Mavzu: Bo’lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarini kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi shaxsiga qo’yiladigan talablar
Reja:
1.Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi shaxsiga qo‘yiladigan talablar.
2.Tarbiyachi va pedagoglarninig jamiyatda tutgan o’rni.
Tayanchso’zlar:tarbiya,yetuklik,individual,pedagog,aql,idrok,qobiliyat,islohot.
O'zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohotlarning muvaffaqiyatiga, eng avvalo, odamlarning o'z ishlariga mas'uliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoliyatida mamlakat taraqqiyotiga hissa bo'lib qo'shiladigan savobli ishlarni qila olishlariga bog'liq. Jamiyatda pedagog (o'qituvchi, tarbiyachi) birinchidan, o'sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va mas’uliyatli vazifalarni bajaradi.
Maktabgacha pedagogika fani bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni ma’naviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to'ldiradi. Dunyoda biror kimsa yo'qki, uning ustozi bo'lmasa. U hukumat rahbarimi, buyuk allomami, shifokormi, xalq mehrini qozongan yozuvchimi yoki qo'li gul kosibmi, qo'yingki, barcha barchaning o'z ustozi va hayot yo'lini charog'on etib turuvchi yo'lboshchisi bo'ladi.
Ustozning eng buyuk burchixalqqa nafi tegadigan, aql-idrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashdir.
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va faxrli shu biian birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o'z mas'uliyatini anglashga ta’lim-tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondashishga o'z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o'sishiga ko'maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o'zi yashab turgan o'lka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi uchun ijtimoiy faol bo'lishi kerak.
Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori baholamoqda. Ma’lumki, O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov (1996-yil 9-yanvardagi) Farmoniga binoan «1-oktyabr Maktabgacha ta’lim xodimlario'qituvchi murabbiylar kuni» deb e’lon qilindi. Bu voqea davlatimizni o'qituvchilarni jamiyatda tutgan o'rni naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun, pedagog ishidagi ijodiy mehnatlari uchun, ilg'or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun o'qituvchi, tarbiyachilar «Metodist o'qituvchi», «Katta o'qituvchi», «Metodist-tarbiyachi», «Xalq maorifi a'lochisi» va shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Maktabgacha ta'lim xodimlari orasidan respublika bo'yicha deputatlar saylanishi ham ularga bo'lgan chuqur hurmat ehtiromni bildiradi.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan jumhuriyatimizda pedagog xodimlarning oylik maoshlari yildan-yilga oshirilib, turmush sharoitlari yaxshilanib kelinmoqda. Pedagog xodimlar malakasini oshirish ilmiy-metodik markazlari kengaytirilmoqda, ularning siyosiy tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda, har 4-5 yilda qayta tayyorlashdan o'tishlari uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Tarbiya-o'qituvchi va o'quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o'rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo'lib, tarbiyalanuvchini ma'lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta'sir etish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralariga yo'naltirilgan qizg'in faoliyat jarayonidir. Tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his-tuyg'ulari rivojlanadi, o'zida ijtimoiy hayotda o'z o'rnini topish uchun zarur bo'lgan, kishilar bilan o'zaro munosabatni to'g'ri tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil bo'ladi. Tarbiya xususida taniqli o'zbek adibi Abdulla Avloniyning "Al- hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot yo falokat, yo saodatyo razolat masalasidur”4 - deb aytgan fikrlari barcha millat vakillarining tarbiyasiga mos keluvchi haqiqat dir. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy va davlat ishidir.
O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti
A.Karimov o'qituvchidagi tarbiyachilik qobiliyatining asosiy mohiyatini shunday ta’riflaydi: «Tarbiyachi-ustoz bo'lish uchun, boshqalarning aqlidrokini o'stirish, ma'rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o'zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo'lishi kerak». Demak, o'z faoliyatini endigina boshlayotgan o'qituvchilar va doimiy izlanishda bo'lgan tajribali o'qituvchilar ham tarbiyachilik mahoratiga zamin yaratuvchi quyidagi jarayonlarni bilishi kerak:
har qanday pedagogik vaziyatlarda o'quvchining ichki va tashqi dunyosini to'g'ri tushunish malakasi;
pedagogik vaziyatlarni to'g'ri idrok qilish uchun diqqatni jamlash;
tarbiyalanuvchilarga ishonch va talabchanlik;
tarbiyaviy vaziyatni har tomonlama puxta baholay olish qobiliyati;
xilma-xil pedagogik taktlardan o'zi uchun eng muhimini ajrata olish qobiliyati;
ziddiyatli tasodifiy holatlarda ikkilanmasdan to'g'ri qaror qabul qilish;
tarbiyada ta'sir etishning turli usullaridan foydalana olish qobiliyati;
fikr va mulohazalarini so'z bilan, mimika va pantomimik harakatlar bilan o'quvchi ongiga aniq yetkaza olish;
dars va darsdan tashqari faoliyatda o'quvchilar bilan kommunikativ aloqa o'rnata olish qobiliyati;
o'quvchilar ongida erkinlik va tashabbuskorlikni, o'z fikr mulohazalarini qo'rqmasdan bayon qilish ko'nikmalarini tarbiyalash;
qiyin holatlarda o'quvchilarga yordam bera olish;
Pedagog tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o'yinlarda, mashg'ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo'ladigan muomalada ta’sir ko'rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o'rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o'z vaqtida yordam ko'rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o'z kasbiga sadoqatliligi, g'oyaviy e'tiqodliligi o'z kasbini sevishi va bu kasbga bo'lgan cheksiz sadoqati o'qituvchitarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo'yiladigan muhim talablaridan biri shuki, u o'z predmetini, uning metodikasini chuqur o'zlashtirgan bo'lishi zarur. Bu pedagog-tarbiyachining obro'sini ko'taradi. Tarbiyachi kasbiga xos bo'lgan muhim fazilatlaridan, talablaridan biri bolalarni sevish ularning hayoti bilan qiziqish har bir shaxsini hurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi-pedagog bo'la oladi. Bolalarni sevishpedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi. Tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonchni uyg'otadi, o'qituvchiga bolalarni chinakam ma’naviy murabbiysi bo'lishga imkon beradi.
Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlarining mavjudligiga ham bog'liqdir. Pedagogik qobiliyatpedagogik mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyat tarkibiga: pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi. Pedagogik qobiliyatlar pedagogik faoliyati jarayonida, shuningdek, uni bu faoliyatga tayyorlash jarayonida shakllanadi. Pedagogik mahoratbu yosh avlodga ta’lim tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda takomillashtirib borish san’atidir.
Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang'ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o'z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo'lish odatla- rini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo'ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o'simlik va hayvonlarga g'amxo'rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalar mehnati natijalarini asrab avaylash kabi axloqiy sifatlar tarbiyalaydi.
Xalq san'ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bilish, san’atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko'nikmalarni ma'lum bir izchillik bilan egallab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish ishida yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi o'z kasbining mohir ustasi bo'lish uchun maxsus tayyorgarlik ko'rishi kerak. U quyidagi shartlarga amal qilishi kerak:
Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli, kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg'or tajribali pedagoglarning tajribasini o'rganib, o'z ishiga tatbiq eta oladigan
Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti harakati sabablarini to'g'ri tahlil qilib, unga ijobiy ta’sir etuvchi vositalarni topa olishi;
Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko'nikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy, ixcham boiishi lozim. Ta’lim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka, ko'nikmalarni yaxshi o'zlashtirib olishlari uchun ularni faollashtirib savollardan foydalanishi;
Tarbiyachi o'ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda o'sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg'ota olish, ularning diqqatini jalb qilib, faolligini o'stirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi;
Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo'yishi;
Kun tartibini to'g'ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a’zoni e'tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish;
Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida e'tiborga olishi;
Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o'tkazib, axborot almashtirib turishi;
Pedagog bolalarga nisbatan xayrixohlik munosabatda bo'lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, xafa bo'lsa ovuntira olishi;
Kun tartibida olib borgan ta’lim tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo'llarini topa olishi kerak.
