Mundarija kirish I. Bob. Maktabgacha ta'limni boshqarishning axborot tizimi maktangacha ta’limni yana rivojlantirish


I.BOB. MAKTABGACHA TA'LIMNI BOSHQARISHNING AXBOROT TIZIMI MAKTANGACHA TA’LIMNI YANA RIVOJLANTIRISH



Yüklə 139,5 Kb.
səhifə2/6
tarix13.05.2023
ölçüsü139,5 Kb.
#113037
1   2   3   4   5   6
Mavzu Maktabgacha ta\'limni boshqarishning axborot tizimi

I.BOB. MAKTABGACHA TA'LIMNI BOSHQARISHNING AXBOROT TIZIMI MAKTANGACHA TA’LIMNI YANA RIVOJLANTIRISH


1.1.Maktabgacha taʼlim tizimini yaxlit uzluksiz taʼlim tizimining muhim boʻgʻini sifatida yanada takomillashtirish.
Maktabgacha taʼlim tizimini yaxlit uzluksiz taʼlim tizimining muhim boʻgʻini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, bolalarni har tomonlama intellektual, maʼnaviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) negizida quyidagilarni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
a) Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) davlat muassasasi shaklida tashkil etish hamda unga quyidagi vazifalarni yuklash:
taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy etish, Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimining joriy etilishini taʼminlash;
taʼlim-tarbiya jarayonida, maktabgacha tarbiya tizimining pedagog va rahbar xodimlari tarkibini oʻqitish jarayonida foydalanish hamda turli telekommunikatsiya kanallari orqali tarqatish uchun media-kontent tayyorlash va ishlab chiqarish;
maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻquv-metodik, didaktik materiallarni tayyorlash va ishlab chiqarish;
maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
maktabgacha taʼlimni boshqarishning zamonaviy standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;
maktabgacha taʼlim tizimiga joriy etilayotgan taʼlim usullari va dasturlarini tahlil qilish va samaradorligini baholash;
b) Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etish hamda Institutni maktabgacha taʼlim tizimi buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq investitsiya loyihalari boʻyicha, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihalari boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda bosh loyiha tashkiloti sifatida belgilash;
v) Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda — Injiniring kompaniyasi) davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etish hamda Injiniring kompaniyasiga maktabgacha taʼlim tizimi obyektlarini qurish, kapital taʼmirlash va jihozlash boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini yuklash hamda kompaniya xizmatlari bilan bogʻliq xarajatlarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, kapital taʼmirlash va rekonstruksiya qilish qiymatiga kiritish;
g) yuridik shaxs tashkil qilmasdan Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish.
Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Respublika byudjeti mablagʻlari, shu jumladan, 2018-2019 yillarga moʻljallangan, har chorakda ajratilib, har yili byudjet qoidalariga muvofiq indeksatsiyalanadigan jami 100 milliard soʻm miqdorida;
davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining foydalanilmayotgan koʻchmas mulkini sotishdan tushgan mablagʻlar — 100 foiz miqdorida2;
Vazirlik tuzilmasiga kirgan tashkilotlar va muassasalar faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Vazirlik ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, maqsadli jamgʻarmalari va byudjetdan tashqari jamgʻarmalari daromadiga undirilgan byudjet mablagʻlarining noqonuniy xarajatlari, oʻgʻrilik, kamomad summalarining 50 foizi;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini joylashtirishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya mablagʻlari;
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzi), grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Belgilab qoʻyilsinki:
a) Jamgʻarma mablagʻlari:
maktabgacha taʼlim muassasalarini belgilangan tartibda maqsadli qurilishlar roʻyxatiga kiritib, ularning tarmogʻini kengaytirishga;
maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga;
yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni, shuningdek, xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizni fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida Vazirlikka ishlash uchun jalb qilishga;
Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida davlat organlari va tashkilotlari, loyiha institutlari, ilmiy va oliy taʼlim muassasalari, yetakchi xalqaro va xorijiy tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek, ekspertlarni maslahatchilar sifatida jalb qilishga;
Vazirlik xodimlarini, jumladan, xorijda oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilishga;
Vazirlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi, maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari va davlat maktabgacha taʼlim muassasalari binolarini jihozlash va taʼmirlashga;
taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan boshqa tadbirlarga sarflanadi;
b) Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda, Jamgʻarma tomonidan xorijiy davlatlar va hukumatlardan, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlaridan, chet ellik fuqarolardan begʻaraz yordam olinishi haqida qarorlar qabul qiladi.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik tizimi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 2 324 nafar, shu jumladan, Vazirlik markaziy apparati xodimlari 138 nafar, shuningdek, metodistlar 471 nafar etib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziriga:
Vazirlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni chegarasida oʻzgartirishlar kiritish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi, maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari, boshqa idoraviy mansub tashkilotlarning nizomlari va tuzilmalarini, shuningdek, ularning boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini tasdiqlash huquqlari berilsin.
3. Belgilansinki:
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyat va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim boshqarmalari, maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri tomonidan joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
b) 2019 yil 1 yanvardan:
maktabgacha taʼlim tizimining pensiya yoshidagi xodimlariga, ularning maktabgacha taʼlim tizimi muassasalaridagi faoliyati asosiy ish joyi boʻlgan taqdirda, pensiya toʻliq miqdorda toʻlanadi;
maktabgacha taʼlim bilan bogʻliq yoʻnalish boʻyicha faoliyatga litsenziya berish uchun majburiy litsenziyaviy talab maktabgacha taʼlim muassasasi, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va taʼlim-tarbiya jarayoni toʻgʻrisidagi ishonchli axborotni Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimiga kiritishdir;
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi litsenziyasini toʻxtatish yoki bekor qilish uchun Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimida maktabgacha taʼlim muassasasi, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va taʼlim-tarbiya jarayoni toʻgʻrisidagi ishonchli axborotning yoʻqligi asos boʻladi.
4. 2018-2019 yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgar ekanligi koʻrsatilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasidan Markazga begʻarazlik asosida bosqichma-bosqich 10 million AQSH dollari ekvivalentida, shu jumladan, 2018 yilda Markazni joylashtirish, jihozlash va saqlash bilan bogʻliq tashkiliy-amaliy tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2 million AQSH dollari ekvivalentida mablagʻ ajratsin;
Vazirlik bilan birgalikda belgilangan tartibda maktabgacha taʼlim muassasalarining Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan keng polosali internet tarmogʻidan foydalanishini taʼminlasin3.
6. Quyidagilar:
xorijiy sheriklar bilan birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar doirasida ilgʻor pedagogik texnologiyalar va innovatsion oʻqitish usullarini joriy etish hamda maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil qilish, shu jumladan, maktabgacha taʼlim sohasida korxonalar tashkil qilish uchun olib kiriladigan tovarlar;
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Markaz, Injiniring kompaniyasi va Institut tomonidan olib kiriladigan maxsus texnika, uskunalar, shu jumladan, asboblar, ehtiyot va butlovchi qismlar, texnik hujjatlar va dasturiy mahsulotlar belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha 2022 yilning 1 yanvarigacha bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, yuqorida koʻrsatilgan tovarlardan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda, bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti foydasiga undiriladi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Moliya vazirligi:
2019 yil 1 yanvardan Toshkent shahrining uchta tumanida jon boshiga normativ moliyalashtirishning sinov rejimida joriy etilishini;
2019 yil 15 iyulgacha boʻlgan muddatda sinov tariqasidagi jon boshiga normativ moliyalashtirish natijalarining batafsil tahlil qilinishini;
2019 yil 1 avgustgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻtkazilgan tahlil natijalarini hisobga olgan holda maktabgacha taʼlim tizimida moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Vazirlik hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2018 yil 1 noyabrgacha boʻlgan muddatda qishloq joylarda bir nechta koʻp qavatli turarjoy uylari yoki uylar guruhlaridan iborat yangi majmualarni loyihalashtirish normativlari va tartibini ishlab chiqsin hamda koʻp qavatli turarjoy uylarining birinchi qavatlarida yoki alohida bino koʻrinishida maktabgacha taʼlim muassasasi boʻlishini nazarda tutsin.

Yüklə 139,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin