Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari. Reja


-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish



Yüklə 410,7 Kb.
səhifə22/50
tarix20.10.2023
ölçüsü410,7 Kb.
#158214
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50
Mavzu Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha p-fayllar.org

25-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan to‘lovlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
26-modda. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va sohaga malakali mutaxassislarni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzurida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyat ko‘rsatadi.
27-modda. Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi axborotni yig‘ish, saqlash, izlashni, unga ishlov berish va undan foydalanishni amalga oshirish imkonini beruvchi Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimi yaratilishini hamda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
5-bob.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish
28-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun majburiydir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti kamida besh yilda bir marta qayta ko‘rib chiqiladi.
29-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi bolani to‘laqonli har tomonlama kamol toptirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilishini ta’minlaydi.
30-modda. Ta’lim berish tili
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim berish tili «Davlat tili to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.
31-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ish rejimi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv yili joriy yilning 2 sentyabridan keyingi yilning 31 mayigacha bo‘lgan davrni, yozgi sog‘lomlashtirish davri joriy yilning 1 iyunidan 31 avgustigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi guruhlar ularda bolalarning bo‘lishi davomiyligiga qarab:
bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlar (kuniga 3-4 soat);
to‘liq kunli guruhlar (kuniga 9, 10,5 va 12 soat);
bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlar bo‘lishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining:
bolalar 3-4 soat bo‘ladigan guruhlarida — kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi va bir martalik ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin;
bolalar 9 — 10,5 soat bo‘ladigan guruhlarida — uch martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak;
bolalar 12 soat bo‘ladigan guruhlarida — to‘rt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlarida kunduzgi va tungi uyqu hamda besh martalik ovqatlantirish tashkil etilishi uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak.
Uch yoshdan etti yoshgacha bo‘lgan bolalar uzluksiz uxlamaydigan muddatning tavsiya etiladigan maksimal davomiyligi 5,5 — 6 soatni tashkil etadi.
Uch yoshdan etti yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sutkalik uyquning tavsiya etiladigan umumiy davomiyligi muddati 12 — 12,5 soatni tashkil etadi, shundan 2 — 2,5 soatni kunduzgi uyqu uchun ajratish tavsiya qilinadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining ish rejimi va bolalarning unda bo‘lishi davomiyligi uning ustavida belgilanadi.

Yüklə 410,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin