MUNDARIJA KIRISH I.BOB. MAKTABGACHA TA'LIMNI BOSHQARISHNING AXBOROT TIZIMI MAKTANGACHA TA’LIMNI YANA RIVOJLANTIRISH.
1.1 Maktabgacha taʼlim tizimini yaxlit uzluksiz taʼlim tizimining muhim boʻgʻini sifatida yanada takomillashtirish.
1.2 Maktabgacha ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish.
II.BOB.MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA AXBOROT TIZIMIDAN FOYDALANISH. 2.1.Maktabgacha ta’lim tizizmida axborot texnologiyalaridan foydalanishning axamiyati
2.2.Maktabgacha ta’limda axborot tizimidan foydalishda qo’yiladigan talablar.
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’lim tizimining boshlang’ich, eng asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Mutaxassislar va o’qituvchilarning ilmiy xulosalariga ko’ra, inson barcha ma’lumotlar va ma’lumotlarning 70 foizini besh yoshga to’lgunga qadar oladi. Mana shu faktning o’zi, bolalarimizning barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiya va ta’lim qanchalik muhimligini yaqqol ko’rsatib turibdi. Xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribasini o’rganish shuni ko’rsatadiki, zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalari maktabgacha yoshdagi bolalarni ijobiy ijtimoiylashtirish, ularning har tomonlama shaxsiy, ma’naviy-axloqiy va bilimni rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi tegishli faoliyat turlari asosida ijodiy qobiliyat va tashabbuskor xulq-atvor profilini shakllantirish, yosh qiziqishlari sohasida kattalar va tengdoshlari bilan muloqot qilish kabi shart-sharoitlarni yaratish bilan tavsiflanadi. Ta’lim sohasidagi o’zgarishlar maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachipedagoglar va rahbarlariga bo’lgan talabni oshirish zarurligini belgilaydi. Bu esa boshqaruv samaradorligini oshirish yo’llari va vositalani aniqlash va ulardan - 121 - foydalanish hamda ilg‘or texnologiyalarga asoslangan holda yondashish zarurligini ilgari suradi. Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarining boshqaruv faoliyati boshqa ta’lim muassasalarini boshqarish jarayonidan tubdan farq qiladi.
Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular ko‘rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi.
Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish1.