40-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarining haftalik ish yuklamasi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun haftalik ish yuklamasining miqdorlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
41-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va dam olishi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash miqdori va tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
42-modda. Pedagogning kasbiy standarti Ish beruvchilar tomonidan pedagogning kasbiy standarti:
kadrlar siyosatini shakllantirish;
pedagog kadrlarni ishga qabul qilish;
mehnat shartnomalarini tuzish;
lavozim yo‘riqnomasini ishlab chiqish;
mehnatga haq to‘lash;
pedagoglar o‘qishini tashkil etish;
43-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish besh yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
44-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir cheklovlar Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
8-bob. Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish 45-modda. Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga qarab turish va ularni ta’minlash Davlat maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning, ayniqsa etim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning, sog‘lig‘ining holatini tuzatishga, uzoq vaqt davolanishga hamda reabilitatsiya qilishga muhtoj bo‘lgan bolalarning, shuningdek kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalardagi bolalarning ijtimoiy himoya qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi.