51-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari Direktor davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbaridir.
Direktor davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining huquq va majburiyatlari normativ-huquqiy hujjatlar, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavi, shuningdek mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
10-bob. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minoti. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari 52-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minoti 53-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari 11-bob. YAkunlovchi qoidalar 54-modda. Nizolarni hal etish Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
55-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
56-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, etkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga etkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
57-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
58-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar?
1. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya” to‘g‘risidagi qonuniqachon qabul qilingan?
2. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya” to‘g‘risidagi qonunining maqsad vazifalari nimalardan iborat?
3. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarinimalardan iborat?
4. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya” to‘g‘risidagi qonuni necha bob va necha moddadan iborat?