Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1.Shaxsni rivojlanishida tarbiyaning o‘rni qanday ta’riflanadi?
2.Bolani tarbiyalash faoliyatlarning o‘rni nimalardan iborat?
3.Bolani rivojlanishida faoliyatlarning o‘rni va ahamiyati nimalardan iborat?
4. Bolani shaxs bolib shakllanishida oilaning o’rni?
5.Maktabgacha yoshdagi bolalarda faoliyat turlari?
Mavzu: Tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri. Reja: 1.Maktabgacha yoshidagi bolalar ta’lim-tarbiyasi.
2.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan tarbiya turlari va ularningshaxs kamolotiga ta’siri.
3.Maktabgacha ta’limda tarbiya berish usullari va vositalari,tarbiya tamoyillari.
Tayanch so’zlar:ta'lim,tarbiya, aql, axloq,sensor, gigiyena,ekologiya,estetik tarbiya. Maktabgacha yoshidagi bolalar ta’lim-tarbiyasini to’g’ri tashkil etish jarayonida tarbiya turlaridan keng foydalaniladi. Shaxs kamolotiga ta’sir etuvchi tarbiya turlari quyidagilardan iborat.
Jismoniy tarbiya.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasi ular hayotini saqlash, sog'lig'ini mustahkamlash, harakat malakalarini shakllantirish va to'la ma’nodagi jismoniy tarbiya berish, madaniy-gigiyenik malakalarni shakllantirish, batartib hayot kechirish odatini singdirishga qaratilgan.
Bolaga ta'lim-tarbiya berishda amalga oshiriladigan har qanday ishning muvaffaqiyatli bajarilishi bolaning sog'lig'iga bog'liq. Shuning uchun ko'pchilik pedagogik ishlar bolaning jismoniy imkoniyati va sog'lig'ini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi.
Bolaning jismoniy rivojlanishi uning har tomonlama uyg'un rivojlangan inson bo'lib o'sishida muhim ahamiyatga ega.
Sog'lom, jismonan baquvvat bolaning ish qobiliyati ham yuqori bo'ladi, sharoitga oson moslashadi, har xil topshiriqlarni osonlik bilan tez bajaradi.
Aqliy tarbiya.Aql - keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlanib tafakkur va hayotni o'z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig'indisidir.Aqliy tarbiya-bu aqlni rivojlantirish maqsadida yoshlarga mumtazam va maqsadga muvofiq pedagogik ta’sir ko'rsatish. U yosh avlodning insoniyat to'plagan bilimlar, malaka va ko'nikmalarda, qoidalarda o'z ifodasini topgan ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashning rejali jarayoni sifatida ro'y beradi. Bu ta’sir kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta'minlovchi xilma-xil vositalar, metodlar, sharoitlar yaratishni o'z ichiga oladi. Odamning aqli, uning aqliy rivojlanishi bilimlar hajmi, xususiyati va mazmunida namoyon bo'ladi. Ular aqliy faoliyatning jo'shqinligida, mustaqil ijodiy bilishga intilishda o'z ifodasini topadi.Aqliy faoliyat diqqatning har doim ma'lum maqsadga qaratilgan bo'lishini talab etadi. Kishining aqli uning asosiy faoliyatida erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan belgilanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi.Hissiy bilish maktabgacha yoshidagi bolalikda alohida ahamiyatga ega. Fikrlash va nutq yetakchi o'rin tutadigan mantiqiy bilish hissiy tajribadan kelib chiqadi. Sensor rivojlanish har qanday amaliy faoliyatni muvaffaqiyatli egallashning sharti hisoblanadi.
Tevarak-atrofdagi borliqni bilish sezgi va idrokka asoslanadi. Tasavvurning asosini bevosita sezish orqali idrok qilish tashkil etadi. Bunday tasavvurning aniqligi, to'laligi sensor jarayonlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Sensor tarbiya sezgi va idrokni biror maqsadga qaratilgan holda rivojlantirishdir. "Sensor” so'zi lotincha "sensus” - "tuyg'u”, "sezgi”, "idrok", "sezish qobiliyati” ma’nolarini anglatadi. Borliqni bilish sezgi, idrok qilishdan boshlanadi.Axloqiy tarbiya.Axloq so'zi-lotincha «myeros», ya’ni moral, mantiq so'zidan kelib chiqib, u hech qayerda qat’iy yozib qo'yilmagan ijtimoiy qonundir. Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan) norma sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo'ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o'zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o'zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma’naviy motivlar shakllangan bo'ladi. Bu motivlar esa o'sha kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag'batlantiradi. Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o'ziga munosabatni ochib beruvchi ma'naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o'zlashtirib olishgina o'quvchilarga atrofdagi kishilar
xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi.