Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1. Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari deganda nimani tushunasiz?
2. Maktabgacha pedagogika fanining predmetini yoriting.
3.Maktabgaca pedagogika fanining predmeti nimalardan iborat?
4.Maktabgaca pedagogika fanining vazifalri nimalardan iborat?
5. Pedagogikaning asosiy tushunchalari nimalardan iborat?
6. Maktabgacha pedagogikaning qanday metodlari mavjud?
7. Metod so’zining ma’nosi nima?
8.Ilmiy tadqiqot metodlarining qanday turlari mavjud?
9. Adabiyotlarni o'rganish metodi qanday tashkil etiladi?
Mavzu:Maktabgacha ta’lim tarixi.
1.Maktabgacha ta’lim tarixi.
2.Maktabgacha pedagogikaning fan sifatida rivojlanish bosqichlari.
3.Maktab va maktabgacha ta’limning tashkil topishi,O’zbekiston mustaqillikkaerishgandan keyingidavrdagi maktabgacha ta’lim.
Tayanchso’zlar:motorika,nutq,bolalar bog’chasi,didaktika,nazariya,rivojlanish,sezgi,hissiyot.
XIX asrning ikkinchi yarmi-XX asrda Shveysarya, Angliya va boshqa Yevropa mamlakatlarida nemis pedagogi Fridrix Frebelning maktabgacha tarbiya nazariyasi keng ommalashdi. Pedagogika tarixida Frebelning ahamiyati shu bilan belgilanadiki, u maktabgacha tarbiya nazariyotchisi bo‘lgani holda maktabgacha pedagogikani mustaqil fan tarmog’iga ajratilishiga ko‘maklashdi. Ayni paytda u ilk bor «bolalar bog’chasi» tushunchasini muomalaga kiritdi.
Fridrix Frebel (1782-1852).
Fridrix Frebelning pedagogik tizimi Bolalar bog’chasining paydo bo‘lishi tarixi 1837-yilga borib taqaladi, bolalar bog’chasining asoschisi deb taniqli nemis pedagogiFridrix Frebel hisoblanadi. Aynan u Germaniyaning Bad Blankenburg shahrida bolalar uchun tashkil qilingan muassasasini “bolalar bog’ chasi” deb atadi va ushbu atama butun dunyoda umumiy tarzda qabul qilindi. Shunday savol tug’iladi: Nima sababdan muassasa “bolalar bog’chasi” deb ataladi? Taxminlardan biriga ko‘ra, F.Frebel bolalarni “Olloh ekinlari” deb hisoblagan, ya’ni ular g’amxo‘rlik va parvarishga muhtoj o‘simliklar bog’i hisoblanadi. Yana bir taxmin shundan iboratki, nemis pedagogi Sorbixdagi “Saroy bog’ida” deb nomlangan sobiq mehmonxonada “bolalarni parvarishlash bo‘yicha birinchi muassasa”ni ochgan. Farzandlarini muassasaga olib borar ekan, shaharcha aholisi boqqa ketayapmiz, deb aytgan. Chunki bolalar bog’chasi o‘zining dizayniga ko‘ra gullar va daraxtlarga o‘ralgan bog’ bo‘lgan. Bolalar bog’chasi tarbiyachilarini nemis pedagogi “bog’bon qizlar” deb atagan, bu bilan u bolalarga bo‘lgan mehrini ifodalagan, pedagoglarni bolalarga voyaga yetishi va rivojlanishi uchun ko‘maklashishga da’vat etgan. Frebelning bolalar bog’chalari shuningdek, vaqtincha oila o‘rnini bosish va ota-onalarga tarbiya ishlariga yordamlashish uchun tashkil qilingan: onalar bilan bolalar birga kelishi, ular bilan o‘ynashi va bog’bon qizlardan o‘rganishi mumkin bo‘lgan.
Shu tarzda, F.Frebelning katta xizmati bolalar bog’chasining ochilishi, shuningdek maktabgacha ta’lim uslubiyotining yaratilishi bo‘ldi. Uning asosini bolalarga boigan cheksiz mehr tashkil qiladi. Ushbu uslubiyotning asosiy jihatlarini sanab o‘taylik: o‘yin, nutqni rivojlantirish, jamoaviy tarbiya, mehr-muhabbat bilan o‘rab olish, jazolarning yo‘qligi va tarixda qolib ketgan «Frebel tuhfalari».
Bolalar tarbiyasiga katta e’tibor qaratar ekan, Frebel o‘yinlami o‘z uslubiyotining asosi deb bilgan, bular: ijodiy, harakatli, fantaziyali, taqlidli va h.z. o‘yinlar. Shuni ta’kidlash kerakki, aynan Frebel didaktik o‘yinlar tizimini yaratishga asos solgan. U didaktik o‘yinlar va turli tuman mashg’ulotlami o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalami ishlab chiqqan. Olim olib borgan ishlar unda shunday e’tiqodni shakllantirdiki, «bolalar o‘yinibu turmush ko‘zgusi va ichki olamning erkin namoyishi»dir.
F.Frebel mayda motorika yordamida bolalar nuqtini rivojlantirishni taklif qilgan. U ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish bosqichlarini batafsil ko‘rsatib bergan hamda buyum bilan tanishishni uning nomini atashdan boshlash kerak, degan talabni ilgari surgan.
Nemis pedagogining fikricha, turli materiallar bilan ko‘plab mashqlar bajaruvchi bolalar boshqa bolalardan ancha avval so‘zlay boshlaydi.
Frebel xilma-xil bolalar faoliyati turlari va mashg’ulotlami taklif etgan, bular: mozaika, munchoqlar, cho‘plar, qog’ozlar, bo‘yoqlar bilan ishlash, rasm chizish, qog’ozdan to‘qish, qog’ozni qirqish, loydan narsalar yasash. Origamiga katta e’tibor qaratilgan (ya’ni qaychidan foydalanmasdan turib, qog’ozdan shakllar yasash). Shuningdek, olimning bog’chasida arqonli o‘yinlar; qum o‘ynash, konstruksiyalar yasash uzviy mashg’ulotlar hisoblagan. Bular ijodiy qobiliyatni o‘stirish, intellektni shakllantirish, dunyoni abstrakt holda qabul qila olish, noan’anaviy qarorlar qabul qilish layoqatini rivojlantirishga ko‘maklashadi. 0‘yin jarayonida bolalar bilan suhbatlashish ham ko‘zda tutilgan. Suhbat mavzusi Frebelning fikricha, avvaldan tayyorlanib, bolaning faoliyat bilan shug’ullanish va boshqa bolalar bilan muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun, uni tengdoshlari jamoasida tarbiyalash kerak. Ushbu g’oyani u chuqur pedagogik asos bilan mustahkamladi va uni keng ommalashtirish bo‘yicha ko‘p ishlarni amalga oshirdi.
F.Frebel jamoaviy tarbiyani insoniyat asosi, deb bilgan. Shu sababli u bolani majburiy tartibda jamoaviy faoliyatga jalb qilish, ya’ni uning bolalar bog’chasiga qatnashi zarur, deb hisoblagan. U bolaning tanasini rivojlantirish zarur, tashqi hissiyot sezgilarini mashq qildirish, ularni odamlar va tabiat bilan tanishtirish kerak, deb hisoblagan. Shu kabi o‘yin jarayonida bolani maktabga tayyorlash,bog’dagi o‘simliklar kabi, ularga rivojlanishida yordamlashish kerak, deb bilgan. Ayni paytda har bir bolaning individualligini yodda tutishga da’vat etgan. Shu sababli bog’da katta gullar to‘plami bo‘lgan, bolalar gullarni guruh bo‘lib parvarish qilgan, ayni paytda bitta bolaga biriktirilgan o‘simlik ekilgan tuvak ham bo‘lgan.
F.Frebel uslubiyotining g‘oyasibarcha narsalar bolalarga. Olim bolalarga hayvonlar haqidagi voqealarni aytib bergan, zero bolalar hayvonlarni yaxshi ko‘rishini tushungan. So‘ngra bolalarning gullarga mehri balandligini anglagan. Shu sababli uning tarbiyalanuvchilari gullarni mustaqil parvarishlay boshlagan. Asta-sekin musiqaning bolalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini sezgan. Shundan kelib chiqib, bolalar ashula ayta boshlagan va «bog’bon qizlar»ning (ya’ni, tarbiyachilarning) ashulalarini tinglagan.
Frebel jazolarga, bolalarga nisbatan har qanday shafqatsizlik namoyishlariga qarshi bo‘lgan. Fridrix Frebel haqida so‘z ketganda uning «tuhfalarini» alohida eslatish kerak. «Frebel tuhfalari» - bu olim tomonidan ishlab chiqilgan didaktik material bo‘lib, bolani ilk yoshda rivojlanishiga mo‘ljallangan. Bu bolaning turli ko'nikmalari va layoqatlarini mashq qildiruvi o‘yinchoqlar tizimidir. Har bir o‘yinchoq bolani rivojlantirishga ko‘maklashadi hamda undan foydalanishda muayyan qoidalami ko‘zda tutadi. F.Frebel 6 ta nomdagi “Tuhfalar”ni taklif etdi:
Birinchi tuhfa-bu koptok. Bu birinchi o‘yinchoq, chunki shaming burchaklari yo‘q, bola uchun qulay. Material sifatida ko‘pincha mayda, yumshoq, jundan to‘qilgan shar-koptoklar taklif qilingan. Har bir koptokka ip bog’langan. Bolaga turli rangdagi koptokni ko‘rsatish orqali ona uni ranglami farqlashga o‘rgatgan. Koptoklar turli ranglarga bo‘yalganqizil, yashil, sariq, to‘q sariq, oq, ko‘k va binafsha rangli koptoklar bo‘lgan.Shar-koptokni turli tomonga: «yuqoriga-pastga», «chapga-o‘ngga», «oldinga-orqaga» tebratar ekan, ona harakatlar nomini aytadi va bolani makondagi harakatlar bilan tanishtiradi. Bolani tasdiq va inkor bilan tanishtirish maqsadida ona shami kaftiga qo‘yib, so‘ng uni yashirar ekan, «Koptok bor-koptok yo‘q» deb aytadi.
Ikkinchi tuhfa - kichik o‘lchamli: yog’och kub, shar va silindr bo‘lgan. Aniqlik kiritamiz: shar diametri, silindr asosi va kubik tomonlar bir xil. Ularning yordamida bola ashyolarning turli shakllari bilan tanishadi. Kubik o‘z shakli va barqarorligi bilan sharning aksidir. Shar nemis olimi tomonidan harakatlanish ramzi, kubik esabarqarorlik ramzi, xilma-xiliikda yagonalik ramzi hisoblanadi. Shu narsa nazarda tutiladiki, kub yagona, ammo unga qaysi tomondan qarayotganmgizga ko‘ra ko‘rinishi turlicha bo‘ladi: qirrasi, tomoni, uchi bilan. Silindr sharing ham, kubning ham xossalarini birlashtiradi: u asosiga qo‘yilganda barqaror, yotqizilganda harakatlanadi.
Uchinchi tuhfa-bu 8 ta kubikka bo’lingan kub. Ya’ni, kub o‘rtasidan bo‘lingan, har bir qismi esato‘rt bo‘lakka. Buning yordamida, Frebelning fikricha, bola butun narsa va uning tarkibiy qismlari haqida tasawurga ega bo‘ladi. Shu tufayli bola o‘z ijodini rivojlantirish, kubiklardan narsalar qurish, ularni turlicha kombinatsiyalarga birlashtirish imkoniga ega bo‘ladi.
To‘rtinchi tuhfa-bu o‘sha o‘lchamli kub bo'lib, u 8 ta plitkaga bo’lingan.
Ya’ni, kubik o‘rtasidan bo‘linadi, har bir qismi esato‘rtta cho‘ziq plitkaga bo‘linadi. Har bir plitkaning uzunligi kubik tomoniga teng, qalinligi ushbu tomonning to‘rtdan bir qismiga teng.
Beshinchi tuhfa-bu 27 ta mayda kubiklarga bo’lingan kub, ulardan to‘qqiztasi yanada mayda bo‘laklarga bo‘lingan.
Oltinchi tuhfa-bu ham 27 ta kubikka bo‘lingan kub bo'lgan, ularning aksariyati yana qismlarga: plitkalarga, diagonaliga ko‘ra bo‘lingan.
Shu tarzda Frebel bo'yicha bolalar bog’chasining maqsadi va tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi:
-faoliyatning 3 ta turigao‘yin, o‘quv, mehnatga yo‘naltirilganlik;
-bola hissiyotlarini rivojlantirish;
-bolaning tanasi va ruhini mustahkamlash;
Metodik ishlar (kutubxona, bolalar adabiyoti, metodik qo'llanmalar)
-Chet ellarda Maktabgacha ta’lim tizimi
-Ilg'or ish tajribalaridan namunalar
-Maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun maslahatlardan iborat bo'lgan.
Maktabgacha pedagogika sohasi bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan pedagog-psixolog Pavel Petrovich Blonskiy (1884-1941):
-Bolalarningyoshxususiyatlari (1934-y), ko'nikmalarimuallifi, asosanbolalikningilkyoshdavrxususiyatlariustidatadqiqotlarolibborganolimdir.
StanislavTeofilovichShaskiy (1878-1934) pedagogolim, uMaktabgachata'limningmazmunivametodlariustidailmiytadqiqotishlariniolibborgan. Uning rahbarligida pedagogik texnikum tashkil etilgan. U tomonidan "Bolalar mehnati va dam olishi” deb nomlangan jamiyat ish olib borgan. Uning "Deti rabotyagi budushego" (1908) asari bolalar tarbiyasining muhim jihatlarini keng yoritib bergan.
Luiza Karlovna Shleger (1863-1942) - Maktabgacha ta'lim sohasi bo'yicha ko'zga ko'ringan olima. U tomonidan "Materiali dlya besed s malenkimi detmi", "Prakticheskaya rabota v detskom sadu” (1915 g) nomli kitobida bolalarning o'yin va mehnat faoliyatini tashkil etish masalalari o'rin egallagan. U Maktabgacha ta’lim bo'yicha kadrlar tayyorlash ishida faol ishtirok etgan.
Lidiya Ivanovna Chulitskaya (1870-1938) taniqli pedagog- shifokor, ilk yosh davr gigiyenasi bo'yicha olima. Uning "Gigiena detskogo sada" (1923 g), "Gigiena detskogo vozrasta” (1938 g), "Razvitie dvijeniy u detey na pervom i vtorom godu”, "Igri v doshkolnom vozraste" asarlari Maktabgacha ta’lim sohasi rivojida muhim o'rin tutdi. Shuningdek, u Maktabgacha ta'lim bo'yicha kadrlar tayyorlash; bolalar bog'chalarining sanitariya holatini saqlash masalalarida faol ishtirok etgan.
Hozirgi bosqichda, maktabgacha yoshdagi bolalarni turli vaziyatlarda harakatlana olishga, kutilmagan muammolarni hal qilishga, nafaqat an’anaviy, balki noan'anaviy ijodiy yechimlar topa bilishga va ularni hayotga joriy etishga o'rgatish kerak. Buning yordamida bolalar yangi sharoitlarga moslashish va maktabga tayyorlanish, hayotda yutuqqa erishish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Ta’limning tahlili shuni ta’kidlash imkonini beradiki, zamonaviy ta’lim kompetentlilik yondashuviga asoslanadi. O'zbekistonning maktabgacha ta'lim muassasalarida o'quv ta’lim ishlari «O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari» va "Ilk qadam” maktabgacha ta'lim muassasasining Davlatqo'yiladigan Davlat talablari» va "Ilk qadam” maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dasturi» asosida olib borilmoqda.
"Ilk qadam” MTMsining Davlat o'quv dasturiga muvofiq turli yosh guruhlarida quyidagi rivojlantiruvchi markazlarida ish olib borilishi belgilangan: «Til va nutq», «Ilm-fan va tabiat», «Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika», «San’at markazi», «Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish».Guruh bolalari o'z istagiga binoan xohlagan mazkur markazlardan birini tanlab, faoliyat olib borishi mumkin.
Taqqoslash asosida, maktabgacha ta’limning tarixi bilan hozirgi holati o'rtasida qiziq bir o'xshashlikni qayd etamiz. E’tibor qiling, aynan F.Frebelning "bolalar bog'chasi”da ta’limga nisbatan yuqorida tilga olingan yondashuvlarga asos solingan. Xususan, bu jihat bolalar bog'chasida bolalar faoliyatini tash- killashtirishda namoyon bo'ladi. Bunda, masalan, xonaning bir burchagida bolalar guruhi yog’och kublardan minora yasaydi, boshqa burchagida esa- ikkinchi guruh barmoqlari bilan chizish orqali katta rasmni chizadi. Bunday faoliyat davomida ular quyidagi turdagi masalalarni hal qiladi: "Qanday qilib qursak, minora yiqilmaydi? Minoraga nima bo'ladi yiqiladimi yoki turib qoladimi? Yana qanday ranglar qo'shish mumkin? Qanday geometrik shakllarni qo'shish mumkin?" va h.z. Hozirgi bosqichda bularning barchasi jiddiy ravishda boyitilgan va takomillashtirilgan. Ularga mavzuli tamoyil asos qilib olingan. Butun o'quv yili davomida mavzu belgilangan va har bir oy uchun mavzuning nomi ko'zda tutilgan. Har bir oyning nomi o'z nomiga ega mavzuli to'rtta haftaga bo'lingan va hokazo.
O‘zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta’limning vujudga kelishi vataraqqiyot bosqichlari. O’lkamizda XIX asrning 80-90-yillariga kelib maktabgacha ijtimoiy tarbiya tizimini vujudga keltirish g’oyalari yetila boshladi. O’sha davrda yashab ijod etgan ma’rifatparvar mahalliy ziyolilar ayollarning og’ir ahvoliva bolalar nazoratsizligini e’tiborga olib, bu masalaning yechimini izlay boshlaydi. Jumladan, 1872 yilda Turkistonda tuzilgan “Jamiyati hayriya” tarkibiga kirgan ziyolilar vakillari tomonidan miskinlar uylari, tunashjoylari, ilk tug’ruqxonalar bilan bir qatorda, ota-onasibo‘lmagan bolalar uchun yetimxonalar (dastlabki bolalaruylari) tashkil etildi. Butun Turkiston bo’yicha 150-200nafar bolani qamrab olgan ushbu yetimxonalarda ham yasliyoshidagi, ham maktab yoshidagi bolalar tarbiyalangan. 1891-yilda “Bog’dorchilik” jamiyati tomonidan Toshkent istirohat bog’ida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun “Bolalar maydonchasi” ko’rinishida birinchi bolalar bog’chasi ochilgan. Bolalar bog’chasi uchun istirohatbog’i hududidan sersoya joy ajratib berilgan bo‘lib, bu yerda arg’imchoqlar, qayiqlar o’rnatilgan, turli o’yinchoqlar tayyorlangan. Bundan tashqari, maydonchada kattaginagulzor tashkil etilib, bu yerda bolalar o’simliklarni parvarish qilish bilan mashg’ul bo‘lgan. Ammo 1891-1903yillar mobaynida mablag‘ taqchilligi sababli bog’cha birnecha marta yopilgan.
1896-yilda Turkistonda vasiylar kengashi kambag’allarning bolalari uchun “yasli”lar deb ataladigan muassasalarnituza boshladi. Yasli ishlarini nazoratchi-uslubchi ayol boshqargan, shuningdek xizmat qiluvchi xodimlar ham bo‘lgan. Bu muassasalarda bolalarga o’qish, yozish, sanash bilan bir katorda, talay hunarlar ham o’rgatilgan.Biroq butun o’lka bo’ylab shunday yaslilardagi bolalarsoni 50-60 nafar boladan oshmagan.
Bundan tashqari, mahalliy ziyolilarning sa’yharakati bilan kambag’allarning bolalari uchun Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Namanganda yetimxonalar (bolalar uylari) tashkil etilgan.
1903 yil fevral oyida Toshkentda “Oilaviy ta’lim” xor bo‘lib qo’shiq kuylash, o’qish, rasm chizish, loy va plastilindan narsalar yasash, gimnastika mashqlari muayyan jadval asosida olib borilgan.
E’tiborli jihati shundaki, mazkur to’garakdoirasidagi ayrim bolalar bog’chalarida ota-onalar talabi bilan fransuz va nemis tillari tekin o’rgatilgan.
1937 yil 3 mayda qabul qilingan “Bolalar bog’’chalari to‘g‘risida”gi qarorda
“Qaramog’ida bolalar bog’chalari bo‘lgan xo’jalik tashkilotlari va muassasalari zimmasigategishli ittifoqdosh respublikalarning Sog’liqni saqlash va Xalq maorifi komissarliklari tomonidan bolalar bog’chalari sanitariya-gigiena qoidalari, binolar, jihozlar, qo’llanmalar, ko’rgazmali vositalar bilan ta’minlash,bolalarni ovqatlantirish va ularga tibbiy yordam xizmati ko’rsatish yo’zasidan belgilangan me’yorlarga rioya qilish vazifasi yuklansin”, deb ta’kidlangan.
Jumladan, sog‘liqnisaqlash xalq komissarining buyrug‘iga asosan:
-bolalar bog’chalariga shifokorlarni biriktirish va kamida 100 ta bola tarbiyalanayotgan har bir bolalar bog’‘chasiga bitta hamshira bilan ta’minlash, bolalar poliklinika va ambulatoriyalari hamda umumiy poliklinikava ambulatoriyalarning bolalar bo‘limlari tashkil etib,bolalarga tibbiy yordam ko’rsatish;
- bolalar bog’’chalarini birinchi yordam doridarmonlar bilan ta’minlash;
- musiqa mashg’ulotlarini olib boradigan xodimlar oylik maoshi uchun mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda bolalar bog’‘chalari va bolalar maydonchalarining tarmog’i deyarli ikki barobar ko’paydi. 1944 yil 1 yanvariga kelib, maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning umumiy soni 54 ming nafarni tashkil etdi. Shu yillarda O‘zbekistonning bolalar bog’chalarida sobiq ittifoqning boshqa respublikalaridan ko’chirib keltirilgan 16000 dan ziyod, shu jumladan, 400 ta ota-onasiz qolgan bola tarbiyalangan.
Xalq maorifi komissarlari kengashning 1944 yil 10 noyabrdagi “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish hamda xotin-qizlar va bolalarga tibbiy yordam va maishiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash tadbirlari to’g’risida”gi qarorida respublikalar rabaridoralariga bolalar yaslilari, go’daklar uylari, bolalar maslaxat joylari, emizikli bolalarga sut tayyorlab beruvchi muassasalar, bolalar bog’’chalari va bolalar uylari tarmog’ini kengaytirish, bolalarni mazkur muassasalarga tuliq jalb etishni ta’minlash vazifasi yuklatilgan.
Shuningdek yolgiz onalarning o‘z bolalarini tarbiyalashiga ko’maklashish maqsadida bolalar yaslilari va bolalar bog’’chalarida ularning farzandlarini kun davomida qabul qilish tashkil etilgan.
Xalq maorifi komissarlari kengashining “Maktabgacha ta’lim muassasalarini yanada rivojlantirish, bolalarni tarbiyalash va ularga tibbiy yordam ko’rsatishni yaxshilash choralari to‘g‘risida”gi 1959 yil 21 may qarorida quyidagilar nazarda tutilgan:
- maktabgacha yoshdagi bolalarnitarbiyalashning yagona tizimini shakllantirish maqsadida, mahalliy sharoit va imkoniyatlarni e’tiborga olib,maktabgacha ta’lim muassasalarining ikki turi — yasliva bolalar bog’chasini yagona maktabgacha ta’lim muassasasisifatida tashkil etish va ularga xalq maorifi komissarligi raxbarlik qilishi belgilab qo’yilgan;
- bundan buyon barcha turdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalar turar joylarini yaqinlashtirish maktabgacha ta’lim muassasalari na’munaviy loyiha asosida ko’rilishi;
- ittifoqdosh respublikalarda maktabgacha ta’lim muassasalarito‘g‘risida nizom ishlab chiqish;
- pedagogika fanlari va tibbiyot akademiyalari bilan birgaliqda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalashning yagona dasturini ishlab chiqish;
- tarbiyachilar va tibbiy yordam xodimlarini tayyorlash;
- bolalarni ovqatlantirish va maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlar bilan ta’minlash;
- bolalar bog’chasiga qatnamaydigan bolalar uchun bolalar istirohat bog’ va hiyobonlarida, hovlilarda maydonchalar tashkil qilish va ularni jihozlash ishlari tashkil etish;
-aholi o’rtasida ma’ruzalar o’qish, suhbatlar o‘tkazish, ommaviy-ilmiy adabiyotlarni ko’p nusxada nashr etish;
- bolalarni tarbiyalash va ularning sog‘lig‘ini saqlash masalalarini yurituvchi badiiy adabiyotlar nashr etish,kinofilmlar yaratish, radio, televidenie eshittirishlarini kengaytirish kabi vazifalar belgilab qo’yilgan.
Dostları ilə paylaş: |