Estetik tarbiya.Insoniyat go'zallikni butun rivojlanish tarixi jarayonida egallaydi va yaratadi. Go'zallik madaniy tarixiy tajribaning bir qismi hisoblanadi.
Uning obyektiv mavjudligi estetik tarbiya nazariyasini, estetik tajribani yosh avlodga maqsadga muvofiq va muntazam ravishda berish va shu orqali uni estetik rivojlantirishni ta’minlashning faol usullarini ishlab chiqishga yo'naltiradi. Bunda estetik tarbiya madaniyatni egallashning asosiy vositasi tarbiya va ta'limdir.Estetik tarbiya juda keng tushuncha bo'lib, unga tabiat, mehnat, ijtimoiy hayot, turmush va san'atga estetik munosabatni tarbiyalash kiradi.Estetik tarbiya (nafosat tarbiyasi) -bu bolalarga voqelikdagi, san'atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go'zallikni idrok qilish hamda to'g'ri tushunishga o'rgatish, ularning badiiy didini o'stirish, ularda go'zallikka muhabbat uyg'otish va hayotga go'zallik olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir.
Mehnat tarbiyasi.Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush kechirishi uchun hamisha asos bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Mehnat farovon, baxtli hayot kechirishning eng asosiy sharti bo'lganligi sababli ham fuqarolar uchun majburiydir.Mehnat odamlarning biror bir maqsad uchun sarflagan vaqti, aqliy va jismoniy kuchi yoki zarur faoliyatidir. Mehnatsiz yashamoq mumkin emas.
Iqtisodiy tarbiya.Mamlakatda ro'y berayotgan iqtisodiy o'zgarishlarni anglash, ularni tushunib yetish, yoshlarimiz ongida iqtisodiy ong, iqtisodiy bilim, iqtisodiy madaniyat tushunchalarini shakllantirishda maktabgacha ta’lim tizimi pedagog-tarbiyachilar oldiga ulkan vazifalar qo'yiladi. Bulardan eng muhimi bu maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berishdir.Xo'sh, iqtisodiyot iborasi nimani anglatadi? Uning muhim belgilari qanday, degan savolning ma’nosini tushunib yetish lozim.Iqtisodiyot bu-kishilarning o'z hayotiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyatdir.
Iqtisodiyot - boshqa siyosiy ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy faoliyat turlarining rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoit yaratib bera olishi bilan asosiy faoliyat hisoblanadi.
Iqtisodiyot-kishilarning yashashi uchun zarur bo'lgan moddiy ashyolarni yaratish va iste'molchiga yetkazib, hayot kechirishni kafolatlaydi.Demak, iqtisodiyot yashash ehtiyojini qondiruvchi vosita.
Huquqiy tarbiya-umum tarbiyaning ajralmas qismi bo'lib, barcha fuqarolarda huquqiy bilimlar asosida, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish borasida tashkil etiladigan tarbiyaviy jarayondir. Shu zaylda qonunchilikni mustahkamlash, huquqiy me'yorlarni hurmat qilishga erishiladi.