Mavzu Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha p-fayllar.org
Shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar Shaxsni shakllantirish tarbiya jarayonida ro'y beradi, inson tarbiyasi uning xalq baxt-saodati yo'lidagi bunyodkorlik mehnatida, ijtimoiy hayotda, sotsial iqtisodiy vazifalarini hal etishda namoyon bo'ladi.
Shaxsni shakllantiruvchi omillar
Irsiyat nishonalari
Ijtimoiy muhit
Tarbiya
Maktabgacha pedagogika tarbiyani yetakchi omil deb qaraydi, chunki bu to'plangan ijtimoiy tajribani yetkazish uchun yosh avlodga ta’sir ko'rsatishning maxsus uyushtirilgan sistemasidir. U oilada, bolalar bog'chasida, maktabda, mehnat jamoalarida amalga oshirilib, turmushni, faoliyatni, muomalani tashkil etishga qaratilgandir.
Shaxsni shakllantirishga muhit (ijtimoiy va tabiiy muhit) katta ta’sir ko'rsatadi.
Ijtimoiy muhit shaxsni rivojlantirishda ustun ahamiyatga ega: ishlab chiqarishning taraqqiyot darajasi va ijtimoiy munosabatlar xususiyati kishilar faoliyati va dunyoqarashi xususiyatini belgilab beradi.
Tabiiy muhit (iqlim sharoitlari, o'simliklar, hayvonot dunyosining ahvoli) ham shaxsning shakllanishiga ta’sir ko'rsatadi. Jamiyat tabiiy boyliklarni muhofaza qilib va ko'paytirib, kishilarni hayvonlarni, o'simliklarni, suv havzalarini va hokazolarni muhofaza etishga jalb qiladi, tabiat bilan faol muloqotda bo'lishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi, bu esa o'z navbatida odamga har tomonlama ta’sir ko'rsatadi.
Shaxs muayyan ijtimoiy jamiyat mahsulidir. Shaxsning hayotiy faoliyatida ijtimoiy muhit unga ijobiy, yoki salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Ijtimoiy jamiyat shaxs imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi yoki yo'q qilishi mumkin. Bu jamiyatning ma’naviy qiyofasi, unda tashkil etilayotgan munosabatlar maz muni hamda darajasiga bog'liq.
Muhit deganda shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi olam voqelik, hodisalar majmui tushuniladi. "Muhit" tushunchasi o'zida geografik-hududiy, ijtimoiy va mikro muhit (oila) xususiyatlarini ifoda etadi.
Mikromuhit o'zida qisman ijtimoiy muhit qiyofasini aks ettiradi. Ayni chog'da u nisbatan mustaqillikka ega. Mikromuhit, bu ijtimoiy muhitning bir qismi bo'lib, oila, maktab, do'stlar, tengqurlar, kishilar va shu kabilarni o'z ichiga oladi. Bolani qurshab turgan muhitda ijobiy va salbiy rivojlantiruvchi va inqirozga eltuvchi hodisalar mavjud. Agar bola o'z tug'ma layoqatiga mos sharoitda o'sib, zarur faoliyat bilan shug'ullansa, layoqat erta ko'rinib rivojlanishi, aksincha, bunday muhit bo'lmasa yo'q bo'lishi yoki "mudroq"ligicha qolib ketishi ham mumkin. Bundan tashqari odob, axloq, xulqiy sifatlar, shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning o'zaro ta’siri asosida vujudga keladi.
Pedagogika va psixologiya fanlari ijtimoiy muhit, unda shaxsning shakllanish jarayoniga ta’siri roliga alohida e’tibor beradi. Ijtimoiy voqea va hodisalarning shaxs rivojiga ta’siri g'oyat muhim ekanligini ta'kidlagan holda, ular ijtimoiy muhit abadiy emas, u ijtimoiy-tarixiy qonuniyatlar ta’siri ostida o'zgarib boradi, deya ta’kidlaydilar.
Oila muhiti - mikro muhit ham o'ziga xos muhim tarbiyaviy ta’sirga ega. Shu bois, mustaqillikka erishilgandan so'ng o'tgan davr mobaynida oila muhitining shaxs kamolotida tutgan o'rni va ahamiyati masalalari chuqur tahlil etilmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan "Oila” ilmiy markazi oilaning bu boradagi imkoniyatlarini ochib berish borasida samarali faoliyat olib bormoqda.
Mavjud ijtimoiy muhit insonning o'sib borayotgan ongiga ta’sir etadi. Ijtimoiy tuzum darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, uning shaxsga nisbatan ongli ta’siri ham shunchalik yuqori bo'ladi. Ushbu ta’sir ijtimoiy jamiyatdagi mavjud tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.
Tarbiya - biror maqsadga yo'naltirilgan jarayon bo'lib, u muayyan darajadagi dastur g'oyalari asosida maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo'lgan kishilar tomonidan tashkil etiladibarchasi bilan bog'liq holda ta’sir qiladi. Bunda qulay omillardan foydalaniladi, salbiy ta’sirlarning kuchini ma’lum darajada kamaytiradi. Muhitning ta’siri stixiyali, tarbiyaning ta’siri esa maqsadga muvofiq olib boriladi.
Irsivat - bu ota qoni yoki ajdodlariga xos bo'lgan biologik xususiyatva o'xshashliklarningnaslga (bolaga) o'tish jarayonidir.
Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning obyektiv omillariga kiradi. Odamlar organizmdagi anatomik tuzilishni, fiziologik harakatni, modda almashinuvi tipini, asab sistemasi tipi va qayishqoqligini (bular uning atrof muhit ta’siriga beriluvchan qilib qo'yadi), asab reaksiyalari jo'shqinligi va tezligini meros qilib oladilar. Asosiy shartsiz reflekslar ham, xilma-xil faoliyat turlariga qobiliyatning alohida anatomik-fiziologik asoslari-qobiliyat nishonalari ham meros bo'ladi. Irsiyat qonunlari to'g'risidagi fan-genetika odamlarda yuzlab turli qobiliyat nishonalarimutlaq eshitish, favqulodda ko'rish xotirasi, g'oyat tez ta’sirlanishdan tortib nodir matematik va badiiy iste’dodgacha mavjud bo'lishini nazarda tutadi.
Nasldan-naslga o'tadigan xususiyatlarga quyidagilar kiradi:
Anatomik-fiziologik tuzilish (misol uchun yuz tuzilishi), organlar holati, qaddi-qomat, asab tuzilishi xususiyatlari, teri, soch hamda ko'zlarning rangi. Shuningdek, nutq, tafakkur, ixtiyoriy harakat va amallar, vertikal holatda yurish, mehnat, ijod qilish qobiliyati va boshqa iste’dod alomatlari ham nasldan-naslga o'tadi. Iste'dod alomatlari umumiy xususiyat kasb etadi, muayyan mehnat va ijod turiga yo'naltirilgan emas. Iste'dod alomatlari muayyan faoliyatga moyillikni aks ettiradi, xolos.
Ma’lum oilada tarbiyalanayotgan bolada ajdodlariga xos iste'dod nishonasi aks etganda, aynan ana shu iste’dodning shakllanishida muhim rol o'ynagan, uning rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlarga ega oila muhitini nazardan chetda qoldirmaslik lozim.
Fiziologiya va psixologiya fanlari bo'yicha olib borilgan tadqiqot natijalarining ko'rsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror bir qobiliyatning ro'yobga chikishi va rivojlanishi uchun manba bo'lgan layoqat bilan tug'iladi. Layoqat go'yo "mudroq” holatda bo'lib, uning "uyg'onishi” - rivojlanishi uchun qulay muhit yaratishni talab qiladi.
Tarbiya-inson kamolotiga ta’sir etuvchi tashqi omillardan hisoblanadi. Tarbiya-aniq maqsadlarni ko'zlab sistemali ravishda, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirishi yo'lida tarbiyachi rahbarligida amalga oshirib boriladi. Ammo tarbiya ta’sirining kuchi va uni natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi.
-Tarbiya ta'sirida muhit ta’siri bera olmagan fazilatlar o'zlashtiriladi, ya’ni bilim,ma'lumotegallanadi.
-Tarbiya tufayli tug'ma kamchiliklar ham o'zgartirilib, shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Masalan, ko'rlar, gunglar ham o'qitilib, sog'lom kishilar qatori hayotga tayyorlanadi.
-Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini bartaraf etish mumkin.
-Tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta'lim sharoitida insoniyatning ijtimoiy-tarixi tajribasini o'zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu xilma-xil faoliyat turlarida ro'y beradi. Natijada bola o'zi yashayotgan jamiyat ijtimoiy munosabatlari sistemasiga kiradi.
Bolaning ijtimoiy tajribani o'zlashtirish tajribasi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Qiyinchilik shundan iboratki, bola, bir tomondan, mazmun, hajm va umumlashtirish darajasi jihatidan murakkab bo'lgan insoniy tajribani o'zlashtirishi kerak, ikkinchi tomondan, u mazkur tajribani o'zlashtirish usullarini hali egallamagan bo'ladi. Tarbiya va ta’lim jarayonida katta yoshli odam bolaga tushunarli bo'lgan mazmunni tanlaydi, uning o'zlashtirishiga rahbarlik qiladi. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli shu bilan belgilanadi. Bunda bolaning ruhiy-fiziologik imkoniyatlari, ularning jo'shqinligi hisobga olinadi. Shu munosabat bilan tarbiya jarayonining o'zi doimiy bo'lib qolmaydi. U o'zgarib boradi: uning mazmuni boyiydi va murakkablashadi, shakllari o'zgaradi, o'sayotgan odam shaxsiga ta'sir ko'rsatish usullari tobora xil-maxil bo'lib boradi. Tarbiyaning o'zgarishi bolaning «eng yaqin rivojlanish zonalari» (L. S. Vigotskiy) bilan bog'liq bo'lib, ular ancha murakkab mazmundagi bilimlar, ko'nikmalar, faoliyat turlari va hokazolarni o'zlashtirishga ruhiy-fiziologik imkoniyatlar paydo bo'lishi bilan ajralib turadi (masalan, emaklashdan keyin yurish; bijir-bijirdan keyin faol nutqni o'zlashtirish; ancha miqdordagi tasavvurlarga ega bo'lgandan keyin tushunchalar darajasidagi bilimlarni o'zlashtirish; buyum asosidagi o'yin, mehnat faoliyatining vujudga kelishi va hokazo). Tarbiya va ta’lim «eng yaqin rivojlanish zonasi»ga asoslanib, bugungi rivojlanish darajasidan oldinda boradi va bolaning rivojlanishini olg'a harakatlantiradi.
Odam shaxsining rivojlanishi bir qancha bosqichlardan o'tadi. Har bir navbatdagi bosqich avvalgisi bilan mustahkam bog'liq bo'ladi, avval erishilgan bosqich yanada yuqori roq, bosqichning tuzilishiga uzviy tarzda qo'shiladi. Ilk yosh bosqichida shakllanadigan rivojlanish odam uchun vaqtincha emas, doimiy ahamiyatga ega bo'ladi. Mazmun, metodlar, tashkil etish shakllari aloqadorligi birinchi bosqichdan oxirigacha tarbiyaning o'ziga xos xususiyati hisoblanadi.
Sharq mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini ta’minlashdagi orni va roliga alohida etibor berganlar. Xususan, Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishdagi rolini yuqori baholaydi. Tashqi muhit va odamlar insonning borliq, unda kechayotgan ozgarishlar, jarayonlar mohiyatini anglashgagina emas, balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning shakllanishiga ham sezilarli tasir etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u mansub bo„lgan mikromuhit xususiyatini inobatga olishni ta’kidlaydi. Bolani yomon ta’sirlardan saqlash zarurligini uqtiradi.Shuningdek, alloma o’qitish samaradorligini ta’minlashda bolalarga jamoa asosida bilimlarni berishni maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi. Abu Nasr Forobiyning uqtirishicha, inson boshqalar bilan munosabatda bo’lish, ularning yordami va qo’llab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana shu ehtiyojni qondirish yo„lidagi amaliy harakatlar insonni kamolotga yetaklaydi, deb hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida o’zaro yordam, hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrihohlik uning ijtimoiy muhitdagi roli va o’rnini belgilab beradi. Shaxs rivojlanishida faoliyatnig o‘rni. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo„ladi. Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to
Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli ko'zi ojiz va kar bolalar uchun mo'ljallangan jamoat muassasalarida ayniqsa, aniq namoyon bo'ladi. Bunday bolalar uchun ishlab chiqilgan tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat faoliyatiga tayyorlashni ta'minlaydi. Biroq, tarbiya bola rivojlanishini jadallashtirmasligi, uning biror tomonining ruhiy rivojlanishini sun’iy ravishda tezlashtirmasligi kerak. Shuning uchun Maktabgacha ta’lim pedagogikasida bola shaxsini har tomonlama va uyg'un rivojlantirish, uning rivojlanishini boyitish maqsadi o'rtaga qo'yiladi (A. V. Zaporojes).
Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli pedagogning ham yetakchilik rolini, uning har bir bola shaxsini shakllantirish uchun