Eng muhimitarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to'g'ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat qilishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotitarbiyachilarning shaxsiy xislatlariga ularning bolalar jamoasidagi vazifalari, ularning ish faoliyatidagi fidoyiligi, bolasevarligi, bolaning istiqboliga qiziqishlari bilan aniqlanadi. Umuman olganda, Maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat yurituvchitarbiyachilar quyidagidek psixo-fizologik xususiyatlarga ham ega bo’lishi kerak: mustahkam sog’liq, sog’lom fikrlilik, jismoniy baquvvatlilik, irodalilik, chidamlilik, ishchanlik, g’ayratlilik, bayroqdor bo’lishga ishtiyoqlilik va hokazo. Shuningdek, ular konstruktiv, analitik va ijodiy fikrlashlarga ham qodir bo’lishlari kerak. Ularga konstruktiv fikrlash ishni oqilona rivojlantirish va odilona tashkil qilish uchun kerak bo’lsa, analitik fikrlash bolaning mehnat va rasm chizish ko’nikmalarini hosil qilishini nazorat qilish va ular natijalarini tahlil qilish uchun kerak bo’ladi va nihoyat ijodiy fikrlash – bu kasbiy faoliyat jarayonidagi har qanday topshiriq yoki vazifani mustaqil hal qilish hamda ularning istiqbollarini ko’ra bilishda juda kerak bo’ladi. Bulardan tashqari ushbu jarayonda murabbiy va tarbiyachilarning nutq madaniyati ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham ular o’z nutq madaniyatiga ham talabchan bo’lishlari kerak. Ularga qo’yilgan talabni quyidagicha ifodalasak bo’ladi:
- Tarbiyachining muloyim, jozibador, bolalarni o’ziga tortuvchi ohangda gapira olishi kerak;
-Tarbiyachining o’z ovozini xohlagan paytda va holatda boshqara olishi, rostlay olishi va o’z ovoziga muloyimlik ruhi va ta’sirchanlik ruhi beraolishi kerak;
-Tarbiyachining bolalarga muomala borasida katta hajmdagi so’z boyligiga ega bo’lishi kerak va ular ichidan har bir bolaga mos va xos chiroyli muomala qila olishi kerak;
-Tarbiyachining bolalarga biror narsa yoki voqyea haqida so’zlab berganda ifoda etilayotgan jarayon ichiga kirib keta olishi, uni jonli ifoda etishi, ya’ni nutqda obrazli va hayojonli harakatlarni ifoda etishda aktyorlik xususiyatiga ega bo’lishi kerak;
-Tarbiyachilar bolalar oldiga chiqqanda “qog’ozsiz” (ya’ni faqat o’qish orqali emas) chiqishga odatlanish kerak, aks holda bolalar tezda zerikib qoladi;
-Tarbiyachilar bolalar oldiga chiqqanda imo-ishoralardan oqilona foydalanishi kerak, aks holda bolalar sizga “artist”, degan taxallus qo’yib yuboradi.
MTM dagi tarbiyachi va murabbiylar o’zlarining kasbiy mahoratiga qo’yilgan talablarga amal qilsa, quyidagidek yutuqlarga erisha oladi:
-bolalar bilan ishlashda ularning tarbiyasi va rivojlanishiga qayg’uradi, hamda ularga ishonish orqali bolalarning faollik va ijodiy qirralarini namoyon qila oladi. Bunda bolalarni tushuna olish qobiliyati ularning pedagogik mahoratiga o’ta muhim sifatiy ko’rsatkichdir;
-ular tashkilotchilik faoliyati orqali bolalarda mashg’ulotga qiziqishni, jamoaviy ishlarni tashkil etishda bolalarga ijobiy-jamoaviy ta’sir etishni, bollarda havaskorlik va tashabbuskorlik hamda javobgarlik hislarini shakllantira oladi. Bunday holatda ularning o’zidagi bor energiyani boshqalarga o’tkaza olishi va o’z bilim, ko’nikma, malakalarini to’liq ishga solib bolalarga ta’sir o’tkazishi o’ta muhimdir;
-ularning bolalar jamoasida ishlashiga bo’lgan moyilligi, qiziqishi, layoqati va fidoyiligi tufayligina bolalar jamoasining ma’naviy jihatdan bilimliligi ta’minlanadi, bolalardagi ijodiy faoliyat va tashabbuskorlikka ijobiy turtki bo’ladi;
-ularning o’z-o’zini baholay olishi va shu asosda o’zini boshqarishi o’z tarbiyalanuvchilaridagi sabr toqatlilik, tanqidiy fikrni to’g’ri qabul qilishlik, o’z-o’ziga talabchanlik, chegaralilik, mehnatdan qo’rqmaslilik kabi insoniy sifatlarni shakllantirishga asos bo’lishi mumkin;
-ularning bolalar bilan ishlashdagi muomalada kirishuvchanligi va bolalarga bo’lgan samimiyligi hamda muloyimligi bolalardagi barcha bilan muloqot qila olishligini, bolalarning tezda o’z o’rtoqlari bilan til topisha olishligini, erkin muloqot qila olishligini, sezgirlikni, mehribonlikni, o’zaro hamkor bo’lishlikni va shu kabilarni shakllantirishga samarali ma’naviy asos bo’la oladi;
-ularning barcha yangilikni tez anglay olishi va bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir ish turidan ikkinchisiga tez o’ta olishi bolalardagi quyidagi insoniy jihatlarni shakllantirishga namunaviy-ma’naviy asos bo’la oladi: bolalarda o’rtoqlarining his hayajonlariga qayg’udosh bo’lish shakllana boradi; o’tkir zehinli va sinchkov bo’ladi; o’z e’tibori va diqqatini tezlik bilan biror narsaga qarata oladi hamda u haqda fikr yurita oladi; imo-ishora, rolga kirishuvchanlik, go’zal harakatlar qilish va zavqlilik kabi hislatlarni o’zida namoyon qila oladi; har qanday holatda va sharoitda ham o’z hissiyotlarini jilovlashni amalga oshira oladi; turg’unlik va chidamlilik, ya’ni bolalar o’zini idora qilib, tezlik bilan o’zini bosa oladi; hissiy munosabatlarni jilovlay oladi, ya’ni xoholab kulmaydi, baqirib gapirmaydi, qo’pol muomala qilmaydi, birovni kamsitmaydi, birovning asabiga tegmaydi va xullas ular o’zaro munosabatlarda ma’naviyatli bo’lib yetishadi.
Pedagog - tarbiyachining nutq madaniyati.
Tilshunoslik bolalar nutqni kattalargataqlid qilishyo’li bilan egallab olishlarini isbotlab berdi.Tarbiyacining nutqi ona tilini endigina o’rganayotgan bolalar uchun namuna va ularga ta’sir etish vositasidir.Bolalar hali tajribalari yo’qligi, nutqlari yaxshi rivojlanmaganligi sababli kattalar nutqidagi yaxshi jihatlarga a bu kamchilikni bartaraf ham,yomon tomonlariga ham bir xilda taqlid qilaveradi.
Har bir yosh guruhidagi bolalar,o’z tarbiyachilari bilan maishiy xo’jalik,mehnat,o’yin faoliyatida muloqotda bo’ladilar.Tarbiyachi bolalar o’yinini tashkil etadi,badiiy asarlarni o’qib beradi yoki hikoya qiladi.Manashu jarayonda tarbiyachi nutqining yaxshi tomonlari ham,nuqsonlari ham yaqqol namoyon bo’ladi va bu xususiyatlar tarbiyalanuvchilar nutqida o’z aksini topadi.Demak,bolalar bo’chasi tarbiyalanuvchilarining nutq xususiyatlari to’laligicha tarbiyachi nutqiga bog’liq.Doimo bolalarning diqqat markazida bo’lgan tarbiyachining nutqi bolalar uchu madaniy nutq namunasi xisoblanadi.
Tarbiyachi har doim o’z nutqiga tanqidiy nuqtai nazaridan qarashi,agar nutqida biror kamchilikni sezsa,uni darhol bartaraf etishga xarakat qilishi lozim.Biroq u har doim ham o’z nutqidagi kamchilikni aniqlashga muvoffaq bo’lmaydi,chunki uning diqqati nutqning shakliga emas,balki mazmuniga qaratilgan bo’ladi.Bundan tashqari,uzoq vaqngacha o’z nutqiga ehtiyotsizlik,e’tiborsizlok bilan qaraganligi tufayli,ayrim kamchiliklar nutqiga mustahkam o’rnashi qolishi va bu o’ziga mutloqo sezilmasligi mumkin.Buning uchun tarbiyachi hamkasblarining ko’rsatmalariga amal qilishi va va bu kamchilikni bartaraf qilishi kerak.
Tarbiyachi uchun namunali nutqni egallash-bu uning kasb-koriga tayyorligini belgilovchi korsatgich hisoblanadi.
Taniqli pedagog bolalarni ona tiliga o’rgatish uslub va uslubiyotlarini ishlab chiqqan uslubiyotchi,maktabgacha tarbiya bo’yicha mashhur mutaxassis professor,Y.I.Tixeyeva tarbiyachi nutqiga yuksak baho berib,shunday degan edi: “Bog’chada bolalar beixtiyor taqlid qiladigan namuna tarbiyachi (bog’bonning) tilidir,tarbiyachining tili bolalar tiliga g’oyat samarali va nihoyatda kuchli ta’sir ko’rsatadigan hamma narsalarni o’zida birlashtiradigan bo’lishi kerak.Bog’bonning tili bekam-u ko’st adabiy talffuzning har qanday nuqsonlaridan xoli bo’lishi lozim”.
Har bir tarbiyachi –pedagog nutqiga qo’yilgan talablarni juda yaxshi bilgan xolda o’z nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etib borishi kerak.
Tarbiyachi nutqiga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilar:
1.Nutq tovush tomoning to’g’riligi.
2.Adabiy til normalariga muvofiq to’g’ri talaffuz.
3.Nutqning intonatsion-ifodali vositalaridan to’g’ri foydalanish.
4.Tarbiyachi nutqining jo’shqin intonatsiyaga boy bo’lishi.
5.Tarbiyachi nutqining aniq,oddiy bo’lishi,fikrlar izchillik bilan bir birigabog’lanib tushunarli ifodalanishi.
6.Tarbiyachi lug’atining boy bo’lishi.
7.Tarbiyachi nutqining samimiy bo’lishi.
Tarbiyachi bolalar bilan ishlash jarayonida nutqning quyidagi jihatlariga e’tbor berishi lozim:
1.Ona tilidagi hamma tovushlarni to’g’ri talaffuz etishi,nutqdagi kamchiliklarni bartaraf etishi.
2.Sof aniq ravshan nutqqa ega bo’lishi ya’ni diksiyasi yaxshi bo’lishi.
3.Nutqida adbiy talaffuzdan (so’zlardan) foydalanishi, ya’ni orfoepik normalarga rioya qilishi.
4.Bayon etiladigan fikrlarning mazmuniga qarab intonatsiya vositalaridan(ovoz kuchi tempi urg’u to’xtam ritm)to’g’ri foydalanishga harakat qilishi.
5.Bolalar bilan nutqiy muloqotda bo’lganda yengil,sekin tempdagi,o’rtacha baland ovozdagi nutqdan foydalanishi.
6.Bolalarning yoshiga qarab hikoya matnining mazmunini bayon etishda sinonim omonimlardan va kinoya so’zlardan xalq og’zaki ijodiyotining namunalaridan foydalanishi.
7.Nutqning grammatik tomoniga e’tibor bergan holda fikrini izchillik bilan boyon eta olishi.
8.Bolalar bilan so’zlashganda baland tonda gapirmaslik,qo’pol so’zlardan(adabiy til normalariga to’g’ri kelmaydigan,mantiqsiz so’zlardan) foydalanmaslik.
Adabiy tilning har ikki shakli — yozma va og'zaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e’tibor yolg'iz o'qituvchilardan emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda o'zlashtirish talab qilinadigan insoniy fazilatlardan biridir. Uni egallash har bir o'qituvchining va shaxsning madaniy saviyasi va bilimiga bog'liq. O'qituvchi pedagogik mahoratida nutq madaniyati, uning nafaqat ma’naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bilimini, tafakkurini, ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada yuritishini belgilovchi me'yordir. O'qituvchining nutq madaniyati birdaniga shakllanib maromiga yetadigan jarayon emas, u pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati davomida, tajribali ustozlar o'giti natijasida yillar davomida takomillashib, sayqallanib boraveradi. O'qituvchining nutqiy qobiliyati madaniy, kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi. Uni rivojlantirish faqat o'qituvchining shijoatiga bog'liq. Shu qobiliyat tufayli o'qituvchining nutq madaniyati ham shakllanib boradi. Quyidagi o'qituvchining nutq madaniyatiga xos bo'lgan vositalarni pedagog tarbiyachi unutmasligi kerak:
Nutq madaniyati o'qituvchining ma’naviy-axloqiy kamoloti tarkibiy qismidir. Zero nutq, millatimiz erishgan madaniyat darajasini ko'rsatuvchi, o'z ona tilimizga e’tiqodni namoyish etuvchi yorqin va ishonchli dalildir.
Nutq madaniyati o'qituvchilarni ma'naviy va madaniy saviyasi bilan hamda adabiy tilni mukammal bilishi bilan boshqa kasb egalaridan ma’lum ma'noda ajratib turadi.
Nutq madaniyatining pirovard maqsadi erkin fikr egasi bo'lgan barkamol avlodni qanday kasb egasi bo'lib yetishishidan qat'iy nazar ma'naviy jihatdan tarbiyalash.
Nutq madaniyati — bu, avvalo, o'qituvchilarda nutqiy ko'nikma va nutqiy malakalarni hosil qiladi. Bu ko'nikma pedagogik faoliyatda takomillashib boradi, maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi.
5-Nutq madaniyatiga o'zbek adabiy tilini mukammal egallash asosida erishiladi. Buning uchun o'qituvchi adabiy til qo nuniyatlarini bilishi, badiiy adabiyot asarlarini doimiy o'qib borishi, she’rlar yod olishi va uni ifodali o'qiy olishi, radio va televideniye eshittirishlarini kuzatib borishi lozim.
6-Nutq madaniyatini egallashning yana bir ko'rinishi nutqiy taqlid bo'lib, yosh o'qituvchilar o'zidan yaxshiroq, chiroyliroq, ma'noli va ta’sirchan nutq so'zlaydigan ustoz-murabbiylarning nutqiy san'atiga havas bilan qarashi va taqlid qilishi asosida o'rganishi mumkin.
O'qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasini mukammal egallash muhim ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida o'qituvchi bolaning his tuyg'ularini uyg'otadi, o'quvchilar bilan ongli muloqotni ta’minlaydi, ta'lim tarbiyaga oid ma'lumotlarni tahliliy idrok etadi. Buning uchun bo'lajak o'qituvchi, avvalo, nutq sirlarini, uning o'quvchilar bilan bo'ladigan muloqotda ta'sir kuchini puxta bilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |