , yaxlitlash hodisasi yuzaga keladi. Bu esa bilish qobilyatining zarur sharti hisoblanadi.
Sensor harakatlarning rivojlanishi darajasi bolaning qobilyatlari shakllanayotganida hamda muayyan bilimlarini va ayrim amaliy ko’nikmalarni egallash jarayonida muhim rol o’ynaydi. Bolada ranglarni va shakllarni ajrata olish qobilyati shakllangan bo’lsa, tevarak –atrofdagi narsalarning xossalarini ko’ra oladi va his qiladi. Bu esa bola biror voqeani tasvirlab aytib berishi, rasm chizishi , loydan nimalarnidir o’xshata olishi, qog’ozdan , matodan turli narsalar qirqishi – qurish – yasash ko’nikmalarini rivojlanishiga imkon beradi. Shuni ta’kidlash joizki, sensor tarbiyaning protsesslari ayniqsa, ilk yosh davrida alohida ahamiyatga egadir. Aynan shu davrda jadal rivojlanadi. Shuning uchun ham mashhur rus tadqiqotchilaridan N.M. Shilavonov bilan N.M. Askarina ilk yoshni “sensor taraqqiyoning oltin davri ” deb ataydilar. Shuningdek, bolalarda sensor madaniyatni dastlabki oylaridan boshlaboq shakllantirib borish zarurligini alohida ta’kidlaydilar.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni buyumlarning shakli, katta –kichikligi va rangi bilan tanishtirish hamda ularda bu xossalarni to’g’ri idrok qilish ko’nikmalarini rivojlantirish masalasi sensor tarbiya sohasiga kiradi. Bu tarbiya qanchalik to’g’ri hal qilinsa , bolalarning faqat aqliy tarbiyasiga emas, estetik, jismoniy, va xatto axloqiy tarbiyasi ham shunchalik ahamiyatli bo’ladi. Masalan: bir yarim yashar bola devorning balandligini ko’rib, sakrash mumkinmi yo’qmi anglay oladimi? Yo bo’lmasa, ikki yashar bola daraxtni bargalarini shakli va rangiga qarab farqlay oladimi? Bir yashar bola kubiklarni ustma –ust qo’yib taxlay oladimi? Bularning hammasi ma’lum darajada bolaning idrok qilishning qanchalik rivojlanganligiga bog’liqdir. Komenskiy – aytilgan narsalarni faqat narsalarda emas, real voqeylikda ko’rsatish juda foydalidir deya tavsiya qiladi.
Biz o’z tajribamizda ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni sensor tarbiyalashda bolalarni ko’rish vositasida tekshirish va shakliga qarab taqqoslash usullarini o’zlashtirishini usul jihatdan mumkinligi, xossasiga qarab narsalar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash ;
Narsalarning shaklini tekshirish va hisobga olish usullarini samarali o’rgatish shartlari amaliy jihatdan yoritish;
Ta’limni amaliy narsalar bilan ishlashni takomillashtirishga bolaning sensor tarbiyasi darajasini oshirishga ko’rsatadigan ta’sirini kuzatish kerakligini aniqladik.
Xulosa qilib shuni aytaolamizki, bolani sensor tarbiya masalalarini o’rganar ekanmiz, faqat idrok qilinadigan hislatlar bilan tanishtirishnigina emas, shu bilan birga estetik madaniyat, mustaqil faoliyat, tasavvur cheksizligi, sezish , his qilish kabi va boshqa ko’plab sensor harakatlarni idrok qilishning oqilona usullari bilan qurollantirish zaruriyati bugungi kunda dolzab masalalardan ekanligi aniq bo’ldi.
Sensor tarbiyaning maqsadi Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning sensor qobiliyatlarini o'stirishdan iborat.
Sensor tarbiya qobiliyatlarni rivojlantirish uchun bolalar buyumning faqat nimaga ishlatilishini, nomigagina bilishi yetarli bo'lib qolmay, balki ular buyumlarni chuqurroq idrok etishi, ularni ushlash, ular bilan muomalada bo'lganda xilma-xil sezgilar ishtirok etishi ham juda muhimdir, deb biladi. Tarbiyachi sensor tarbiyaning ana shu tomonlariga alohida e'tibor berishi, bolalarga tegishli topshiriqlar berishi: buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga olib qo'yishda ularning og'irligini his qi­lish, buyumni qo'lga olib, uning sirtini sezishi va sifatini-issiq yoki sovuqligini ana shunga o'xshashlarini aniqlashi kerak.
Bolalarning yoshi ulg'ayib, hayot tajribalari ortishi, sharoitlarning o'zgarishi bilan idrok etish jarayoni va unga qo'yiladigan talab ham murakkablashadi. Navbatchilar tarelkalarning katta-kichikligi, chuqur yoki yuzaligini, piyola va chinni idishlarning og'irligini, sirtining silliqligini, ushlaganda sovuqroqligini, plastmassa buyumlarning yengilligini his qiladilar. Stollarni u yoq bu yoqqa siljitish, stullarni joy-joyiga qo'yish boshqa harakat sezgilarini uyg'otadi, fazoviy munosabatlarni, kontur chiziqlar va hokazolarni idrok qilishni talab etadi.
Shunga asoslanib, sensor tarbiyaning quyidagi vazifalari belgilanadi:
*Bolalarda perspektiv harakatlarni shakllantirish.
*Buyumlarning xususiyati, sifati, munosabati to'g'risidagi umumlashgan tasavvurlar sensor etalonlar sistemasini shakl­lantirish.
Sensor etalonlar ijtimoiy-tarixiy tajriba jarayonida hosil qilingan namunalardir. Asosiy ranglar, geometrik shakllar, notalarda ifodalangan musiqali tovushlarning turli balandligi ana shunday etalonlar jumlasiga kiradi. Agar bola etalonlar va ularning og'zaki ifodalanishi bilan tanish bo'lsa, uning tevarak-atrofni bilishi oson bo'ladi, u o'zi uchragan buyumlarni ma’lum bir etalon bilan taqqoslaydi hamda buyumning rangi, shakli, katta-kichikligi, detallarining fazoviy joylashishini ay­tib beradi.
Perseptiv harakatlardan, etalonlar sistemasidan amaliy faoliyatda va bilish jarayonida mustaqil foydalanish malakasini shakllantirish.
Sensor tarbiyaninng mazmuni o'z ichiga tevarak-atrofda­gi hamma sensor belgilarni qamrab oladi. Bular bolalarning hamma faoliyatlari orqali amalga oshiriladi va har xil sensor asosga egadir.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bola ranglarni farq qilish va ularning nomini aytishga o'rgatiladi, ularda rang tuslari haqida, bo'yoqlarni aralashtirish natijasida yangi rang yoki tuslar paydo bo'lishi to'g'risida tasavvur hosil bo'ladi, shuningdek ular (nutqning tovush tomonlarini, so'zning tovush tuzilishini tahlil qilish qobiliyatini) va musiqa tinglash o'quvini rivojlantirish ham sensor tarbiya mazmuniga kiradi. Sensor tarbiya, shuningdek, taktik sezgilarni, buyumlarning sifatini paypaslab, ko'rib farqlash va ularni to'g'ri aytish (silliq, mayin, dag'al, yumshoq, og'ir, yengil, sovuq, issiq va boshqalar) ko'nikmalarni rivojlantirish ham sensor tarbiya vazifalaridn biridir.
Bolalar sekin-asta vaqtni tushuna boshlaydilar hamda vaqt tushunchasini o'zlashtiradilar, vaqtning ketma-ketligi va davomliligini anglaydilar. Dastlab bolaning "kecha", "bugun”, "ertaga" tushunchalarini nisbiyligini, vaqtning davomliligini (bir daqiqa, besh daqiqa, bir soat) tushunib olishi qiyin bo'ladi. Bunga tajribaning to'planib borishi va biror maqsadga qaratilgan ta'lim natijasida erishiladi.
Yuqorida aytilganlarga xulosa qilib, sensor tarbiya bolalar­ning hamma faoliyatlarida amalga oshiriladi deb aytish mum­kin.

Yüklə 410,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin