Mavzu Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha p-fayllar.org
Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim.
Bunda bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagilar nazarda tutiladi:
-maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini, shuningdek, bolaning rivojlanishi va uning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini kompleks baholashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
-maktabgacha ta’lim muassasalari uchun o‘quv-metodik, didaktik materiallar va badiiy adabiyotlarni tanlab olishni va ekspertizasini ishlab chiqilgan tartibga muvofiq o‘tkazish;
-maktabgacha ta’limning muqobil shakllari uchun yangi o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
-«Ilk qadam» davlat o‘quv dasturini keng joriy etish;
-arbiyalanuvchilarning yakka tartibdagi ish daftarlari, kartochkalar, tarqatma va sanoq materiallari mazmuni va dizaynini o‘rnatilgan talablarga muvofiq ishlab chiqish;
- rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy buzilishlari bo‘lgan bolalar ta’limining kompleks texnologiyalarini ishlab chiqish, inklyuziv ta’lim, eng yangi reabilitatsiya va abilitatsiya usullarini keng joriy etish, ularning izchil ijtimoiylashuvi va umumiy maktabgacha ta’lim umumiy tizimi integratsiyalashuviga ko‘maklashadigan moslashtirilgan dasturlar va yakka tartibdagi ta’lim yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
-maktabgacha ta’limda fanlarni rivojlantiruvchi muhitning innovatsion texnologiyalari va modullarini ishlab chiqish, maktabgacha va umumiy boshlang‘ich ta’lim izchilligining mazmun va protsessual komponentlarini optimallashtirish;
-mashg‘ulotlar davomiyligining eng maqbul vaqtini va ularning ketma-ketligini aniqlash maqsadida o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini optimallashtirish;
-bolalarni sog‘lom turmush tarzini yuritishga o‘rgatish, gimnastika va faol o‘yinlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va sportga qiziqish uyg‘otishni shakllantirish, jismonan sog‘lom o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash;
-maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy-estetik va musiqiy tarbiya hamda ta’lim darajasini oshirish, erta yoshdan boshlab STEAM o‘qitish asoslarini joriy etish;
-bolaning kelgusida o‘zini o‘zi muvaffaqiyatni namoyon qilishi uchun asos sifatida ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarni rivojlantirish;
-maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnamaydigan bolalar uchun ta’lim xizmatlari turlari: pullik ta’lim xizmatlari, qisqa muddatli guruhlar va boshqalarni kengaytirish.
-Maktabgacha ta’limni yanada rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishdir.
So‘nggi vaqtlarda ushbu yo‘nalishda Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimini (EMIS), shuningdek, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali orqali qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimlarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ilg‘or o‘qitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali tarbiyalanuvchilarning har tomonlama rivojlanishi ta’minlanmoqda.
Shu bilan birga, maktabgacha ta’limning hozirgi holati telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirishni, maktabgacha ta’lim muassasalarining keng polosali Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlashni, ma’naviy etuk yosh avlodni tarbiyalashning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini va usullarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Maktabgacha ta’lim sohasida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish va joriy etish maqsadida quyidagi tadbirlarning amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda:
-Vazirlik axborot xavfsizligining munosib darajasini ta’minlash, yagona axborot maydonini yaratish;
-maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish sohasida ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish, umumlashtirish va joriy etish maqsadida xorijiy mamlakatlarga o‘quv safarlarini tashkil qilish;
-maktabgacha ta’lim sohasida dasturiy vositalar, axborot ma’lumotlar bazalari, multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatida qo‘llash;
-Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimini (EMIS) yanada takomillashtirish va rivojlantirish, ma’lumotlarni kiritish va tezkor almashish uchun mobil ilovalarni yaratish;
-o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va nashr etishni tashkil qilish, raqamli ta’lim resurslari, uydan turib masofali ta’lim berish va ota-onalar bilimini oshirish texnologiyalarini joriy etish;
-maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga integratsiya qilish;
- innovatsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, startap-loyihalar tashabbuskorlari, olimlar, moliyaviy institutlar va boshqa manfaatdor shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish uchun zarur tashkiliy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish;
- maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining innovatsion axborot-kommunikatsiya va pedagogika texnologiyalari sohasidagi bilimlari va malakasini oshirish, innovatsion ta’lim muhitini tashkil qilish;
-birinchi bosqichda har bir tuman tayanch maktabgacha ta’lim muassasasini, keyinchalik esa respublikaning har bir maktabgacha ta’lim muassasasini Internet tarmog‘iga chiqadigan personal kompyuterlar bilan ta’minlash.
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi2019 йил 16 декабрь,ЎРҚ-595-сон
qonunning 4-moddasida Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplari keltirilgan.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
-har bir bola uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkoniyatining mavjudligi;
-har bir bolaning iste’dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi;
-maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim, tarbiya berish va ularni sog‘lomlashtirishning, oila hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyaviy ta’sirining birligi;
-maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish uyg‘unligi;
-bolaning shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan shaxsiy yondashuv;
-maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limning izchilligi hamda uzluksizligi;
-ta’lim va tarbiyaning demokratik hamda dunyoviy xususiyatga egaligi;
-ta’lim-tarbiya jarayonining shaffofligi va ochiqligi;
-maktabgacha ta’lim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda hajmining maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlariga hamda sog‘lig‘i holatiga muvofiqligi.
O’bekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bollarning rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablarida maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish sohalari bo’yicha talablar keltirilgan bo’lib ular quyidagilar:
Jismoniy rivojlanishiva sog’lom turmush tarzini shakllanishi.3-4yosh turli usullar bilan yuradi (to‘g‘ri, erkin, ko‘rsatilgan yo‘nalishda) ;kolonna, doira bo‘lib saflana oladi;muvozanatni saqlab yuguradi;sport zinasida yuqori va pastga harakatlanadi;bir joyda ikki oyoqlab sakraydi;oldinga siljib sakraydi ;aylana yoyi tagidan emaklab o‘tadi;badantarbiya vaqtida mashqlarni takrorlaydi;uch oyoqli velosipedda uchadi 4-5 oyoq uchida, tovonida, oyoq kaftlarining yon tomoni bilan va tizzalarini yuqori ko‘tarib yuradi;arqon ustida muvozanat saqlab yuradi;tizzalarini yuqori ko‘tarib yuguradi;past to‘siqlar ustidan sakrab o‘tadi;arqonda sakrashga harakat qiladi;gimnastika skameykasi ustida qo‘li bilan tortilib qornida suriladi;gimnastika narvonida harakatlanadi;samokatda uchadi.5-6 oyoqlarini uchidan tovoniga almashtirib yuradi;to‘siqlarni aylanib yoki xatlab o‘tadi;gimnastika skameykasida muvozanatni saqlagan xolda, qadamba qadam yuradi;qiya doska ustida to‘g‘ri va yoni bilan yuradi;yugurishning har xil turlarini bajaradi (ilonizi, zigzag, mokisimon, to‘siqlarni engib o‘tib) ;turli usullar bilan sakraydi;6-7 bir, ikki, to‘rtta bo‘lib saflanadi, doira bo‘lib, qator bo‘lib yuradi;yurishda turli topshiriqlarni bajaradi;engil yuguradi (shiddat bilan, to‘siqlarni engib o‘tib, yo‘nalish va muvozanatni saqlagan holda) ;bir joyda aylanib sakraydi, oyoqlarini o‘ngga va chapga almashtirib sakraydi;arqonda turli usullarda sakraydi;
Ijtimoiy hissiy rivojlansh3-4 yosh o‘zi haqida — «men» deb birinchi shaxs nomidan gapiradi;o‘zi haqida so‘zlaydi (ismi, familiyasi, yoshi, jinsi va boshqalarni biladi) ;o‘z yaqin insonlariga murojaat qiladi va yordam so‘raydi;o‘ziga do‘st tanlaydi va u bilan o‘ynaydi;o‘z oilasi va yaqinlariga qiziqish bildiradi;o‘z ehtiyojlarini bildiradi;ortib borayotgan o‘ziga ishonchni bildiradi.4-5 yosh o‘z xohish istaklari, qiziqishlarini bildiradi;o‘yin davomida rollarni bajaradi;o‘z hatti harakatlariga javob beradi («buni men qildim») ;kattalar iltimosini (topshiriqni) bajaradi;mashg‘ulot davomida diqqatni jamlaydi;yutuqqa motivatsiya bildiradi;omadsizlik, mag‘lubiyatda qayg‘uradi;turli hissiyotlar va kayfiyatlarni namoyish etadi;o‘z o‘yini uchun joy hozirlaydi.5-6 yosho‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni qabul qiladi va bajaradi;o‘zining qaysi millatga mansubligini biladi ;o‘zining hoxish-istaklari va qiziqishlarini aniq belgilaydi;o‘z hissiyotlarini namoyon qiladi;o‘z o‘zini baholashga qodir;mustaqil o‘ziga faoliyat turini tanlaydi;g‘oyalar taklif etadi, tashabbuskorxayrixoh va ochiqko‘ngil.6-7 yosh mustaqillikka intiladi;o‘zining oilaviy, gender mansubligiga ijobiy his tuyg‘ularni anglaydi va farqlay oladi;o‘zining millati, tili va o‘z madaniyatining muhim elementlarini biladi;o‘ziga yuklatigan majburiyatlar asosida faoliyatni tashkil qiladi;shaxsiy qarorlarini qabul qilishga qodir;boshqalarga namuna bo‘lishga harakat qiladi.
Nutq muloqot o’qish va yozish malakalari.3-4 yosho‘zining ayrim harakatlarini so‘zlar bilan sharhlaydi;rasmda ko‘rgan narsasi haqida so‘zlaydi;kattalarning turli savollariga javob beradi (yaqin atrofiga tegishli) ;muloqot davrida faollik bildiradi;biror bir parchani tinglab, tanish asarning nomini aytadi;kichik she’rni yoddan aytadi;kattalar tomonidan aytilgan tanish hikoya, ertakni davom ettiradi yoki tugallaydi;didaktik o‘yinlar o‘ynaydi.4-5 yosh boshlangan hikoyani davom ettira oladi;voqea-hodisalar to‘g‘risida muhokama davrida savollar beradi va o‘z fikrini bayon etadi;berilgan savolni tushunadi va unga javob beradi;muloqotda fe’l va sifatlarni faol qo‘llaydi;ot va fe’llarni qo‘llagan xolda murakkab bo‘lmagan gaplar tuzadi (shifokor kasallarni davolaydi, sotuvchi sabzavotlarni sotadi) ;«ko‘p», «bitta» ma’noda so‘zlarni ishlatadi;turli ohangdagi so‘zlarni imo ishoralar yordamida nutqida ishlatadi;didaktik va so‘z o‘yinlari o‘ynaydi.5-6 yosh kuzatayotgan hodisa va voqealarni tushuntirib beradi;umumlashtiruvchi so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llaydi (meva, sabzavot, daraxtlar, qushlar, idish-tovoq) ;o‘ziga nisbatan predmetlar joylashuvini ta’riflaydi (oldimda, stolda) ;so‘zlarni mazmuniga ko‘ra to‘g‘ri qo‘llaydi;nutqida ma’nosiga monand asosiy so‘z turkumlarini qo‘llaydi;bir negizli so‘zlarni (namuna asosida) tuza oladi (mushuk-mushukcha-mushukli) ;grammatik sodda va murakkab gaplar tuzadi;suhbatlasha oladi;kattalar yordamida ijodiy hikoya tuzadi;barcha tovushlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qiladi;xorijiy tilni bilishi:salomlashish va xayrlashish so‘zlarini qo‘llaydi;10gacha sanoqni biladi;Asosiy ranglar nomini biladi (oq, sariq, qizil, yashil, ko‘k, qora).6-7 yosh o‘z ona tilida erkin so‘zlashadi; so‘z turkumlarini yoshiga monand mustaqil, grammatik to‘g‘ri qo‘llaydi;gapdan sinonim va antonimlarni topa oladi va berilgan so‘zlarga ularni moslaydi;ko‘p ma’noli so‘zlarni turli ma’nolarini farqlaydi;turli gaplarni tuzadi ;shaxsiy tajribasiga tayanib, rasm yuzasidan tasviriy hikoyani mustaqil tuzadi;turli janrdagi badiiy asarlarni ifodali hikoyalaydi;guruh muokamasida muloqotga kirishib va tinglab ishtirok etadi;qofiyalar tuzadi, topishmoqlar topadi;nutqida xorijiy so‘zlarni qo‘llaydi;kichik she’rlarni, qofiyalarni so‘zlab berishi mumkin;yil fasllari nomini biladi (bahor, yoz, kuz, qish).
Bilish jarayonini rivojlantirish.3-4 yoshbitta belgi asosida predmetlarni ajratadi;olti rangni farqlaydi va ajratadi;bir xil poyini topadi;rasmlardagi predmetlarni taniydi va nomini aytadi;jonli ob’ektlarga qiziqish bildiradi;predmetlar yasalgan materialni farqlaydi 4-5 rasmlarni solishtiradi;2-3 belgi asosida guruhlarga ajrata oladi;jonzodlarni asosiy ehtiyojlarini ta’riflaydi va taqqoslaydi (hayvonlar: ovqat eydi, nafas oladi, harakatlanadi va hokazo) ;hayot uchun suv, havoning ahamiyatini ta’riflaydi;kun qismlarini nutqida to‘g‘ri qo‘llaydi va biladi (ertalab, peshin, kechqurun, kechasi) ;yil fasllarini tavsiflaydi;atrof olamga faol qiziqish bildiradi5-6yosh rasm asosida syujetni eslab qoladi va gapiradi;ketma-ketlikni saqlagan holda fikr yuritadi, mulohaza qiladi;turli hayvonlarning yashash joylarini aytadi (baliq suvda yashaydi, bo‘ri o‘rmonda) ;geografik tushunchalarni biladi (er, dengiz, tog‘, daryo) ;oddiy sabab va oqibat aloqalarni tushunadi6-7 yosh atrof-olam haqida mustaqil ma’lumot izlaydi;kuzatuvlar asosida xulosa qiladi va umumlashtiradi;yil fasllari va voqea-hodisa ketma-ketligini aytadi;rasmlar bo‘yicha ketma-ketlikni saqlagan holda fikr yuritadi, mulohaza qiladi;o‘z mamlakati va uning ramzlari haqida tushunchaga ega;o‘z xalqining ayrim milliy an’analari va odatlarini biladi;bolalar ensiklopediyasidan foydalana oladi (kerakli ma’lumotni topa oladi) ;ichki va tashqi belgilarga ko‘ra predmetlarni guruhlarga ajratadi (rangi, shakli, hajmi, vazni, harakatlanish tezligi, vazifasiga qarab).Ijodiy rivojlanish.3-4 yosho‘yinchoq, xalq amaliy san’ati asarlarini o‘rganishda emotsional ta’sirlanadi;tabiat ob’ektlarida, o‘yinchoq, bolalarning o‘z kiyimlarida ranglar jilosini anglaydi;tanish qo‘shiqlarni biladi;diqqat bilan tovush, ohanglarni tinglaydi;tasviriy san’at elementlaridan foydalanadi. 4-5 yoshamaliy san’ati haqida ilk tushunchaga ega (so‘zana, keramika) ;san’atga tegishli kasblarning ayrimlari haqida tushunchaga ega (rassom, bastakor, aktyor) ;ayrim san’at turlari va janrlarini farqlaydi (qo‘shiq, raqs, musiqa, she’riyat, topishmoq, rasm, haykaltaroshlik) ;ayrim arxitektura qurilmalari haqida tushunchaga ega (yashash joyi va jamoat joyi) ;qo‘shiq va navolarda yuqori va past tovushlarni farqlaydi;ayrim musiqiy asboblarning chalinishini farqlaydi (pianino, dutor, doira) ;musiqaga monand raqsga tushishi mumkin. 5-6 yoshhissiy munosabat bildiradi;musiqaga monand harakatlar o‘ylab topishi mumkin;badiiy asarlar qahramonlari rolini o‘ynashi mumkin;amaliy san’at turlari haqida birlamchi tushunchaga ega;shaxsiy loyihalar yaratishda g‘oyalar bildiradi;musiqada uslublarni farqlaydi;kichik ssenariylar tuzib, sahna ko‘rinishlari tashkillashtira oladi;tabiiy materiallardan qo‘l ishlari yasaydi;kiyimlarni bezashi, guldastalar tuzishi, sodda retsept asosida taom tayyorlashi mumkin.6-7 yoshshe’rni ifodali o‘qibberaoladi;tanish asarlarni mustaqil so‘zlab beradi, ularni sahnalashtirishda ishtirok etadi;she’riy va nasriy badiiy asarlarga munosabat bildiradi;musiqiy asarning harakterini aniqlashga qodir;bolalar shoiri, yozuvchisi va bastakorlari hamda ularning asarlarini biladi;tasviriy san’at turlarini farqlaydi.